Steven Archibald (1956-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — shotlandiyalik sobiq professional futbolchi va murabbiy. U 1980-yilda Shotlandiya chempionatida, ikki marta Angliya kubogi va UEFA kubogida gʻalaba qozongan „Tottenxem“da va 1985-yilda "Barselona" da Ispaniya chempionatida gʻalaba qozongan „Aberdin“da hujumchi sifatida oʻynagan. Shuningdek, u Shotlandiya, Angliya, Ispaniya va Irlandiyaning yana bir qancha klublarida oʻynagan.

Steve Archibald
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Steven Archibald
Tavallud sanasi 27-sentyabr 1956-yil (1956-09-27) (68 yosh)
Tavallud joyi Glasgow, Shotlandiya
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1973—1974 Fernhill Athletic
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1974East Stirlingshire 1 (0)
1974—1977 Clyde 65 (7)
1977—1980 Aberdeen 76 (29)
1980—1984 Tottenham Hotspur 191 (77)
1984—1988 Barcelona 55 (24)
1987—1988Blackburn Rovers (Ijara) 20 (6)
1988—1990 Hibernian 44 (15)
1990 Espanyol 15 (5)
1990—1991 St Mirren 16 (2)
1992 Clyde 4 (2)
Milliy terma jamoa
1979—1980 Shotlandiya U21[1] 5 (1)
1980—1986 Shotlandiya 27 (4)
Boshqargan klublari
1994—1996 East Fife
2000—2001 Airdrieonians
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Archibald Shotlandiya terma jamoasi safida 27 marta oʻynab, 1982 va 1986-yillardagi Jahon kubogi tarkibida harakat qilgan va 2009-yilda Shotlandiya futboli shon-shuhrat zaliga kiritilgan. Keyinchalik East Fife va Airdrieonians’ni boshqargan.

Klubdagi faoliyati

tahrir

Archibald Glazgoda tugʻilgan va Ruterglenda oʻsgan. U Kroftfut United va Fernxill Athletic[2] kabi mahalliy jamoalarda oʻynagan. 1974-yilda Shotlandiya birinchi divizioni " Clyde " klubi bilan proffesional faoliyatini boshlagan[3]. U birinchi marta Clyde uchun yarim himoyada oʻynab mashhur tanilgan, lekin murabbiy Billy MacNeill uni 1978-yilning yanvarida top-divizion jamoasi Aberdinga olib kelish uchun 20 000 funt sterling toʻlaganidan soʻng, u hujumchiga aylantirilgan va Joe Harper bilan ajoyib juftlikni paydo qilgan[3].

1980-yilda Shotlandiya Premer-divizioni chempionligini qoʻlga kiritgach, u Londonning „ Tottenxem“ klubiga 800 000 funt sterling evaziga koʻchib oʻtgan[3], u yerda birinchi divizionda eng yaxshi toʻpurar boʻlgan va u oʻzining birinchi mavsumida Angliya kubogini qoʻlga kiritgan[3]. U 1982-yilda ikkinchi marta Angliya kubogini[3], keyin esa 1984-yilda UEFA kubogini qoʻlga kiritgan va finalda „shporlar“ „Anderlext“ni penaltilar seriyasida magʻlub etgan[4][5]. U 1982-yilgi Futbol Ligasi kubogi finalida „Liverpool“dan magʻlub boʻlganida „shporlar“ tarkibida gol muallifiga aylangan[4]. Archibald 1980 va 1984-yillar oraligʻida „shporlar“ safida 189 ta oʻyinda 77 ta gol urgan[4]. Garth Crooks va Mark Falco bilan muvaffaqiyatli tandem hosil qilgan.

1984-yilda u 1,150,000 funt sterling evaziga „ Barselona“ga oʻtgan[3] va oʻzining birinchi mavsumida u 11 yil ichida birinchi marta La Liga chempionligini qoʻlga kiritishiga yordam bergan[3]. Keyin esa 1986-yilda " Barsa "ga yevrokubok finaliga chiqishga yordam bergan, faqat " Steaua Bucharest "dan penaltilar seriyasida magʻlubiyatga uchrashgan[2]. Chet ellik oʻyinchilarni maydonga tushirishga qoʻyilgan cheklovlar uni Gari Lineker va Mark Hughez foydasiga jamoadan chetlashtirilmagunicha, u Kamp Nouda yulduziga aylangan[2]. U 1988-yilda Shotlandiyaga qaytib, Hibernian bilan shartnoma imzolashdan oldin Blackburn Roversga ijaraga berilgan[2].

Archibald Hiberniandagi birinchi mavsumida 16 ta gol urgan, shu jumladan 1988-yilning noyabrida Heartsga qarshi safarda 2:1 hisobida gʻalaba qozonganda gol muallifiga aylanib jamoasiga gʻalaba keltirgan, bu jamoaning 10 yildan ortiq vaqt ichida shahardagi raqiblariga qarshi birinchi safardagi gʻalabasi boʻlgan[2]. U 1990-yilda murabbiy Alex Miller bilan janjallashib qolganidan soʻng Hibernianni tark etgan va qisqa vaqt ichida Ispaniyaga " Espanyol " jamoasiga oʻtgan[2]. Keyin u Sent-Mirrenga qoʻshilgan va „Barselona“dagi sobiq jamoadoshi Viktor Muñozni klubga olib kelishda muhim rol oʻynagan[2].

Archibaldning keyingi faoliyati davomida u Shotlandiya, Angliya va Irlandiyadagi bir qator klublarda bir nechta oʻyinlar oʻtkazgan, shu jumladan Clyde safida ham yana bir bor p’ynagan[2].

Xalqaro faoliyati

tahrir

Archibald 1982 va 1986-yilgi jahon chempionatlarida Shotlandiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan.

2009-yil 15-noyabrda u Shotlandiya futboli shon-sharaf zaliga kiritilgan[6].

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Archibaldning Sharqiy Fifedagi faoliyati klubning Birinchi divizionga koʻtarilishiga yordam boʻlgan, shuningdek, Trinidad va Tobago terma jamoasi aʼzolari Arnold Dvarika va Kreyg Demminni sotib olishda bevosita rol oʻyngan. U 1996-yilda ishdan boʻshatilgan va keyingi bir necha yil davomida Ispaniyadagi uyida yashgan. Futbol agenti sifatida ishlagan.

Musiqachilik faoliyati

tahrir

Archibald 1982-yilda „ Top of the Pops“ serialining bir epizodida ikki marta paydo boʻlgan, dastlab Shotlandiyadagi Jahon chempionatida BA Robertson ishtirokida " We Have a Dream " qoʻshigʻini kuylagan, keyin esa „Tottenxem“dagi jamoadoshlari va Chas & Deyv bilan birga " Tottenxem, Tottenxem " qoʻshigʻini ijro etgan.

Yutuqlar

tahrir

Oʻyinchi

tahrir
Aberdin
  • Shotlandiya Premer-divizioni : 1979-80[3]
Tottenxem Hotspur
  • Angliya kubogi : 1980-81[3] 1981-82
  • FA Charity Shield : 1981 (birgalikda)[7]
  • UEFA kubogi : 1983-84[5]
Barselona

Murabbiy

tahrir
Airdrieonians
  • Shotlandiya Challenge Kubogi : 2000-01[8]

Shaxsiy yutuqlar

tahrir
  • Shotlandiya futboli shon-sharaf zaliga kiritilgan : 2009[6]
  • Futbol ligasi birinchi divizioni eng yaxshi toʻpurari : 1980-81

Karyera statistikasi

tahrir

Xalqaro

tahrir
Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Shotlandiya 1980 5 2
1981 7 1
1982 8 1
1983 1 0
1984 2 0
1985 3 0
1986 1 0
Jami 27 4
Steve Archibald tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 26.03.1980 Hampden Park, Glazgo   Portugaliya 3-0 4-1 UEFA Yevro-1980 saralashi
2 31.05.1980 Nepstadion, Budapesht   Vengriya 1-2 1-3 Oʻrtoqlik
3 19.05.1981 Hampden Park, Glazgo   Shimoliy Irlandiya 2-0 2-0 1980-81 Britaniya chempionati
4 15.06.1982 Estadio La Rosaleda, Malaga   Yangi Zelandiya 5-2 5-2 1982 FIFA Jahon chempionati

Manbalar

tahrir
  1. „Steve Archibald“. www.fitbastats.com. Qaraldi: 11-oktabr 2012-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 „Steve Archibald“. Hibernian Historical Trust. Qaraldi: 30-iyul 2014-yil.
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 „Dark Blue Dons - Steve Archibald“. AFC.co.uk. 2017-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyul 2014-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Steve Archibald“. tottenhamhotspur.com. Qaraldi: 30-iyul 2014-yil.
  5. 5,0 5,1 „1984 UEFA Cup Final 2nd Leg Tottenham 1-1 Anderlecht 2-2 on aggregate (Tottenham win 4-3 on penalties)“. UEFA.com. Qaraldi: 30-iyul 2014-yil.
  6. 6,0 6,1 Eight more Scots greats enter Hall of Fame The Scotsman, 16 November 2009
  7. „1981/82 Charity Shield“. footballsite.co.uk. Qaraldi: 30-iyul 2014-yil.
  8. „Airdrie lift Challenge Cup“. BBC Sport (19-noyabr 2000-yil). Qaraldi: 14-aprel 2020-yil.