Su Maozhen
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 30-iyul 1972-yil (1972-07-30) (51 yosh)
Tavallud joyi Qingdao, Shandong, Xitoy
Boʻyi 186 cm
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1994—2002 Shandong Luneng 166 (65)
Milliy terma jamoa
1994—2002 Xitoy 53 (27)
Boshqargan klublari
2006 Shandong Luneng U17
2006—2008 Xitoy U23 (Yordamchi)
2009—2011 Xitoy U20
2011—2012 Xitoy U16
2013—2015 Qingdao Hainiu
2016 Qingdao Jonoon
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Su Maozhen (talaffuzi: Su Maochjen) (1972-yil 30-iyulda tugʻilgan) — xitoylik futbol murabbiyi va sobiq xalqaro futbolchi.

Oʻyinchi sifatida u butun faoliyatini „Shandong Luneng“da oʻtkazgan, Su jamoa bilan bir nechta liga va kuboklarni qoʻlga kiritgan, shuningdek, Xitoy terma jamoasi uchun doimiy ravishda 2002 FIFA Jahon chempionatida oʻynagan. Oʻyinchi sifatida nafaqaga chiqqanidan soʻng, u Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan.

Klubdagi faoliyati tahrir

Faoliyatining boshida Su 1989—1990 va 1991—1992-yilgi mavsumlarda "Manchester United"da ikkita qisqa sinov davrini o‘tkazgan va shu vaqt ichida u „Junior A“ jamoasida Paul Scholes Rayan Giggz, David Beckham va bo‘lajak yulduzlar bilan bir qatorda maydonga tushgan. Su Xitoyga qaytib, Shandong Luneng tarkibida maydonga tushib oʻzini koʻrsatgan va mashhurlikka erisha boshlagan. SU birinchi marta Shandonga 1995-yilgi Xitoy FA kubogini yutib olishga yordam bergan. Keyingi mavsumda 1996-yilgi Xitoy Jia-A Ligasi yakunida Shandong ligada atigi 5-oʻrinni egallagan boʻlsada Su ligadagi 13 ta goli bilan liganing eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 1999-yilgi liga mavsumiga kelib, u klub sardori etib tayinlangan va ularni ligaga hamda kubokdagi gaʼlabalar sari yetaklagan. Natijada u Xitoyda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[1].

Xalqaro faoliyati tahrir

Su Maozhen 1994-yil 23-yanvarda Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda o‘zining Xitoy terma jamoasidagi birinchi oʻyinini oʻtkazgan[2]. Biroq, Xitoy terma jamosida raqobatning kuchliligi tufayli u „Shandon“ning asosoiy oʻyinchisiga aylanib jamoa bilan 1995-yilda Xitoy FA kubogida gʻolib chiqmaguncha safdan chiqgan. Bu natijalar Suni yana bir bor Xitoy terma jamoasiga chaqirilishiga yetarli boʻldi. U Xitoyning 1996-yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqichida Makaoga qarshi oʻynash uchun tarkibga kirgizilgan, jamoa 1996-yil 30 yanvar kuni Makaoga qarshi bahsda 7:1 hisobida gʻalaba qozongan. Su oʻyinda oʻzining debyut golini kiritgan[3]. Oʻsha oʻyindan soʻng terma jamoaning asosoiy oʻyinchilaridan biriga aylangan va 1996-yilgi Osiyo Kubogida chorak finalga, keyin esa 2000-yilgi Osiyo Kubogining yarim finaliga qadar etib borgan tarkibga kiritilgan. 2002-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatiga yoʻllanma olgan. Turnir davomida u Kosta-Rikaga qarshi bor-yoʻgʻi bir marta oʻyinda maydonga tushgan va jahon chempionati yakunlangach, Su Xitoy terma jamosidagi faoliyatini yakunlagan.

Xalqaro faoliyati tahrir

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 30.01.1996 Mong Kok stadioni, Koulun, Gonkong   Makao 2 — 1 7-1 1996-yilgi Osiyo kubogi saralashi
2 1.02.1996   Filippin 5 — 0 7-0
3 7 — 0
4 23.01.2000 Thống Nhất stadioni, Hồ Chí Minh City, Vetnam   Filippin 1 — 0 8-0 2000-yilgi Osiyo kubogi saralashi
5 2 — 0
6 3 — 0
7 5 — 0
8 7 — 0
9 26.01.2000   Guam 3 — 0 19-0
10 6 — 0
11 15 — 0
12 29.01.2000   Vyetnam 1 — 0 2-0

Murabbiylik faoliyati tahrir

2006-yilda Su Birlashgan Qirollikdagi Salford universitetining Salford biznes maktabini menejment boʻyicha magistrlik darajasini tamomlagan. 2006-yilda u oʻzining sobiq klubi Shandong Lunengga qaytgan va 17 yoshgacha boʻlgan jamoaga murabbiylik qilgan[4]. 2006-yil noyabr oyida u Xitoy futbol assotsiatsiyasi (CFA) tomonidan 2008-yilgi Pekin oʻyinlariga tayyorgarlik jarayonida Xitoy Olimpiya futbol terma jamoasining yordamchi murabbiyi etib tayinlangan. Turnir yakunlangach, unga Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga bosh murabbiy boʻlish imkoniyati berilgan. Uning birinchi vazifasi 2010-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritish boʻlib, Xitoy turnir davomida chorak finalga qadar saralashning barcha oʻyinlarida gʻalaba qozongan[5].

Yutuqlari tahrir

Futbolchilik faoliyati tahrir

Shandong Luneng

  • Xitoy Jia-A ligasi : 1999-yil
  • Xitoy FA kubogi : 1995, 1999

Manbalar tahrir

  1. „China 1999“. rsssf.com (2001-yil 2-iyul). Qaraldi: 2012-yil 21-avgust.
  2. „China PR 0–1 Saudi Arabia“. teamchina.freehostia.com (1994-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 21-avgust.
  3. „China PR 7–1 Macau“. teamchina.freehostia.com (1996-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 21-avgust.
  4. „宿茂臻意外当选国青队主帅正在济南忙全运队的事“. spball.com. 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-sentyabr.
  5. „AFC U-19 CHAMPIONSHIP 2010 MATCH SUMMARY“. the-afc.com (2010-yil 11-oktyabr). 2012-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-yanvar.