Suat Serdar (1997-yil 11-aprelda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing Herta BSC klubi yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi. [3]

Suat Serdar
2018-yil Serdar Schalke 04 safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Suat Serdar[1]
Tavallud sanasi 11-aprel 1997-yil (1997-04-11) (27 yosh)
Tavallud joyi Bingen am Rhein, Germany
Boʻyi 1.84 m[2]
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Hertha BSC
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Hassia Bingen
2008-2015 Mainz 05
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015-2017 Mainz 05 II 13 (0)
2015-2018 Mainz 05 45 (2)
2018-2021 Schalke 04 71 (10)
2021- Hertha BSC 31 (3)
Milliy terma jamoa
2012 Germaniya U16 4 (0)
2013 Germaniya U17 4 (0)
2014-2015 Germaniya U18 4 (0)
2015-2016 Germaniya U19 11 (3)
2017 Germaniya U20 8 (1)
2017-2019 Germaniya U21 8 (2)
2019-2020 Germaniya 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2020-yil 3-sentyabr uchun)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Mainz tahrir

Serdar Bundesligada 2015-yilning 18-sentabrida TSG 1899 Xoffenxaymga qarshi o‘yinda 88-daqiqadan so‘ng Yunus Malli o‘rniga maydonga tushib debyutini oʻtqazadi.[4]

Shalke tahrir

2018-yilning 17-mayida Serdar 4 yillik shartnoma asosida "Shalke-04"ga o‘tishi maʼlum bo‘ldi. [5] Koʻpchilik Serdarni 2019/20 yilgi mavsumda „Shalke“ning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblaydi. [6]

Gerta tahrir

2021-yil 15-iyun kuni Serdar Gerta BSC bilan besh yillik shartnoma imzoladi. [7] U DFB-Pokal birinchi raundida SV Meppenga qarshi oʻyinda debyut qild.[8] Uning ligadagi debyuti 15-avgust kuni safarda FK Kyoln qarshi 3:1 hisobida magʻlubiyat bilan tugadi.[9] U pandemiya davrida SARS‑CoV‑2 uchun ijobiy sinovdan oʻtdi. [10]

Terma jamoadagi faoliyat tahrir

U oʻz yosh toifasida U16, U17, U18, U19 va U20 yosh toifalarida Germaniya terma jamoasini himoya qilgan. [11]

U Germaniya terma jamoasidagi debyutini 2019-yil 9-oktabr kuni Argentinaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazgan. U 72-daqiqada Serj Gnabrini almashtirgan.[12]

Shaxsiy hayoti tahrir

Serdar — juda kamgap shaxs, u ota-onasi va aka-ukalari toʻgʻrisida hech qayerda hech qanday maʼlumotni oshkor qilmagan. Uning Instagram va barcha ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida shaxsiy hayotiga oid hech qanaqa maʼlumotlar keltirilmagan. Hozirgi kunda Suat Serdarning transfer summasi 8 million yevroni tashkil etmoqda.[13] Futbolchinig agenti Sports360 GmbH tashkiloti hisoblanadi.[14] Ushbu tashkilot Suat Serdardan tashqari Toni Kroos, Timo Werner, Niklas Süle kabi futbolchilarning ham agenti hisoblanadi.

Faoliyatidagi statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub safida, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Chemponat O`yinlar Gollar O`yinlar Gollar O`yinlar Gollar O`yinlar Gollar
Mayns 05 II 2015-16 3. Liga 7 0 7 0
2016-17 3. Liga 6 0 6 0
Jami 13 0 13 0
Mayns 05 2015-16 Bundesliga 12 0 0 0 12 0
2016-17 Bundesliga 8 0 2 0 4 0 14 0
2017-18 Bundesliga 25 2 3 1 28 3
Jami 45 2 5 1 4 0 54 3
"Shalke 04" 2018-19 Bundesliga 26 2 2 0 7 0 35 2
2019-20 Bundesliga 20 7 2 0 22 7
2020-21 Bundesliga 25 1 1 1 26 2
Jami 71 10 5 1 7 0 83 11
Gerta BSC 2021-22 Bundesliga 31 3 3 1 34 4
Karyera jami 160 15 13 3 11 0 184 18

Terma jamoa safida tahrir

Milliy terma jamoa Yil Ilovalar Maqsadlar
Germaniya 2019 3 0
2020 1 0
Jami 4 0

Manbalar tahrir

  1. „FIFA U-20 World Cup Korea Republic 2017 – List of Players: Germany“ (PDF). FIFA (2017-yil 11-iyun). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.
  2. „Suat Serdar“. Hertha BSC. 2022-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  3. „Germany - S. Serdar - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“. soccerway.com. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  4. „Mainz 05 vs. Hoffenheim - 18 September 2015 - Soccerway“. soccerway.com. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  5. „Suat Serdar erhält Vertrag bis zum 30. Juni 2022“ (German). FC Schalke 04 (2018-yil 17-may). Qaraldi: 2018-yil 1-iyul.
  6. „Suat Serdar on lockdown, Schalke's season so far and having key players back“. bundesliga.com. Qaraldi: 2020-yil 19-sentyabr.
  7. „Suat Serdar joins Hertha Berlin from Schalke“. bundesliga.com - the official Bundesliga website. 2022-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  8. „Meppen vs. Hertha Berlin – 8 August 2021“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  9. „FC Cologne vs. Hertha Berlin – 15 August 2021“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  10. „Serdar positiv auf Corona getestet“ (de-DE). kicker (2022-yil 15-fevral). 2022-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  11. „Suat Serdar“. weltfussball.de. Qaraldi: 2019-yil 4-aprel.
  12. „Germany v Argentina game report“. ESPN (2019-yil 9-oktyabr).
  13. „Suat Serdar transfer value“.
  14. „Agent of Suat Serdar“.

Havolalar tahrir