Sultanzâde Nâsıreddin Mehmed Bey II
Sultanzâde Nâsıreddin Mehmed Bey II (turkcha: II. Sultanzâde Nâsıreddin Mehmed Bey) — Karamanoğulları bekligida 1398-1399, 1402-1420 va 1421-1423-yillar orasida hukmdonlik qilgan turk beki. Ushbu beklik 1250-1487-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan boʻlib, XIV-XV asrlarda Onadoʻlida Usmonlilar imperiyasi bilan birga eng qudratli davlat hisoblangan.[1][2].
Sultanzâde Nâsıreddin Mehmed Bey II | |
---|---|
turkcha: II. Nâsıreddin Mehmed Bey' | |
Birinchi beklik davri | |
Saltanat | 1398-1399 |
Oʻtmishdoshi | Alâeddin Ali Bey |
Davomchisi | Usmonlilar imperiyasi |
Ikkinchi beklik davri | |
Saltanat | 1402-1420 |
Oʻtmishdoshi | Usmonlilar imperiyasi |
Davomchisi | Bengi Alâeddin Ali Bey II |
Uchinchi beklik davri | |
Saltanat | 1421-1423 |
Oʻtmishdoshi | Bengi Alâeddin Ali Bey II |
Davomchisi | Bengi Alâeddin Ali Bey II |
Tugʻilishi | 1381-yil |
Vafoti | 1423-yil |
Farzandlari | Karamanoğlu İbrahim Bey II |
Uy | Karamanoğulları |
Otasi | Alâeddin Ali Bey |
Onasi | Nefise Melek Hatun |
Dini | Sunni Islom |
Karamanoğulları bekligi
tahrirKoʻniya sultonligi parchalanishidan oldin, Onadoʻlida Nureddin Bey tarafidan tamal toshi qoʻyilgan va 1250-yilda Karaman Bey tarafidan asos solingan turk-islom bekligi. Tarixchilar tarafidan ushbu beklik XIII asrning Onadoʻlidagi eng kuchli bekligi sifatida qabul qilinadi. Beklikning poytaxti vaziyatga qarab, Karaman, Koʻniya va boshqa shaharlar boʻlgan. XIV asr oxiri va XV asr mobaynida beklikning asosiy raqibi va dushmani tobora kuchayib borayotgan Usmonlilar imperiyasi edi. Sharqiy Yevropadagi Usmonlilar dushmanlari imperiyani ikki olov oʻrtasida qoldirish uchun har doim Karaman bekligi bilan oʻzaro ittifoq tuzishga harakat qilganlar.
Boyazid va Amir Temur
tahrirBoyazid I Yildirim Rumelida xristianlar bilan ovvora boʻlib turgan vaqtda, Mehmed Beyning dadasi Alâeddin Ali Bey Usmonlilar imperiyasining muhim shaharlaridan biri boʻlgan Anqaraga hujum uyushtirdi. Shundan soʻng, Boyazid Onadoʻliga qaytib keldi va Koʻniya ustiga harbiy safar uyushtirib, shaharni egalladi va Alâeddin Ali Beyni oʻldirdi. Keyin, Karaman shaharini qamal qildi. Mehmed Bey va ukasi Bengi Ali Boyazid Karamanlilarni jazolandirmasligi sharti bilan taslim boʻlishdi. Boyazid I Yildirim ikki shahzodani Usmonlilar imperiyasi poytaxti Bursada qamoqqa tashladi. Oradan toʻrt yil vaqt oʻtib, 1402-yilda Amir Temur Usmonlilar imperiyasi sultoni Boyazid I Yildirimni Anqara jangida magʻlub etganidan soʻng, Amir Temurning nabirasi Bursani egalladi va aka-uka Mehmed va Alini ozod qildi.
Birinchi va ikkinchi beklik davri
tahrirMehmed Bey 1398-1399-yillarda otasining vafotidan soʻng, ilk marta bek sifatida davlatni boshqargan. Ammo Boyazid I Yildirim Karamanni qamal qilgandan soʻng, togʻasi va usmonli sultoni Boyazidaga taslim boʻlgan. Anqara jangidan soʻng, Mehmed Bey Karamanga keldi va ikkinchi bor beklik taxtiga chiqdi. Otasidan meros qolgan hududlardan tashqari unga Amir Temur tarafidan bir nechta qal’a ham hadya qilindi. Shundan soʻng, u bekligining hududini kengaytirishga eʼtiborini qaratdi. Amir Temurning Onadoʻliga qilgan safaridan soʻng paydo boʻlgan qulay vaziyatni fursat bilgan Mehmed Bey, Usmonlilar imperiyasi hududlari va Germiyanoğulları bekligini ishgʻol qilishni boshladi. Jumladan, Germiyanoğulları bekligining poytaxti boʻlgan Kütahyani bosib oldi. Germiyanoğullarıning beki eski usmonli sultoni Boyazid I Yildirimning qaynotasi edi.
Usmonlilar imperiyasini boʻlaklarga boʻlib boshqarish davri, 1413-yilda Mehmed Ining Rumelida Musa Çelebini magʻlub etishi bilan yakunlandi. Bu voqeadan soʻng, Usmonlilar imperiyasi yana bir sulton hokimiyati ostida birlashdi. Rumelidagi gʻalabadan soʻng, Mehmed I Onadoʻliga qaytib keldi va Karaman bekligi ustiga safar boshladi. Bu harbiy safarda Karamanlilar magʻlubiyatga uchratildi. Mehmed Bey II magʻlubiyatdan soʻng, hamma usmonli hududlarini, jumladan Amir Temur hadya qilgan qal’alar va oʻzi istilo qilgan hududlarni Mehmed Iga qaytarib berishga rozi boʻldi. 1415-yilda shartnomani buzishga uringan vaqtida hibsga olindi va shartnomani boshqa hech qachon buzmaslikka qasam ichishga majbur boʻldi. Shundan soʻng, yana ozod qilindi. U vaʼdasini bajardi va 1415-1422-yillarda Usmonlilar imperiyasi bilan Karamanoğulları oʻrtasida tinchlik hukm surdi.
Mehmed Bey janubiy Turkiyada joylashgan kichik beklik Ramazanoğulları bekligi bilan ittifoq qurdi va janubiy-sharqiy Onadoʻlida joylashgan Mamluklar davlatiga vassal boʻlgan turk bekligi Dulkadiroğulları bekligiga qarshi urush ochdi. Bu ishi unga qimmatga tushdi. 1420-yilda u Kayseri yaqinlarida mamluklar tarafidan qoʻlga olindi va Misr poytaxti Qohira shahri qamoqaxonasiga tashlandi.
Uchinchi beklik davri
tahrir1421-yilda mamluk sultoni vafot etganidan keyin, Mehmed Bey ozodlikka chiqdi. Karamanga qaytib kelib, oʻzini Karamanoğulları beki deb eʼlon qildi. Tez orada ukasi hokimiyati ostidagi Niğdedan tashqari barcha Karaman hududini hokimiyati ostiga oldi.
1421-yilda Usmonlilar imperiyasi sultoni Mehmed I vafot etdi va qisqa vaqt oʻtishi bilan Usmonli-Karaman urushlari qaytadan boshlandi. Mehmed Bey Onadoʻlining janubi-gʻarbida joylashgan Usmonlilarning muhim port shahri Antalyani egallashga harakat qildi. Mehmed Bey yaqinda amakisi va ukasining isyonlarini bostirgan yangi usmonli podishohi Murod IIni poytaxtidan uzoqda joylashgan port shahar uchun kurashmaydi deb oʻylagan edi. Ammo qamal vaqtida Antalya voliysi qattiq qarshilik koʻrsatdi va jangda Mehmed Bey oʻldirildi. Shundan soʻng, uning oʻgʻillari qamalni toʻxtatishdi va ortga qaytishdi[3].
Manbalar
tahrirHumkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: Alâeddin Ali Bey |
Karamanoğulları beki 1398-1399 |
Vorisi: Usmonlilar |
Humkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: Usmonlilar |
Karamanoğulları beki 1402-1420 |
Vorisi: Bengi Ali |
Humkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: Bengi Ali |
Karamanoğulları beki 1421-1423 |
Vorisi: Bengi Ali |