Sulton Muhammad Xandon
Sulton muhammad xandon (15—16-asr 2-yarmi, gʻirot) — xattot, shoir, nastaʼliq xati ustasi. Sultonali Mashhadiynnng shogirdi, xushtabiat, xushchaqchaqlikka moyil boʻlgani uchun "xandon" laqabini olgan. Ijodini Navoiyning shaxsiy kutubxonasida boshlagan. S.M.X. koʻchirgan qoʻlyozma kitoblarga baʼzan otini yozmagan. Xondamir xattotni "nastaʼliq xatida isteʼdodi juda zoʻr", deb baholagan. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan. S.M.X. koʻchirgan Saʼdiyning "Boʻston" asari (1514, Jaʼfar Sulton Alqaroyi majmuasida), Hofizning "Devon"i (1519, Kobuldagi Davlat muzeyida va yana bir nusxasi 1515, Britaniya muzeyida), Xusrav Dehlaviyning "Devon"i (1497, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi SHI da) va "Qiron ussadayin" asari (1515, Britaniya muzeyida), Jomiyning "Yusuf va Zulayho" (Texrondagi Milliy kutubxonada va bir nusxasi shaxsiy majmuada), "Subxat ulabror" (1523, Texrondagi Jaʼfar Sulton Alqaroyi majmuasida), Navoiyning "Devon"i (1528, Rossiya milliy kutubxonasida) va boshqa qoʻlyozmalar, koʻplab qitalari bizgacha yetib kelgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |