SumbarTurkmaniston va Erondagi dare (qisman Turkmaniston bilan Eron chegarasidan okadi). Atrek daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 245 km, havzasining maydoni 8300 km². Kopetdogʻ togʻlaridan (Eronda) boshlanadi. Quyi oqimida yiliga 2—5 oygacha qurib qoladi. Yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Asosiy irmogʻi — Chandir (chapdan). Sdan sugʻorishda foydalaniladi. Vodiysi subtropik bogʻdorchilik rayoni.