Supachok Sarachat (taycha: สุภโชค สารชาติ) – tailandlik professional futbolchi , J1 ligasining „Hokkaido Consadole Sapporo“ klubi va Tailand terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi yoki vinger sifatida oʻynaydi.

Supachok Sarachat
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi taycha: สุภโชค สารชาติ
Tavallud sanasi 22-may 1998-yil (1998-05-22) (25 yosh)
Tavallud joyi Sisaket, Tailand bayrogʻi Tailand
Boʻyi 1.69 m[1]
Ampluasi hujumkor yarimhimoyachi, vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Hokkaido Consadole Sapporo
Raqami 19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011–2014 Buriram United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015–2022 Buriram United 150 (35)
2015   Surin City 10 (2)
2022   Hokkaido Consadole Sapporo 7 (0)
2023– Hokkaido Consadole Sapporo 31 (7)
Milliy terma jamoa
2015–2016 Tailand U-19 6 (0)
2019 Tailand U-22 4 (1)
2017–2020 Tailand U-23 7 (2)
2017– Tailand 32 (8)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati tahrir

„Buriram United“ tahrir

Supachok 2022-yil iyul oyida „Buriram United“dan ijara asosida „Consadole Sapporo“ga oʻtdi, jamoa safida u chempionatda jami 150 ta oʻyin oʻtkazib, 34 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Supachok „Buriram United“ safida oʻtgan mavsumda 1 Tai Ligasida 26 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

„Hokkaido Consadole Sapporo“ tahrir

Supachok 2022-yilning 1-iyulida „Buriram United“dan ijara asosida ushbu klubga oʻtdi[2]. U J1 ligasining yettita oʻyinida oʻynadi, barcha oʻyinlarda zaxiradan maydonga tushdi. Asosiy tarkibda boʻlmasa-da va maydonda atigi 93 daqiqa harakat qilganiga qaramay, u uchta golli uzatmani amalga oshirdi[3]. Yetarlicha taassurot qoldirgan Supachok „Consadole“ bilan 2022-yil 12-noyabrdan 2027-yil 31-dekabrgacha davom etadigan besh yillik shartnomaga imzo chekdi[4].

Xalqaro faoliyati tahrir

2021-yilda Supachok bosh murabbiy Aleksandre Pölking tomonidan 2020-yilgi AFF chempionati uchun Tailand terma jamoasiga kiritildi va turnirda gʻolib chiqdi, musobaqa ramziy jamoasiga kiritildi[5].

Shaxsiy hayot tahrir

Supachokning ikkita ukasi bor: Suphanat Mueanta, hozirda Belgiyaning „OH Leuven“ klubida oʻynaydi va Chotika Mueanta, Buriram United yoshlar jamoasida oʻynaydi[6]. Supachok onasining familiyasini (Sarachat) ishlatadi.

Statistika tahrir

Klub tahrir

2023-yil 10-iyun holatiga
Klub Mavsum Liga Liga Milliy kubok Liga kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Surin City (ijara) 2015 2 Tai Divizioni 10 2 0 0 0 0 10 2
Buriram United 2015 1 Tai Ligasi 5 0 0 0 0 0 0 0 0 0 5 0
2016 20 2 1 0 0 0 2 0 0 0 23 2
2017 17 7 3 1 2 0 22 8
2018 26 2 2 1 3 2 8 0 1 0 40 5
2019 29 9 5 1 5 1 6 1 1 0 46 12
2020–21 20 9 3 2 2 0 25 11
2021–22 26 5 5 2 4 1 35 8
Consadole Sapporo (ijara) 2022 J1 ligasi 7 0 0 0 0 0 7 0
Consadole Sapporo 2023 J1 ligasi 24 7 3 2 4 2 31 11
Faoliyatida jami 184 43 22 9 18 6 18 1 2 0 244 59

Xalqaro statistika tahrir

Xalqaro tahrir

2024-yil 30-yanvar holatiga
Milliy jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Tailand 2017 1 0
2019 7 2
2021 8 3
2022 4 1
2023 8 1
2024 4 1
Jami 32 8

Xalqaro gollar tahrir

Asosiy jamoa tahrir

Supachok Sarachat – Tailand jamoasi uchun gollari
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2019-yil 10-sentyabr Gelora Bung Karno stadioni, Jakarta, Indoneziya   Indoneziya 1 – 0 3–0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
2. 3 – 0
3. 2021-yil 5-dekabr Milliy stadion, Kallang, Singapur   Sharqiy Timor 2 – 0 2–0 2020-yilgi AFF chempionati
4. 2021-yil 11-dekabr   Myanma 4 – 0 4–0
5. 2021-yil 29-dekabr   Indoneziya 3 – 0 4–0 2020-yilgi AFF chempionati finali
6. 2022-yil 25-sentyabr 700-yillik stadioni, Chiangmay, Tailand   Trinidad va Tobago 2 – 1 2–1 Qirol kubogi 2022
7. 2023-yil 21-noyabr Milliy stadion, Kallang, Singapur   Singapur 1 – 0 3–1 2026 FIFA Jahon chempionati saralashi
8. 2024-yil 30-yanvar Al Janoub stadioni, Al-Vakra, Qatar   Oʻzbekiston 1 – 1 1–2 2023-yilgi Osiyo kubogi

23 yoshgacha jamoa tahrir

Supachok Sarachat – Tailand U-23 jamoasi uchun gollari
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2017-yil 15-dekabr Buriram, Tailand   Vyetnam 1 – 2 1–2 2017-yilgi M-150 kubogi
2. 2018-yil 6-yanvar Shanxay, Xitoy   Avstraliya 1 – 2 1–2 Oʻrtoqlik
3. 2018-yil 10-avgust Pathum Tani, Tailand   Nepal 2 – 0 4–0
4. 2019-yil 22-mart Mỹ Đình milliy stadioni, Xanoy, Vyetnam   Indoneziya 4 – 0 4–0 2020-yilgi U-23 Osiyo chempionati saralashi
5. 2019-yil 24-mart Mỹ Đình milliy stadioni, Xanoy, Vyetnam   Brunei 1 – 0 8–0
6. 2019-yil 28-noyabr Rizal Memorial Stadium, Manila, Filippin 0–7 0–7 2019 JShO oʻyinlari
7. 2020-yil 8-yanvar Rajamangala milliy stadioni, Bangkok, Tailand   Bahrayn 2 – 0 5–0 2020-yilgi U-23 Osiyo chempionati

19 yoshgacha jamoa tahrir

Supachok Sarachat – Tailand U19 jamoasi uchun gollari
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2016-yil 7-oktyabr Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari   Xitoy 2– 1 2–1 Oʻrtoqlik

Yutuqlari tahrir

Buriram United“

  • 1 Tai Ligasi: 2015, 2017, 2018, 2021–22
  • Tailand FA kubogi: 2015, 2021–22
  • Tailand Liga kubogi: 2015, 2016, 2021–22
  • Tailand Chempionlar kubogi: 2019
  • Toyota Premyer Kubogi: 2016
  • Mekong Klublar chempionati: 2015, 2016

Tailand

  • AFF chempionati: 2020

Shaxsiy

  • Tailandda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2017
  • 2020-yilgi AFF chempionati: ramziy jamoasi tarkibida[7]

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir