Tangalik bolalar
„Tangalik bolalar“ — 1990-yil Sovet davlatining soʻnggi yillarida suratga olingan badiiy film[1]. Film Boʻstonliq tumanining Sijjak qishlogʻida suratga olingan.
„Tangalik bolalar“ | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Temurmalik Yunusov |
Ssenariynavis(lar) | Rixsivoy Muhammadjonov |
Rollarda |
Muhammadjon Rahimov Doston Ubaydullayev Ibrohim Saidahmadov Shahnoza Foziljonova Murod Rajabov Oybarchin Bakirova Shirin Azizova Aziza Karimova Farhod Aminov Husan Sharipov Karim Mirxodiyev |
Bastakor(lar) | Mirhalil Mahmudov |
Operator(lar) | Najmiddin Gʻulomov |
Studiya(lar) | „Vatan“ ijodiy uyushmasi |
Chiqarilgan sanasi | 1990 |
Davomiyligi | 81 minut |
Mamlakat | Oʻzbek SSR |
Til | oʻzbekcha |
Tarixi
tahrirFilm 1990-yilda, yaʼni Sovet davlatida amalga oshirilgan „Qayta qurish“ siyosati davrida suratga olingan. Unda „Qayta qurish“ davrida boʻy koʻrsatgan ochiqlik siyosati taʼsiri yaqqol koʻzga tashlanib turadi[manba kerak].
Mavzusi
tahrirFilmning bosh qahramonlari qishloqdan shaharga oʻz tashvishlari bilan kelgan oʻsmir bola va ikki nafar yigitdir[2]. Bu uch nafar bosh qahramon uch xil sabab ortidan Toshkentga keladi. Xususan, Zokir shoirlik qobiliyatini koʻrsatish va kitob chiqarish, Doston qishloqdan shaharga ketib qolgan onasini topish, Nortoy doʻstlari bahonasida poytaxt koʻchalarini kezib, qizlar bilan tanishish istagida[3].
Soundtracklari
tahrir„Tangalik bolalar“ filmi bosh qahramonlardan biri — Doston tomonidan kuylangan „Tulpor“ qoʻshigʻi bilan ham mashhur.