Tanlangan asarlar (Vohidov asari)

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼrlar toʻplami

„Tanlangan asarlar“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2018-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyatida chop etilgan.[1]

Tanlangan asarlar
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar, dostonlar va sheʼriy drama
Nashriyot „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2018
Sahifalar soni 688
ISBN ISBN 978-9943-26-593-6

Toʻplam sheʼrlari „Yoʻq, halovat istamayman!“, „Yoshlik devoni“, „Bolaligim – Bozorim“, „Orzu chashmasi“, „Iltijo“, „Tirik sayyoralar“, „Sharqiy qirgʻoq“, „Ruhlar isyoni“, „Shavqu armonim gʻazal“, „Bedorlik“, „Hajv daftari“, „Subhi sodiq“, „Istanbul fojiasi“, „Orzuli dunyo“, „Tabassum“, „Daftarda qolgan satrlar“ turkumlariga boʻlingan. Toʻplamga shoirning turli yillarda yozgan sheʼrlari, shuningdek, „Nido“, „Orzu shachmasi“, „Palatkada yozilgan doston“, „Quyosh maskani“, „Ruhlar isyoni“ dostonlari hamda „Istanbul fojiasi“ sheʼriy dramasi kiritilgan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Mirzo Kenjabek – nashrga tayyorlovchi, Nosirjon Joʻrayev – muharrir, Feruza Basharova – badiiy muharrir, Sarvar Gayratov – dizayner, Raʼno Boboxonova – texnik muharrir, Asal Nisanbayeva, Eʼzoza Yoʻldosheva – sahifalovchilar, Rasuljon Nafasov – musahhih. Kitob adadi – 3 000 nusxa.

Manbalar tahrir

  1. „2019-yilgi yangi adabiyotlar roʻyxati“. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr. [sayt ishlamaydi]