Tarik Elyounoussi
Tarik Elyounoussiy (talaffuzi: Tarik Elyunussiy; 1988-yil 23-fevralda tugʻilgan) — Yaponiyaning Shonan Bellmare klubida oʻynaydigan professional futbolchi. Marokashda tugʻilgan, Norvegiya terma jamoasi vakili.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Tarik Elyounoussi[1] | ||
Tavallud sanasi | 23-fevral 1988-yil | ||
Tavallud joyi | Al Hoceima, Marokash | ||
Boʻyi | 1.72 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Shonan Bellmare | ||
Raqami | 11 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000—2002 | Nylende | ||
2003—2005 | Trosvik | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2008 | Fredrikstad | 69 | (20) |
2008—2011 | Heerenveen | 31 | (2) |
2010 | → Lillestrøm (ijara) | 14 | (4) |
2011—2012 | Fredrikstad | 44 | (20) |
2012—2013 | Rosenborg | 24 | (6) |
2013—2016 | 1899 Hoffenheim | 52 | (4) |
2016—2018 | Olympiacos | 23 | (4) |
2017—2018 | → Qarabağ (ijara) | 8 | (0) |
2018—2019 | AIK | 52 | (19) |
2020— | Shonan Bellmare | 70 | (4) |
Milliy terma jamoa | |||
2006—2008 | Norvegiya U21 | 25 | (5) |
2008— | Norvegiya | 60 | (10) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 12-oktyabr uchun) |
Klublardagi faoliyati
tahrirMarokashning Al Hoceima shahrida tugʻilgan Elyounoussi 11 yoshida oilasi bilan Norvegiyaga koʻchib oʻtgan. Fredrikstaddagi Nylende klubida futbol oʻynay boshlagan, keyin esa Trosvikga qoʻshilgan[2].
SC Heerenveen
tahrirElyounoussiga 2008-yilning yozida Premyer-liganing turli klublari qiziqish bildirishgan. Biroq Fredrikstad 8-iyul kuni Fransiyaning Le Mans klubidan deyarli 4 million yevrolik taklifni qabul qildi[3]. Bir necha hafta oʻtgach, Elyounoussi 22-iyul kuni Heerenven bilan 3,5 million yevroga besh yillik shartnoma imzoladi. 2008-yilning avgustida rasman Heerenvenga qoʻshildi[4].
Volendamga qarshi debyut uchrashuvida gol urdi.
Norvegiyaga qaytish
tahrir2010-yil 19-fevralda Lillestrom SK 21 yoshli iqtidorli hujumchini SC Heerenvendan yarim mavsumga ijaraga oldi[5].
2011-yil 7-yanvarda Elyounoussi Fredrikstad FKga qaytdi.
Elyounoussi 2012-yilning 9-avgustida Rosenborg bilan 3 yillik shartnoma imzoladi[6].
1899 Hoffenheim
tahrirRozenborg 2013-yilning 18-iyunida Elyounoussini TSG 1899 Hoffenheimga sotganini eʼlon qildi[7].
Olimpiacos
tahrir„Olimpiakos“ ushbu klub TSG 1899 Hoffenheim bilan 26-avgust kuni Tarik Elyounoussini sotib olish boʻyicha kelishuvga erishganini eʼlon qildi, transfer narxi 1 million yevroga baholangan. 2016-yil 11-sentabrda klubdagi birinchi golini Veriaga qarshi oʻyinda (6:1) urdi.
Qarabağ
tahrir2017-yilning 31-avgust kuni Ozarbayjon chempioni Qarabağ FK Elyounoussini 2017—2018-yilgi mavsum uchun ijaraga oldi[8]. 30 yoshli marokashlik futbolchi 2017—2018-yilgi mavsumning birinchi yarmida barcha musobaqalarda bor-yoʻgʻi yettita rasmiy oʻyin oʻtkazdi[9].
AIK
tahrir2018-yilning 30-yanvarida Shvetsiyaning AIK jamoasi Elyounoussining „Olimpiacos“dan ikki yillik shartnoma evaziga o‘tganini eʼlon qildi. 2018-yilda AIK bilan birgalikda Shvetsiyaning Allsvenskan ligasida gʻolib chiqdi[10].
Shonan Bellmare
tahrir2020-yil 12-yanvarda yapon jamoasi Shonan Bellmare Elyounoussining AIKdan ikki yillik shartnomaga o‘tganini eʼlon qildi[11]. Klubdagi ilk golini 2020-yil 26-iyulda Kawasaki Frontalega qarshi o‘yinda (3:1) kiritdi[12].
Xalqaro faoliyati
tahrirElyounoussi 2008-yil 28-may kuni Urugvayga qarshi milliy terma jamoadagi debyutida oʻyin boshlanishidan atigi 4 daqiqa o‘tib gol urdi[13]. Milliy terma jamoadagi ikkinchi golini 2012-yilning 15-yanvarida, 2012-yilgi Qirol kubogi ochilish o‘yinida Daniyaga qarshi urdi[14].
Elyounoussi 2013-yil yanvarida Janubiy Afrika va Zambiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlariga sardor etib tayinlandi[15]. Janubiy Afrikaga qarshi oʻyinda (1:0) uchrashuvning yagona golini urdi[16].
Shaxsiy hayoti
tahrirElyounoussi — Norvegiya terma jamoasi futbolchisi Muhammad Elyounoussining amakivachchasi[17].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Fredrikstad | 2005 | Tippeligaen | 3 | 0 | 1 | 0 | — | 4 | 0 | |
2006 | 25 | 5 | 6 | 4 | — | 31 | 9 | |||
2007 | 25 | 9 | 2 | 1 | — | 27 | 10 | |||
2008 | 16 | 6 | 3 | 1 | 5 | 3 | 24 | 10 | ||
Jami | 69 | 20 | 12 | 6 | 5 | 3 | 86 | 29 | ||
Heerenveen | 2008—2009 | Erediviziya | 20 | 2 | 1 | 0 | 5 | 3 | 26 | 5 |
2009—2010 | 9 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 13 | 0 | ||
2010—2011 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 2 | 0 | |||
Jami | 31 | 2 | 3 | 0 | 7 | 3 | 41 | 5 | ||
Lillestrøm (ijara) | 2010 | Tippeligaen | 14 | 4 | 3 | 2 | — | 17 | 6 | |
Fredrikstad | 2011 | Tippeligaen | 28 | 13 | 4 | 2 | — | 32 | 15 | |
2012 | 16 | 7 | 2 | 3 | — | 18 | 10 | |||
Jami | 44 | 20 | 6 | 5 | — | 50 | 25 | |||
Rosenborg | 2012 | Tippeligaen | 11 | 0 | 0 | 0 | 7 | 3 | 18 | 3 |
2013 | 13 | 6 | 4 | 3 | — | 17 | 9 | |||
Jami | 24 | 6 | 4 | 3 | 7 | 3 | 35 | 12 | ||
1899 Hoffenheim | 2013—2014 | Bundesliga | 21 | 0 | 4 | 0 | — | 25 | 0 | |
2014—2015 | 25 | 4 | 1 | 1 | — | 26 | 5 | |||
2015—2016 | 6 | 0 | 1 | 0 | — | 7 | 0 | |||
Jami | 52 | 4 | 6 | 1 | — | 58 | 5 | |||
Olympiacos | 2016—2017 | Gretsiya Superligasi | 23 | 4 | 4 | 0 | 9 | 3 | 36 | 7 |
Qarabağ (ijara) | 2017—2018 | Ozarbayjon Premyer-ligasi | 4 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 8 | 0 |
AIK | 2018 | Allsvenskan | 25 | 8 | 5 | 3 | 4 | 0 | 34 | 11 |
2019 | 27 | 11 | 5 | 1 | 0 | 0 | 32 | 12 | ||
Jami | 52 | 19 | 10 | 4 | 4 | 0 | 66 | 23 | ||
Shonan Bellmare | 2020 | J1 Liga | 20 | 1 | 2 | 0 | — | 22 | 1 | |
2021 | 19 | 2 | 0 | 0 | — | 19 | 2 | |||
2022 | 29 | 1 | 6 | 0 | — | 35 | 1 | |||
Jami | 68 | 4 | 8 | 0 | — | 76 | 4 | |||
Jami faoliyati | 354 | 82 | 52 | 21 | 35 | 12 | 441 | 115 |
Xalqaro
tahrir- 7-iyun, 2019-yil[21]
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Norvegiya | 2008-yil | 3 | 1 |
2009-yil | 0 | 0 | |
2010-yil | 0 | 0 | |
2011-yil | 1 | 0 | |
2012-yil | 11 | 4 | |
2013-yil | 13 | 2 | |
2014-yil | 9 | 2 | |
2015-yil | 2 | 0 | |
2016-yil | 1 | 0 | |
2017-yil | 6 | 0 | |
2018-yil | 7 | 0 | |
2019-yil | 7 | 1 | |
Jami | 60 | 10 |
- Ballar va natijalar birinchi boʻlib Norvegiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Elyounoussining har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi.
Yoʻq. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2008-yil 28-may | Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya | Urugvay | 1—1 | 2—2 | Doʻstona |
2 | 2012-yil 15-yanvar | Rajamangala milliy stadioni, Bangkok, Tailand | Daniya | 1—1 | 1—1 | Qirol kubogi 2012 |
3 | 2012-yil 29-fevral | Windsor Park, Belfast, Shimoliy Irlandiya | Shimoliy Irlandiya | 2—0 | 3—0 | Doʻstona |
4 | 2012-yil 2-iyun | Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya | Xorvatiya | 1—1 | 1—1 | Doʻstona |
5 | 2012-yil 16-oktyabr | Antonis Papadopulos stadioni, Larnaka, Kipr | Kipr Respublikasi | 2—1 | 3—1 | 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
6 | 2013-yil 8-yanvar | Keyptaun stadioni, Keyptaun, Janubiy Afrika | Janubiy Afrika | 1—0 | 1—0 | Doʻstona |
7 | 2013-yil 6-sentyabr | Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya | Kipr Respublikasi | 1—0 | 2—0 | 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
8 | 2014-yil 5-mart | Eden Arena, Praga, Chexiya | Chexiya | 1—1 | 2—2 | Doʻstona |
9 | 2014-yil 13-oktyabr | Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya | Bolgariya | 1—0 | 2—1 | UEFA Yevro-2016 saralashi |
10 | 2019-yil 7-iyun | Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya | Ruminiya | 1—0 | 2—2 | UEFA Yevro-2020 saralashi |
Yutuqlari
tahrirFredrikstad
- Norvegiya futbol kubogi: 2006
SC Heerenveen
- KNVB kubogi: 2008—2009
Olimpiacos
- Gretsiya Superligasi: 2016—2017
AIK
- Allsvenskan: 2018-yil
Individual
- Norvegiyaning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2006, 2007
Manbalar
tahrir- ↑ „Tarik Elyounoussi“ (no). Football Association of Norway. Qaraldi: 2019-yil 12-oktyabr.
- ↑ „5. divisjonsklubb styrtrik på Tarik-salg“ (no). VG Nett (2008-yil 23-iyul). Qaraldi: 2013-yil 12-avgust.
- ↑ „Le Mans byr 30 mill. for Tarik“ (no). VG Nett (2008-yil 8-iyul). Qaraldi: 2013-yil 12-avgust.
- ↑ „Heerenveen make double swoop“. UEFA.com (2008-yil 22-iyul). Qaraldi: 2013-yil 12-avgust.
- ↑ „Elyounoussi på vei til LSK“ (no). Aftenposten.no (2010-yil 19-fevral). 2012-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-avgust.
- ↑ „Tarik har signert for Rosenborg“ (no). nrk.no (2012-yil 9-avgust). Qaraldi: 2012-yil 10-avgust.
- ↑ „Tarik Elyounoussi solgt til Bundesliga-klubb“ (no). TV 2 (2013-yil 17-iyul). Qaraldi: 2013-yil 18-iyul.
- ↑ „Δανεικός στην Καραμπάχ ο Ελιουνούσι“ (el). www.sdna.gr (2017-yil 1-sentyabr).
- ↑ „Bryter kontraktet – är klar för AIK“. www.expressen.se (2018-yil 27-yanvar).
- ↑ „Officiellt: AIK värvar Elyounoussi: "Vill tillhöra en klubb som vinner titlar"“ (sv). fotbollskanalen. Qaraldi: 2018-yil 30-yanvar.
- ↑ „Tarik Elyounoussi klar for japansk klubb“ (NO). TV2. Qaraldi: 2020-yil 12-yanvar.
- ↑ „Kawasaki-F 3:1 Shonan“. JLeague (2020-yil 26-iyul). 2021-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
- ↑ „- Tarik kan være tredje raskeste debutant“ (no). aftenbladet.no. Stavanger Aftenblad (2008-yil 28-may). 2008-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-yanvar.
- ↑ „Elyounoussi reddet Norge: – Dette lover godt“ (no). vg.no. VG (2012-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 15-yanvar.
- ↑ „Tarik blir landslagskaptein“ (no). NRK. Norwegian News Agency (2013-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 12-yanvar.
- ↑ Busk, Martin. „- Dette kan sende oss til VM“ (no). Nettavisen (2013-yil 8-yanvar). 2013-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-yanvar.
- ↑ „Tarik Elyounoussi håper han møter fetteren Mohamed (16) til duell“ (no). tv2.no. TV 2 (2011-yil 11-iyun). Qaraldi: 2012-yil 13-fevral.
- ↑ „Tarik Elyounoussi“ (no). nifs.no. A-pressen. Qaraldi: 2012-yil 7-may.
- ↑ „Tarik Elyounoussi“ (de). kicker.de. Kicker (sports magazine). Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
- ↑ „Tarik Elyounoussi“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 29-iyun.
- ↑ 21,0 21,1 „Tarik Elyounoussi“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 2017-yil 4-sentyabr.