Teodor Gebre Selassie
Teodor Gebre Selassie (1986-yil 24-dekabrda tugʻilgan) — chexiyalik professional futbolchi, Chexiyaning Slovan Liberec klubida oʻng qanot himoyachisi va qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Chexiya terma jamoasi safida 54ta oʻyin oʻtkazib, 3ta gol urgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Theodor Gebre Selassie | ||
Tavallud sanasi | 24-dekabr 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Třebíč, Chexoslovakiya | ||
Boʻyi | 1.81m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Slovan Liberec | ||
Raqami | 23 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1992—1998 | Velké Meziříčí | ||
1998—2005 | Vysočina Jihlava | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2007 | Vysočina Jihlava | 18 | (2) |
2005—2006 | → Velké Meziříčí (ijara) | 8 | (0) |
2007—2008 | Slavia Prague | 11 | (0) |
2008—2012 | Slovan Liberec | 97 | (8) |
2012—2021 | Werder Bremen | 271 | (23) |
2021— | Slovan Liberec | 41 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2007—2008 | Chexiya U21 | 6 | (0) |
2011—2019 | Chexiya | 54 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 21-oktyabr uchun) |
2008-yilda Slavia Prague va toʻrt yildan soʻng Slovan Liberec bilan Chexiya birinchi ligasida gʻalaba qozongan. Keyin Bremen bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan.
Gebre Selassie 2011-yilda Chexiya terma jamoasi safida debyut qildi va jamoaning birinchi afrikalik oʻyinchisiga aylandi. UEFA Yevro-2012 va UEFA Yevro-2016 uchun tarkibga tanlangan.
Klublardagi faoliyati
tahrirChexiya Respublikasida
tahrirGebre Selassie futbolchilik faoliyatini 1992-yilda Velké Meziříčí oʻsmirlar jamoasida boshlagan. Keyinchalik Vysočina Jihlavaga oʻtdi va 1998- va 2005-yillar orasida klubning yoshlar jamoasida oʻynadi.
Oilasi taʼlimga katta ahamiyat berganligi sababli, Gebre Selassie keyinchalik universitetga eʼtibor qaratish uchun futboldan deyarli toʻliq voz kechdi. Biroq, 2005-yilda Velké Meziříčíning jamoasiga oʻtdi[1].
Keyinchalik Gebre Selassie 2007—2008-yilgi mavsumda Praguening „Slavia“ jamoasida qisqa muddat oʻynadi va shu vaqt ichida Chexiya Birinchi Ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi. Keyin Slovan Liberec jamoasida oʻynadi va 2011—2012-yilgi mavsumda yana liga chempionligini qoʻlga kiritdi.
Verder Bremen
tahrirChexiyaning UEFA Yevro-2012dagi barcha toʻrtta oʻyinini oʻtkazgandan soʻng, Gebre Selassie 22-iyun kuni Germaniya Bundesligasining Werder klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 2012-yil 24-avgustda Bremenning mavsumdagi birinchi oʻyinida gol urdi, ammo amaldagi chempion Borussia Dortmundga qarshi safarda 1:2 hisobida yutqazib qoʻyishdi[2]. Gebre Selassie oʻsha mavsumda 24 ta oʻyinda maydonga tushdi va birinchi kungi goli uning mavsumdagi yagona goli boʻldi.
Slovan Liberec
tahrir2021-yil iyun oyida Gebre Selassie yana Slovan Liberecga qoʻshildi[3].
Xalqaro faoliyati
tahrir2011-yilning may oyida Gebre Selassie Chexiya milliy futbol jamoasiga birinchi chaqiruv oldi. 4-iyun kuni Yaponiyaning Matsumoto shahridagi Matsumotodaira futbol stadionida oʻtkazilgan Kirin kubogida Peruga qarshi kechgan golsiz durang oʻyinida Ondřej Kušnírning oʻrniga[4] maydonga tushib debyutini oʻtkazdi.
Keyinchalik Gebre Selassie Chexiyaning UEFA Yevro-2012 uchun terma jamoasida 2-raqamli futbolkaga ega boʻldi. 2012-yilning 12-oktyabrida 2014-yilgi Jahon chempionati saralashida Maltaga qarshi oʻyinda (3:1) xalqaro miqyosdagi birinchi golini kiritdi[5].
2019-yilning may oyida Gebre Selassie terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[6].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrir- 23-may, 2021-yil[7]
klub | Mavsum | Diviziya | Liga | Kubok | Yevropa[lower-alpha 1] | Boshqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | |||
Slavia Prague | 2007—2008 | Chexiya birinchi ligasi | 9 | 0 | — | — | — | 9 | 0 | |||
2008—2009 | 2 | 0 | — | 1 | 0 | — | 3 | 0 | ||||
Jami | 11 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 12 | 0 | ||
Slovan Liberec | 2008—2009 | Chexiya birinchi ligasi | 21 | 1 | — | — | — | 21 | 1 | |||
2009—2010 | 17 | 2 | — | 4 | 0 | — | 21 | 2 | ||||
2010—2011 | 29 | 0 | — | — | — | 29 | 0 | |||||
2011—2012 | 30 | 5 | 4 | 0 | — | — | 34 | 5 | ||||
Jami | 97 | 8 | 4 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 105 | 8 | ||
Werder Bremen | 2012—2013 | Bundesliga | 27 | 1 | 1 | 0 | — | — | 28 | 1 | ||
2013—2014 | 29 | 2 | 1 | 0 | — | — | 30 | 2 | ||||
2014—2015 | 26 | 3 | 2 | 0 | — | — | 28 | 3 | ||||
2015—2016 | 33 | 1 | 5 | 0 | — | — | 38 | 1 | ||||
2016—2017 | 30 | 5 | 1 | 0 | — | — | 31 | 5 | ||||
2017—2018 | 32 | 3 | 4 | 0 | — | — | 36 | 3 | ||||
2018—2019 | 32 | 3 | 4 | 0 | — | — | 36 | 3 | ||||
2019—2020 | 28 | 2 | 2 | 0 | — | 2[lower-alpha 2] | 0 | 32 | 2 | |||
2020—2021 | 34 | 3 | 5 | 1 | — | - | 39 | 4 | ||||
Jami | 271 | 23 | 25 | 1 | 0 | 0 | 2 | 0 | 298 | 24 | ||
Jami faoliyati | 379 | 31 | 29 | 1 | 5 | 0 | 2 | 0 | 413 | 32 |
- ↑ Includes UEFA Europa League, UEFA Champions League
- ↑ Appearances in Bundesliga relegation playoffs
Xalqaro
tahrir- Manba:[8]
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Chex Respublikasi | 2011-yil | 7 | 0 |
2012-yil | 12 | 1 | |
2013-yil | 8 | 0 | |
2014-yil | 1 | 0 | |
2015-yil | 4 | 0 | |
2016-yil | 7 | 0 | |
2017-yil | 6 | 2 | |
2018-yil | 7 | 0 | |
2019-yil | 2 | 0 | |
Jami | 54 | 3 |
- Manba:[9]
T/r | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2012-yil 12-oktyabr | Stadion města Plzne, Plzen, Chexiya | Malta | 1—0 | 3—1 | 2014 FIFA Jahon chempionati saralashi |
2 | 2017-yil 26-mart | San-Marino stadioni, Serravalle, San-Marino | San Marino | 4—0 | 6—0 | 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi |
3 | 2017-yil 10-iyun | Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya | Norvegiya | 1—0 | 1—1 | 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi |
Yutuqlari
tahrirSlavia Prague
- Chexiya Birinchi ligasi: 2007—2008
Slovan Liberec
- Chexiya birinchi ligasi: 2011—2012
Chexiya Respublikasi
- Xitoy kubogi bronza: 2018[10]
Manbalar
tahrir- ↑ Kennedy, Paul. „Gebre Selassie: 'I am glad I am different'“. Soccer America Daily (2012-yil 21-iyun). Qaraldi: 2012-yil 23-iyun.
- ↑ „Dortmund do it the hard way“. Sky Sports (2013-yil 24-avgust). Qaraldi: 2015-yil 8-iyun.
- ↑ „Konec dohadů, Gebre podepsal v Liberci. Jak vypadá smlouva?“ (cs). CNC (2021-yil 26-iyun). Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
- ↑ „Gebre Selassie close to Bremen move“. ESPNSTAR (2012-yil 17-iyun). 2014-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-fevral.
- ↑ Volynsky. „Czechs beat Malta in World Cup qualifier“. Radio Prague (2012-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 8-yanvar.
- ↑ „"Es war mir eine Ehre": Gebre Selassie tritt aus Nationalelf zurück“ (de). buten und binnen. Radio Bremen (2019-yil 21-may). 2019-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-may.
- ↑ „T. Gebre Selassie“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 23-may.
- ↑ „Teodor Gebre Selassie“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2014-yil 5-mart.
- ↑ Teodor Gebre Selassie National-Football-Teams.com saytida
- ↑ „China PR vs. Czech Republic“. soccerway.com. Soccerway (2018-yil 26-mart). Qaraldi: 2020-yil 4-may.