Termizshohlar saroyi — Termiz hukmdorlarining qarorgohi. 11 — 12-asr meʼmorligining diqqatga sazovor namunalaridan. 1926—28, 1936— 37 yillarda qazib oʻrganilgan. Saroy majmuasi katta hududni ishgʻol etib, toʻgʻri toʻrtburchak tarhsa qurilgan. Saroyning bosh tarzida peshtoq boʻlib, keng hovli oʻrtasida hovuz (8,5x8,5 m, unga sopol quvurlardan suv keltirilgan), mehmonxona (katta zal va daxlizli), zal oldida 4 ta murabba ustunli ayvon bor. Qazish paytida ganch panjara, rangdor oyna, ganchga boʻyab ishlangan tasvir qoldiklari topilgan. Saroy bir necha marta taʼmir etilgan. 12-asrda zal interyeri ganch oʻymakorligi bilan bezatilgan, devorlarga afsonaviy maxluklarning tasvirlari ishlangan. 1220 yilda Termizni Chingizxon qoʻshinlari qamal qilgan, qattiq qarshilik koʻrsatilgani uchun saroy boshqa koʻpgina binolar qatori vayron qilingan, xarobalar saqlanmagan.