Teshabayev Toʻlqin Zakirovich — iqtisod fanlar doktori, professor, Toshkent moliya instituti rektori[1] (2020-yildan). 2016-2020-yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori[2] lavozimida faoliyatolib borgan. Toʻlqin Teshaboyev mahalliy oliy oʻquv yurtlari rahbarlari orasida 2016-yilda birinchi boʻlib TATU rektorining virtual qabulxonasini ishga tushirdi[3]. 2018-yildan TATUda oʻqitishning kredit tizimini joriy etdi[4].

Teshabayev Toʻlqin Zakirovich
TMI rektori
Mansab davri
2020-yil 8-oktyabr
Oʻtmishdoshi Ulug‘bek Azizov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-noyabr 1962-yil (1962-11-16) (60 yosh)
Fuqaroligi O'zbekiston

Faoliyat Tahrirlash

  • 1984-1985-yy. — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti avtomatlashtirilgan elektr aloqa kafedrasi laboranti.
  • 1985-1987.-yy. — Harbiy xizmatda.
  • 1987-1988-yy. — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari kafedrasi texnigi.
  • 1988-1994-yy. — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari kafedrasi ishlab chiqarish ustasi.
  • 1994-2003-yy. — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi.
  • 2003-2009-yy. — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha prorektori.
  • 2009-2012-yy. — O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi.
  • 2012-2014-yy. — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori.
  • 2014-2016-yy. — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rais o‘rinbosari.
  • 2016-2020-yy. — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori[5].
  • 2020-y.-h.v. — Toshkent moliya instituti rektori.

Manbalar Tahrirlash