Teshenit (Chexiyadagi Teshen sh. nomidan) — ishqorli gabbroidlar guruhiga mansub magmatik togʻ jinsi; chiroyli qoplama tosh. Tarkibi, asosan, plagioklaz, avgit va analtsimdan iborat; shuningdek, shox aldamchisi, seolit, ikkilamchi minerallardan — apatit, magnetit va boshqa ham mavjud. Odatda, diabaz strukturali; kichikroq gipabissal massivlar va sill (intruziv uyum)lar hosil qiladi. T. Kavkaz va Jan. Sibirda keng tarkalgan.