The Last of Us Part II

2020-yilda nashr etilgan jangari-sarguzasht janridagi videooʻyin

The Last of Us Part II (The Last of Us videooʻyining davomi; 2020-yilda nashr etilgan) — Naughty Dog va Sony Interactive Entertainment hamkorligida ishlab chiqarilgan, PlayStation 4 uchun moʻljallangan jangari-sarguzasht oʻyin. Videooʻyin post-apokaliptik fantasika janriga asoslangan. Oʻyinidagi jarayonlarning barchasi AQShda yuz beradi. Bosh qahramonlar — hayotlari bir-biriga bogʻlangan ikki obraz: Ellie (Joelning oʻlimi uchun qasos olish maqsadida yoʻlga chiqqan oʻsmir qiz) hamda Abby (armiyasi va mahalliy diniy madaniyat oʻrtasidagi mojaroga qoʻshilib qolgan askar). Uchinchi shaxs nuqtai nazaridan foydalanuvchi videooʻyin. Qahramonlari oʻqotar va qoʻlbola qurollardan foydalangan holda yashirin dushmanlar hamda zombilarga qarshi kurashishi kerak.

The Last of Us Part II

Bosh qahramonlardan biri — Ellie tasvirlangan muqova
Ishlab chiqaruvchi Naughty Dog
Nashir etuvchi Sony Interactive Entertainment
Chiqarilgan sana 2020-yil 19-iyul
Boshqaruvchi
Geymdizayner
Dasturchi
  • Travis McIntosh
  • Christian Gyrling
Ssenariy muallifi
Rassom
  • Erick Pangilinan
  • John Sweeney
  • Christian Nakata
Bastakor Gustavo Santaolalla
Oʻyin seriyasi The Last of Us
Janr Jangari-sarguzasht oʻyin
Platformalar PlayStation 4
Oʻyin rejimlari Yolgʻiz oʻyinchili videooʻyin

Ishlab chiqarish jarayoni 2014-yilda, The Last of Us Remastered platformalarda payda boʻlgandan soʻng boshlangan. Oʻyin ssenariysini Neil Druckmann, loyihaning ijodiy rejissyori sifatida Halley Gross bilan birgalikda yozadi. Qasos va jazo mavzulari tanlanishida Druckmanning Isroilda orttirgan tajribalaridan foydalanilgan. Videooʻyinda Ashley Johnson Ellie rolini qayta ijro etgan boʻlsa, Laura Bailey Abbyni jonlantiradi. Ularning chiqishlari harakat qaydlari va ovozni bir vaqtda yozib olishni oʻz ichiga olgan. Gustavo Santaolallaga oʻyinning matnini yozish va ijro etish yuklatilgan. Ishlab chiquvchilar PlayStation 4ning texnik imkoniyatlarini kuchayishiga sababchi boʻldilar. Manbalarga koʻra, ishlab chiqarishsh 12 soatlik ish kunlaridan iborat boʻlgan murakkab jadvalni oʻz ichiga olgan. Byutjeti deyarli 220 million AQSh dollarini tashkil etgan. Bu esa uni ishlab chiqarilishi uchun eng koʻp mablagʻ ketgan videooʻyinlardan biriga aylantirgan.

The Last of Us Part II baʼzi kechikishlardan (qisman COVID-19 pandemiyasi sabab) soʻng, 2020-yilning 19-iyun kunida chiqarildi. Ssenariysi va mavzulari tanqidchilarni ikkiga boʻgan boʻlsa-da, oʻyin jarayoni, audio dizayni, reytingi, ijrosi, personajlari va vizual aniqligi uchun olqishlarga sazovor boʻldi. Videooʻyin Metacriticda sharhlar „yomgʻiri“ ostida qoldi. Baʼzi geymerlar hikoya va personajlarni tanqid qilishdi, oʻyin atrofidagi fikrlar qarama-qarshiliklarga aylanib ketdi. Part II Play Station 4da eng koʻp sotilgan, PlayStation 4 eksklyuzivda esa eng tez sotilgan oʻyin boʻldi. Chiqqan haftasi oxirida toʻrt milliondan ortiq, 2022-yilga kelib esa oʻn million martadan ortiq sotilgan. Oʻyin 320 dan ortiq Yil oʻyini mukofotlarini qoʻlga kiritdi. Mukofotlar shoulari va videooʻyinlar haqidagi nashrlar tomonidan koʻplab boshqa mukofotlar sovrindori boʻldi.

Oʻyin jarayoni

tahrir
 
The Last of Us Part II oldingi versiyasidan farqli oʻlaroq personajga dushmanlardan qulay holatda qochish uchun emaklay olish imkonini beradi.

The Last of Us Part II — qoʻrquvda tirik qolish (inglizcha: survival horror) janri elementlarini o‘z ichiga olgan, uchinchi shaxs nuqtai nazaridan o‘ynaladigan jangari-sarguzasht janridagi oʻyin[1][2]. Geymer oʻyinni davom ettirish uchun binolar va oʻrmonlar kabi post-apokaliptik muhitga ega joylarni bosib oʻtishi kerak. Geymer oʻqotar va qoʻlbola qurollardan dushmanlari hamda cordyceps qoʻziqorini mutatsiyaga uchragan virus bilan kasallangan zombilardan himoyalanish uchun foydalanishi mumkin[3]. Personajlar vaqti-vaqti bilan Ellie va Abby oʻrtasida almashib turadi[1]. Shuningdek, geymerlar qisqa muddat davomida Joelni ham boshqaradi[4]. Platformer elementlari personajning chaqqon tabiati uchun asos yaratib berishi bilan, uning sakrab oʻtish va koʻtarilish hamda jang paytida afzalliklarga ega boʻlishiga imkon yaratadi[5]. Geymer maʼlum joylarga kirish yoki kerakli materiallarni qoʻlga kiritish uchun oyna va deraza kabi shisha buyumlarni sindirishi mumkin[6]. Oʻyinning baʼzi joylarida ot yoki qayiqdan foydalanish imkoni ham mavjud[3][7].

Geymer jang paytida miltiq va kamon[3][8] kabi uzoq masofali, toʻpponcha va revolver kabi qisqa masofali qurollardan foydalanish imkoniga ega[5]. Macheta va bolgʻa[9] kabi nomuntazam qoʻllaniladigan jangovar qurollarni oʻgʻirlashi, dushmanlarni chalgʻitish yoki ularga hujum qilish uchun gʻisht va shisha iidishlarni uloqtirishi mumkin[10]. Toʻplangan buyumlardan ish stolidagi qurollar[11], dori-darmon toʻplamlari, molotov kokteyllari va qurol glushiteli (ruscha: Оружейный глушитель) kabi anjomlarni yangilash uchun foydalanish mumkin[1]. Geymerda personajning koʻnikmalarni oshirish uchun qoʻshimcha narsalar ham toʻplash imkoni bor. Bunda atrofdan topilgan narsalar yordamida qoʻshimcha koʻnikma va mahoratlarni oshirish, personaj jonining qancha qolganligi koʻrish, taʼmirlash tezligini oshirish va oʻq-dori turlari kabi atributlarni yangilash singari unsurlar mavjud[12].

Geymer dushmanlariga toʻgʻridan-toʻgʻri hujum qilish imkoniyatiga ega boʻlsa-da, bildirmasdan hujum qilish yoki ularning yonidan yashirinishcha oʻtish kabi yoʻllardan ham foydalana oladi[1]. „Tinglash rejimi“ personajga devorlar va obyektlar ortidan koʻra olish imkonini beruvchi konturlar yordami orqali „vizual eshitish“ va makoniy xabardorlikni oshirish orqali dushmanlarni topishga imkon beradi[10]. Geymer kover tizimi tufayli jangda afzalliklarga ega boʻlish uchun toʻsiqlar orqasidan choʻkkalab oʻtishi, shuningdek, dushmanlardan qochish uchun qulay holatda emaklay olishi ham mumkin. Personaj dushmanlarini sunʼiy intellekt boshqaradi[13]. Ularda yordam berish yoki soʻrash, geymer chalgʻib qolgan, oʻq-dorilar tugagan yoki janjal paytida imkoniyatlaridan foydalanish xususiyati bor[14]. Personaj kamon oʻqidan yaralangan boʻlishi, bu esa uning jon koʻrsatgichini bosqichma-bosqich pasaytirishi hamda oʻq olib tashlanmagunga qadar tinglash rejimini oʻchirib qoʻyishi mumkin[15]. Dina kabi sunʼiy intelekt boshqaruvchi personajlar sheriklariga dushmanlar joylashuvini aytib turish orqali jangda ularga yordam berishadi. Bundan tashqari, oʻyinda tinglash rejimidan foydalangan holda oʻyinchining hidini aniqlaydigan qoʻriqchi itlar ham bor[1].

Merosi

tahrir

The Last of Us Part II ayni nom nom bilan bogʻliq The Last of Us televizion serialining bir necha fasllariga moslashtirilishi kutilmoqda[16]. Druckmann va serial hammuallifi Craig Mazin fasllar orasidagi toʻldirmalardan qochishni xohlashdi va darhol davomiylikni moslashtirishga kirishdilar[17].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Plagge, Kallie „The Last Of Us Part 2 Spoiler Review - Dog Eat Dog“. GameSpot. CBS Interactive (2020-yil 25-iyun). 2020-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.
  2. Avard, Alex „The Last of Us Part 2 Review: "An Astonishing, Absurdly Ambitious Epic"“. GamesRadar. Future plc (2020-yil 12-iyun). 2020-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.
  3. 3,0 3,1 3,2 Myers, Maddy „The Last of Us Part 2 review: We're better than this“. Polygon. Vox Media (2020-yil 12-iyun). 2020-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.
  4. Gill, Patrick „The Last of Us Part 2 guide: Jackson collectibles“. Polygon. Vox Media (2020-yil 19-iyun). 2020-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.
  5. 5,0 5,1 Dornbush, Jonathon „The Last of Us Part 2 Review“. IGN. Ziff Davis (2020-yil 12-iyun). 2020-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.
  6. Barbosa, Alessandro „The Complex System Behind One of The Last of Us 2's Most Satisfying Details“. GameSpot. CBS Interactive (2020-yil 11-avgust). 2020-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-sentyabr.
  7. McKeand, Kirk „The Last of Us Part 2 review – a generation-defining masterpiece“. VG247. Gamer Network (2020-yil 12-iyun). 2020-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.
  8. Bailey, Kat „The Last of Us Part 2 Review: An Emotional Reckoning And a Worthy Sequel“. USgamer. Gamer Network (2020-yil 16-iyun). 2020-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.
  9. Weber, Rachel „The Last of Us 2 makes you feel like the monster“. GamesRadar+. Future plc (2019-yil 26-sentyabr). 2019-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.
  10. 10,0 10,1 Takahashi, Dean „The Last of Us Part II — Tips and tricks for surviving the apocalypse“. VentureBeat (2020-yil 18-iyun). 2020-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.
  11. Hornshaw, Phil „The Last Of Us Part 2 Workbench Locations - Where To Find All Workbenches“. GameSpot. CBS Interactive (2020-yil 30-iyun). 2020-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.
  12. Tran, Edmond „The Last Of Us 2 Preview: Brutal And Ruthless“. GameSpot. CBS Interactive (2020-yil 7-iyun). 2020-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.
  13. Takahashi, Dean „The Last of Us Part II review: A brilliant game that is not what it seems“. VentureBeat (2020-yil 12-iyun). 2020-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.
  14. Plagge, Kallie „What The Last Of Us 2 Adds To Combat--And To Ellie“. GameSpot. CBS Interactive (2018-yil 21-iyun). 2018-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-avgust.
  15. St Leger, Henry „The Last of Us 2 companions can take out enemies for you“. TechRadar. Future plc (2019-yil 1-oktyabr). 2019-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-mart.
  16. White, Sam „The Last of Us finale writers on that cliffhanger ending and Joel's John Wick moment“. British GQ. Condé Nast (2023-yil 13-mart). 2023-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-mart.
  17. Hibberd, James „How 'The Last of Us' Plans to Bring the Zombie Genre Back to Life“. The Hollywood Reporter. Eldridge Industries (2023-yil 4-yanvar). 2023-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-yanvar.

Havolalar

tahrir