Tiago Alkantara( Ispancha: Alcántara; 1991-yil 11-aprelda tavallud topgan). Tiago — hozirgi kunda Angliya premyer ligasining Liverpul[1] klubi hamda Ispaniya milliy terma jamoasi markaziy yarim himoyachisi hisoblanadi. U shuningdek, Ispaniyaning Barselona va Germaniyaning Bavariya klubi futbolchisi boʻlgan.

Tiago Alkantara
Tiago Alkantara
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Thiago Alcântara do Nascimento
Tavallud sanasi 11-aprel 1991-yil (1991-04-11) (33 yosh)
Tavallud joyi San Pietro Vernotico, ItaliyaIspaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 174 sm
Vazni 70 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Angliya bayrogʻi Liverpul
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995-1996
1996-2000
2000-2001
2001-2005
2005-2008
Braziliya bayrogʻi Flamengo
Ureca
Ispaniya bayrogʻi Kelme
Braziliya bayrogʻi Flamengo
Ispaniya bayrogʻi Barselona
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008-2011
2009-2013
2013-2020
2020-
Ispaniya bayrogʻi Barselona B
Ispaniya bayrogʻi Barselona
Olmoniya bayrogʻi Bavariya
Angliya bayrogʻi Liverpul
Milliy terma jamoa
2007
2007-2008
2009
2009-2010
2010-2013
2011-
 ESP Ispaniya U-16
 ESP Ispaniya U-17
 ESP Ispaniya U-18
 ESP Ispaniya U-19
 ESP Ispaniya U-21
 ESP Ispaniya
(1 (0)
8 (5)
1 (1)
11 (4)
21 (6)
46 (2))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Hayoti tahrir

Tiago oʻz oilasida eng katta farzand boʻlib, Italiyada dunyoga kelgan. Uning ota-onasi braziliyalikdir. Tiago 14 yoshida Barselonaning La Masia akademiyasiga qabul qilinadi. Barselona futbol klubida 2009-yil debut qiladi. Ushbu klub bilan 4 ta La liga titulini, UEFA Chempionlar ligasi va Klublar oʻrtasida jahon chempionati kuboklarini qoʻlga kiritgandan soʻng, Bavariyaga 25€ mln evaziga transfer qilinadi. Germaniyada Tiago 16 ta sovrinni qoʻlga kiritdi, shu jumladan: ketma-ket yetti marta Bundesliga va UEFA Chempionlar Ligasi. Bavariyadagi soʻnggi mavsumida trebl qayt etdi. 2020-yilda u Liverpul klubi bilan 20 million funt sterling evaziga shartnoma imzoladi. Liverpul bilan u 2022-yilda Angliya kubogini qoʻlga kiritdi. Otasi — Mazinyo, onasi- Valéria Alcântara. Otasi 1994-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempioni, onasi Braziliya voleybol terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Akasi Rafinya Alkantara hozirgi kunda Real Soseydad klubi futbolchisi. Tiago Alkantara Ispaniya va Braziliya fuqarosi hisoblanadi.

Shaxsiy karyera tahrir

Tiago Alkantara — jahon miqyosidagi mashhur futbol yulduzi. Uning oʻyin uslubi Pep Gvardiola taktikasiga juda mos keladi. U Bavariya tarkibida UEFA Chempionlar Ligasi 2019-2020-yilgi mavsumi hamda Germaniya Bundesligasi tarkibidan joy olgan. Tiago turli klublarda toʻp tepgani sababli 5 tilda soʻzlashadi: Ispancha, Portugalcha, Kataloncha, Nemischa hamda Inglizcha.

 
Tiago mashgʻulotlarda


ʼʼMen klub maʼmuriyatidan faqat Tiagoni soʻradim va men ularga shart qoʻydim Tiago yoki hech kim — Xosep Gvardiola matbuot anjumanidanʼʻ[2]

Yutuqlari tahrir

Ispaniya Barselona
Germaniya Bavariya
Angliya Liverpul

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir

*[5]https://www.liverpoolfc.com/team/first-team/player/thiago-alcantara
*[6]https://www.independent.co.uk/sport/football/liverpool-thiago-alcantara-premier-champions-league-b2048183.html