Titaniс (film)
Titanic 1997-yilda ekranlarga chiqarilgan epik-romantik filmdir. James Cameron tomonidan suratga olingan. Filmda RMS Titanic kemasining birinchi suzishidayoq choʻkishi badiiy tasvirlangan. Filmda bosh rollarni Leonardo DiCaprio, Kate Winslet, Billy Zane, Kathy Bates, Frances Fisher, Gloria Stuart, Bernard Hill, Jonathan Hyde, Victor Garber va Bill Paxton ijro etgan.
Titanic | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | James Cameron |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | James Cameron |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | James Horner |
Kinematografiya | Russell Carpenter |
Muharrir(lar) |
|
Studiya(lar) | |
Distribyutor |
|
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 195 daqiqa[3] |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $200 million[4][5][6] |
Daromadi | $2,202 billion[7] |
Filmning ilk namoyishi 1997-yilning 1-noyabrida boʻlib oʻtgan. Film ham tijoriy, ham tanqidiy jihatdan muvaffaqiyat qozongan. Koʻplab yutuqlarga, jumladan, 14 marotaba Oscarga nomzod qilib koʻrsatilgan; ularning 11 tasida gʻolib boʻlgan. Film kinoprokatlarda umumjahon boʻylab $2,2 milliardan ortiq mablagʻ toʻplagan va tarixdagi uchinchi eng kassabop filmga aylangan (birinchi oʻrinni Cameron suratga olgan Avatar filmi egallagan). Titanic kinokartinasining 3D versiyasi 2012-yilning 4-aprelida chiqarilgan.
Syujeti
tahrir1999-yil Akademik Mstislav Keldish tadqiqot kemasida Brock Lovett va uning jamoasi ummon tubidan RMS Titanic layneri qoldiqlarini izlashadi. Jamoa kema qoldiqlaridan seyf topadi. Seyfni ochib koʻrishganda, uning ichidan boʻyniga „Okean yuragi“ taqinchogʻini taqqan yalangʻoch ayolning chizilgan surati chiqadi. Surat 1912-yilning 14-aprelida, Titanic aysbergga urilgan kunda chizilgan boʻlib, unda tasvirlangan ayol Rose Dawson Calvert (talaffuzi: Rouz Douson Kalvert) ekanligi aniqlanadi. Soʻngra, Rose Keldish kemasiga olib kelinadi. U jamoaga Titanicda boʻlganida boshdan kechirgan voqealari haqida soʻzlab beradi.
1912-yili 17 yashar Rose DeWitt Bukater (talaffuzi: Rouz Dyuitt Bukeyte) beva onasi — Ruth (talaffuzi: Ruz) va qalligʻi — Caledon „Cal“ Hockley (talaffuzi: Kaledon Kol Hokli) bilan birgalikda birinchi klass yoʻlovchilari oʻlaroq Southampton portidan New York shahriga yoʻl olgan Titanic kemasi bortiga chiqadi. Ruth Rosening badavlat Calga turmushga chiqishiga oilasidagi moliyaviy muammolar yechimi sifatida qaraydi. Bu vaqtda kambagʻal hayot kechiruvchi musavvir — Jack Dawson (talaffuzi: Jek Douson) poker oʻyinida Titanic kemasining uchinchi klassi uchun chipta yutib olib, soʻnggi lahzalarda kema bortiga chiqishga ulgiradi. Kema yoʻlga chiqqanda, Rose muhabbat ustiga qurilmagan nikohidan tushkunlikka tushib, kema bortidan suvga sakrab oʻzini oʻldirmoqchi boʻladi. Buni koʻrib qolgan Jack Roseni bortdan sakrash fikridan qaytaradi. Shundan keyin ikkovi bir-birlari bilan doʻstlashib olishadi. Biroq, Cal va Ruth bunga kuchli qarshilik bildirishganda, Rose oʻzini Jackdan olib qochishga harakat qiladi. Ammo, keyinchalik unga nisbatan hissiyotlarga sohibligini tushunib yetadi.
Rose Jackni boʻlmasiga olib boradi. Soʻngra, boʻyniga Cal tuhfa qilgan „Okean yuragi“ taqinchogʻini taqib olib, yap-yalangʻoch boʻlib oladi va Jackdan suratini chizishini soʻraydi. Jack bunga rozi boʻlib, uning yalangʻoch suratini qogʻozga tushiradi. Keyinchalik, ular Calning xizmatkori Lovejoy (talaffuzi: Lavjoy) dan qochib ketishadi hamda kema tryumida yaqin ishqiy munosabatda boʻlishadi. Soʻngra, ikkovlon Titanicning aysberg bilan toʻqnashuviga shohid boʻlishadi va kema ofitserlarining jiddiy muammo haqida gaplashishayotganini eshitib qolishadi. Bu orada, Cal seyfida Jack chizgan surat, taqinchoq va Rose yozib qoldirgan haqoratomuz maktubni topadi. Jack va Rose toʻqnashuv haqida boshqalarni ogohlantirish uchun qaytganda, Cal xizmatkori Lovejoyga taqinchoqni Jackning choʻntagiga bildirmasdan solib qoʻyishini buyuradi. Lovejoy buyruqni bajargandan biroz oʻtib, Jack taqinchoqni oʻgʻrilaganlikda ayblanadi va palubaga kishanlanadi. Cal esa taqinchoqni olib, kamzuli choʻntagiga solib qoʻyadi.
Kema asta-sekin ummon qariga choʻkishni boshlagan bir mahalda, Rose Cal va onasi bilan birga qutqaruv qayigʻiga oʻtirishdan bosh tortib, ulardan qochib ketadi. Soʻngra, u kishanlangan Jackni topadi va uni ozod etadi. Keyin, ikkalasi qutqaruv qayigʻiga oʻtirish uchun palubaga qaytishadi. Cal va Jack Roseni qutqaruv qayigʻiga oʻtirishga undaydi. Cal Jack ham u bilan birga qayiqda ketishi haqida aytgandan keyingina Rose qutqaruv qayigʻiga oʻtiradi. Biroq, Rose Jacksiz oʻzi keta olmasligini tushunib, qayiqdan tushadi va Jack tomon intiladi. Ikkalasi oʻrtasida muhabbatni koʻrgan Cal Lovejoyning toʻpponchasini olib, ularni kemaning birinchi klass yoʻlovchilari uchun moʻljallangan ovqatlanish zaligacha taʼqib etadi. Jack va Rose undan qochib qutulishga erishadi. Cal keyinchalik yoʻqolgan bolaning otasiman, deb aldab, qutqaruv qayigʻiga oʻtiradi.
Jack va Rose palubaga qaytadi. Ammo, ular qaytganlarida, qutqaruv qayiqlari joʻnab ketgan boʻladi. Biroz oʻtib, kemaning suv bosgan tumshugʻi choʻka, quyruq qismi esa koʻtarila boshlaydi. Jack va Rose kema quyrugʻining eng oxiriga borib, u yerga mahkam oʻrnashib olishadi. Kema teng yarmidan ikkiga boʻlinib, tumshuq qismi choʻkib ketadi. Kemaning qolgan qismi biroz muddat ummon ustida turib, keyin suvga gʻarq boʻla boshlaydi. Kema toʻliq choʻkib boʻlganidan soʻng, Jack va Rose boshqalar kabi suv ustidagi ilingan narsalarga osilib olishga harakat qiladi. Jack Rosega faqat bir kishi ketadigan yogʻoch panel ustiga chiqib olishiga yordamlashadi. Jack gipotermiyadan halok boʻladi, Rose esa qutqaruv qayiqlarida kelgan ofitserlar tomonidan qutqariladi.
RMS Carpathia paroxodi omon qolganlarni qutqaradi; Cal omon qolgan yoʻlovchilar orasidan Roseni qidiradi, ammo uni topa olmaydi (Rose undan yashirinib oladi). Ustiga Calga tegishli kamzulni tashlab olgan Rose kamzul choʻntagidan taqinchoqni topadi. Bugungi kunda, Rose Cal 1929-yilgi inqirozda xonavayron boʻlib, bunga chida olmay oʻz joniga suiqasd qilganligini aytadi. Lovett Rosening hikoyasini eshitgandan keyin „Okean yuragi“ni izlashdan voz kechadi. Keyinchalik, Rose Keldish kemasining quyruq qismiga borib, uzoq yillardan beri oʻzida boʻlgan „Okean yuragi“ taqinchogʻini suvga uloqtirib yuboradi. Film soʻngida, yosh Rose Titanic kemasida kema halokatidan vafot etgan odamlar olqishlari ostida Jack bilan raqs tushayotgan sahna koʻrsatiladi.
Rollarda
tahrirQahramon | Aktyor |
---|---|
Jack Dawson | Leonardo DiCaprio |
Rose DeWitt Bukater (yoshligi) | Kate Winslet |
Rose Dawson Calvert (qariligi) | Gloria Stuart |
Caledon „Cal” Hockley | Billy Zane |
Fabrizio De Rossi | Danny Nucci |
Ruth DeWitt Bukater | Frances Fisher |
Brock Lovett | Bill Paxton |
Lizzy Calvert | Suzy Amis |
Spicer Lovejoy | David Warner |
Margaret „Niezatapialna Molly” Brown | Kathy Bates |
Kapitan Edward Smith | Bernard Hill |
Thomas Andrews | Victor Garber |
Joseph Bruce Ismay | Jonathan Hyde |
Henry Wilde | Mark Lindsay Chapman |
William Murdoch | Ewan Stewart |
Charles Lightoller | Jonathan Phillips |
Herbert Pitman | Kevin De La Noy |
Joseph Boxhall | Simon Crane |
Harold Lowe | Ioan Gruffudd |
James Moody | Edward Fletcher |
John Jacob Astor IV | Eric Braeden |
Musiqasi
tahrirRoʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini James Horner yaratgan.
№ | Nomi | Muallif(lar) | Ijrochi(lar) | Davomiyligi |
---|---|---|---|---|
1. | „Never an Absolution“ | 3:03 | ||
2. | „Distant Memories“ | 2:23 | ||
3. | „Southampton“ | 4:01 | ||
4. | „Rose“ | 2:52 | ||
5. | „Leaving Port“ | 3:26 | ||
6. | „Take Her to Sea, Mr. Murdoch“ | 4:31 | ||
7. | „Hard to Starboard“ | 6:52 | ||
8. | „Unable to Stay, Unwilling to Leave“ | 3:56 | ||
9. | „The Sinking“ | 5:05 | ||
10. | „Death of Titanic“ | 8:26 | ||
11. | „A Promise Kept“ | 6:02 | ||
12. | „A Life So Changed“ | 2:13 | ||
13. | „An Ocean of Memories“ | 7:57 | ||
14. | „My Heart Will Go On“ | Will Jennings | Céline Dion | 5:11 |
15. | „Hymn to the Sea“ | 6:26 |
Tanqidi
tahrirTaqriz yigʻuvchi Rotten Tomatoes saytida Titanis filmi haqida 193 maqola yigʻilib, ulardan 89 foizi filmni ijobiy baholagan[8].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Titanic (1997)“. Film & TV Database. British Film Institute. 2009-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2011-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Titanic“. AFI Catalog of Feature Films. American Film Institute. 15-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2018-yil.
- ↑ „TITANIC (12)“. British Board of Film Classification (14-noyabr 1997-yil). 27-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-noyabr 2014-yil.
- ↑ Garrett, Diane. „Big-budget bang-ups.“. Variety (20-aprel 2007-yil). 17-noyabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2009-yil.
- ↑ Wyatt, Justin; Vlesmas, Katherine (1999). „The Drama of Recoupment: On the Mass Media Negotiation of Titanic“. 29–45-bet.
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires|magazine=
(yordam) In Sandler & Studlar (1999). - ↑ Welkos, Robert W.. „The $200-Million Lesson of 'Titanic'“. Los Angeles Times (11-fevral 1998-yil). 15-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2009-yil.
- ↑ „Titanic (1997)“. Box Office Mojo. IMDb. 15-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Titanic (1997)“. Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
Oʻqish uchun
tahrir- Ballard, Robert. The Discovery of the Titanic. Canada: Grand Central Publishing, 1987. ISBN 978-0-446-67174-3.
- Cameron, Stephen. Titanic: Belfast's Own. Ireland: Wolfhound Press, 1998. ISBN 978-0-86327-685-9.
- Frakes, Randall. Titanic: James Cameron's Illustrated Screenplay. New York: Harper, 1998. ISBN 978-0-06-095307-2.
- Lubin, David M.. Titanic, BFI Modern Classics. London: BFI Publishing, 1999. ISBN 978-0-85170-760-0.
- Lynch, Donald. Titanic: An Illustrated History. New York: Madison Press Books, 1992. ISBN 978-0-7868-6401-0.
- Majoor, Mireille; James Cameron. Titanic: Ghosts of the Abyss. New York: Scholastic, 2003. ISBN 978-1-895892-31-4.
- Marsh, Ed W.; Kirkland, Douglas. James Cameron's Titanic. London: Boxtree, 1998. ISBN 978-0-7522-2404-6.
- Molony, Senan. Titanic: A Primary Source History. Canada: Gareth Stevens, 2005. ISBN 978-0-8368-5980-5.
- Parisi, Paula. Titanic and the Making of James Cameron. London: Orion, 1998. ISBN 978-0-7528-1799-6.
- Titanic: Anatomy of a Blockbuster. Piscataway, NJ: Rutgers University Press, 1999. ISBN 978-0-8135-2669-0.
Havolalar
tahrirVikiomborda Titaniс (film) haqida turkum mavjud |