To quyosh sochgayki nur
„Erkin Vohidov saboqlari“, toʻliq nomi „To quyosh sochgayki nur: Erkin Vohidov hayoti va ijodi zamondoshlari nigohida“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bagʻishlangan kitob.[1] Ilk bor 2016-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining „Oʻzbekiston“ nashriyotida chop etilgan. 2018-yil qayta nashr etilgan. Toʻplamni Ibrohim Gʻafurov nashrga tayyorlagan, unga kiritilgan maqolalarni Rustam Mirvohid hamda Temur Mirzayev toʻplagan. Kitobga Umarali Normatov, Anvar Obidjon, Hamidulla Boltaboyev, Xurshid Doʻstmuhammad, Iqbol Mirzo hamda Ashulari Joʻrayev taqrizchilik qilgan.
Muallif(lar) | Ibrohim Gʻafurov (nashrga tayyorlovchi va masʼul muharrir) |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | maqolalar, adabiy oʻylar, xotiralar va sheʼriyat talqinlari |
Nashriyot | „Oʻzbekiston“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2016 |
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: L. Igamova – muharrir, B. Zufarov – rassom dizayner, T. Xaritonova – texnik muharrir, G. Yeraliyeva – kichik muharrir, G. Aripova va D. Xusanova – musahhihlar, L. Abkerimova – kompyuterda tayyorlovchi. Kitob adadi – 5 000 nusxa.
Manbalar
tahrir- ↑ „Erkin Vohidovga haykal oʻrnatiladi“. Kun (2016-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 27-dekabr.