Tojikistonda shialik
Shia mazhabiga Tojikistonda aholining juda oz qismi eʼtiqod qiladi. AQSH davlat departamentining 2020-yilgi hisobotiga koʻra, mamlakat aholisining taxminan 4% shia mazhabiga eʼtiqod qiladi[1][2]. Yana boshqa maʼlumotlarga koʻra, Tojikiston aholisining 5% ga yaqinini shia mazhabi musulmonlari tashkil qiladi. Tojikistondagi shialikka eʼtiqod qiluvchi musulmonlarning asosiy qismini Pomir xalqlari va Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati aholisi tashkil etadi, ular shialikning bir varianti hisoblanmish nizoriy ismoiliyligini tan oladilar. Ushbu mazhab yoʻnalishiga koʻra, bugungi kungacha uzilmagan imomlar zanjiri mavjud boʻlib, hozirda ularning yetakchisi 49-imom – Ogʻa Xon IV hisoblanadi. Tojikistonda juda ozchilik aholi shia mazhabi „Oʻn ikki imom“ tarafdorlari hisoblanishadi.
Tarixi
tahrirPomir xalqlari ismoiliylarining vatani Tojikistonning togʻli sharqiy hududlari – Shinjon-Uygʻur muxtor rayoni bilan chegaradosh Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati hisoblanadi. Ularning maʼnaviy va madaniy poytaxti esa Xorugʻ shahrida joylashgan. Pomir xalqlari tojiklardan oʻzining madaniyati va turmush tarzi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, pomir xaqlari tojik tilida gaplashmaydilar. Tojiklar XVIII asr boshlarida islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qilishgan boʻlishsa-da, keyinchalik ularning bir qismi shialik mazhabini qabul qilishgan.
SSSR hukmronligi davrida Pomir oʻlkasining ismoiliylar aholisining Hindistondagi oʻzlarining maʼnaviy yetakchisi hisoblanmish Ogʻaxon uchun har yili oʻlpon toʻlash taqiqlangan, shuningdek, uning Tojikistondagi vakili Said Yusofalisho 1931-yilda hibsga olingan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng ismoiliylarning 49-maʼnaviy rahbari Ogʻaxon IV Tojikistonga bir necha bor tashrif buyurgan va Tojiiston fuqarolar urushi vaqtida aholi orasida tinchlik oʻrnatishda ishtirok etgan.
1990-yilda Dushanbeda „Nosiri Xusrav“ jamiyati tuzilib, uning rahbari etib pomirlik Xudoyberdi Xoliqnazarov tayinlangan. Ushbu tashkilot faqat Tojikiston ismoiliylari oʻrtasida maʼrifiy faoliyat bilan shugʻullangan va birinchi navbatda Dushanbeda va Tojikistonning Pomiriylar istiqomat qilgan boshqa shaharlarida namozxona qurishni oʻz oldilarga vazifa qilib qoʻyishgan.
Adabiyotlar
tahrir- Frank Bliss. Pomirda (Togʻli Badaxshon, Tojikiston) ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar. Routledge, 2005 yil. ISBN 0-415-30806-2, ISBN 978-0-415-30806-9
Manbalar
tahrir- ↑ „2020 Report on International Religious Freedom: Tajikistan“ (en). United States Department of State. Государственный департамент США (2021-yil 12-may).
- ↑ „Tajikistan“. U.S. Department of State. Qaraldi: 2023-yil 1-sentyabr.