Tomáš Ujfaluši (talaffuzi: Tomash Ujfalushi; 1978-yil 24-martda tugʻilgan) — Chexiyalik sobiq professional futbolchi. Markaziy himoyachi yoki oʻng qanot himoyachisi sifatida harakat qilgan[3].

Tomáš Ujfaluši
Ujfaluši Galatasarayda 2012-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tomáš Ujfaluši[1]
Tavallud sanasi 24-mart 1978-yil (1978-03-24) (46 yosh)[2]
Tavallud joyi Rýmařov, Chexoslovakiya
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1988—1991 TJ Rýmařov
1991—1996 Sigma Olomouc
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996—2000 Sigma Olomouc 100 (4)
2000—2004 Hamburger SV 105 (2)
2004—2008 Fiorentina 123 (2)
2008—2011 Atlético Madrid 92 (0)
2011—2013 Galatasaray 41 (1)
2013—2014 Sparta Prague 0 (0)
Milliy terma jamoa
1997—1999 Chexiya U21 26 (0)
2001—2009 Chexiya 78 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati tahrir

Ilk faoliyati / Hamburg / Fiorentina tahrir

Chexoslovakiyaning Rýmařov shahrida tugʻilgan[4] Ujfaluši 18 yoshida SK Sigma Olomouc bilan professional debyut qilgan. 2000-yil dekabr oyida chet elga koʻchib oʻtdi va Germaniyaning Hamburger SV klubi bilan shartnoma imzoladi. Debyuti 10-dekabr kuni „Energie Cottbus“ ga qarshi oʻyinda boʻldi, 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. Oʻsha mavsumdagi 17 uchrashuvdan 16 tasida toʻliq 90 daqiqa oʻynadi.

2002—2003-yillarda Ujfaluši Hamburg bilan ligada toʻrtinchi oʻrinni egalladi, ammo keyingi mavsumda jamoa sustlashdi (Bundesligada 50 ta gol oʻtkazib yubordi). Keyinchalik, ACF Fiorentina bilan shartnoma imzolab, A Seriyaga qaytdi.

Atlético Madrid tahrir

 
Ujfaluši 2009-yilda Atlético Madridda

2008-yilda Ujfaluši Atlético MadridAtlético Madridga erkin agent sifatida qoʻshildi[5] va poytaxt jamoasi bilan La Ligada toʻrtinchi oʻrnni egalladi[6].

Galatasaray tahrir

2011-yil 20-iyun kuni 33 yoshli Ujfaluši Superliganing Galatasaray klubi bilan[7] 2 million yevro evaziga shartnoma imzoladi[8]. Birinchi mavsumida asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlgan. Fenerbahche SK bilan kechgan uchrashuvda (0:0) qizil kartochka olgdi[9].

2012—2013-yil oxirida „Galatasaray“ni tark etdi[10]. Dekabr oyida 35 yoshida vataniga Sparta Pragaga qaytdi, keyin nafaqaga chiqdi.

Xalqaro faoliyati tahrir

 
Ujfaluši Chexiya terma jamoasi bilan (2009).

Ujfaluši Chexiya terma jamoasi safida UEFA Yevro-2004da toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan. 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatida — guruh bosqichidan chiqishda Ganaga qarshi oʻyinda maydondan chetlatilgan.

Milliy terma jamoada to‘qqiz yil o‘ynab, sardorlik maqomiga ega bo‘ldi[11]. Ujfaluši Chexiya terma jamoasi Jahon chempionati saralash bahslarida 1-aprel Slovakiyadan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng 2009-yil 8-aprelda yana besh futbolchi hamrohligida restoranga tashrif buyurgani uchun tanqidga uchragach, xalqaro faoliyatini yakunladi[12].

Faoliyat statistikasi tahrir

[13][14][15]

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Jami
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Sigma Olomouc 1996—1997 18 1 - - - - - - 18 1
1997—1998 11 2 - - - - - - 11 2
1998—1999 28 1 - - - - - - 28 1
1999—2000 29 0 - - - - - - 29 0
2000—2001 14 0 - - - - - - 14 0
Jami 100 4 0 0 0 0 0 0 100 4
Hamburger SV 2000—2001 19 0 - - - - - 19 0
2001—2002 29 0 - - - - - 29 0
2002—2003 31 2 - - - - - 31 2
2003—2004 26 1 - - - - - - 26 1
Jami 105 3 0 0 0 0 0 0 105 3
Fiorentina 2004—2005 28 0 - - - - - 28 0
2005—2006 36 1 - - - - - 36 1
2006—2007 31 1 - - - - - 31 1
2007—2008 28 0 - - - - 11 0 39 0
Jami 123 2 0 0 0 0 11 0 134 2
Atlético Madrid 2008—2009 33 0 0 0 - 7 0 40 0
2009—2010 27 0 9 1 - 14 0 50 1
2010—2011 32 0 5 0 - 4 0 41 0
Jami 92 0 14 1 - 25 0 131 1
Galatasaray 2011—2012 39 1 1 0 0 0 - 40 1
2012—2013 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
Jami 41 1 1 0 0 0 0 0 42 1
Sparta Prague 2013—2014 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami faoliyati 461 10 15 1 0 0 36 0 512 11

Xalqaro tahrir

Chexiya Respublikasi
Yil Ishtirok Gollar
2001-yil 6 0
2002-yil 8 2
2003-yil 8 0
2004-yil 12 0
2005-yil 11 0
2006-yil 11 0
2007-yil 8 0
2008-yil 12 0
2009-yil 2 0
Jami 78 2

Xalqaro gollari tahrir

T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2002-yil 6-sentyabr Stadion Letna, Praga, Chexiya Yugoslaviya 2 — 0 5—200 Doʻstona
2 4 — 0

[6]

Individual

  • Superliganing eng yaxshi himoyachisi: 2011—2012[16]

Manbalar tahrir

  1. „Tomas Ujfalusi̇“. Turkish Football Federation. Qaraldi: 2020-yil 14-fevral.
  2. „2006 FIFA World Cup Germany List of Players“. FIFA.com 8. Qaraldi: 2019-yil 26-oktyabr.
  3. Palmer. „Champions League 2012–13, Group H“. ESPN FC (2012-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 20-sentyabr.
  4. „Boháč Tomáš Ujfaluši: Chci si koupit bugatti! (P.S.: sporťák za 36 milionů Kč) A taky vrtulník!“ (cs). Aha Online (2009-yil 16-iyun). Qaraldi: 2011-yil 10-mart.
  5. „El Atlético ficha al checo Tomas Ujfalusi por tres temporadas“ (es). 20 Minutos (2008-yil 1-iyul). Qaraldi: 2013-yil 13-avgust.
  6. 6,0 6,1 „Tomas Ujfalusi – International Appearances“. RSSSF. Qaraldi: 2013-yil 30-iyun.
  7. „Gala sign Ujfalusi“. FIFA (2011-yil 20-iyun). 2012-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-iyun.
  8. „Tomas Ujfalusi'nin Transfer Sözleşmesi“ (tr). Turkish Public Disclosure System (KAP) (2011-yil 20-iyun). 2012-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-iyul.
  9. „Galatasaray crowned Turkish champions“. ESPN Soccernet (2012-yil 12-may). 2012-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-may.
  10. „Galatasaray signs Chedjou from French Lille“. Business Standard (2013-yil 31-may). Qaraldi: 2013-yil 4-iyun.
  11. „Ujfalusi backing Czechs to shine“. BBC Sport (2008-yil 7-iyun). Qaraldi: 2008-yil 7-iyun.
  12. „Ujfalusi quits international football“. BBC Sport (2009-yil 8-aprel). Qaraldi: 2009-yil 8-aprel.
  13. „Tomáš Ujfaluši“. Turkish Football Federation. Qaraldi: 2012-yil 27-iyun.
  14. „Tomas Ujfalusi“ (tr). Mackolik. Qaraldi: 2012-yil 27-iyun.
  15. „Tomas Ujfalusi“. Footballdatabase. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  16. „Yılın yeteneği Semih Kaya...“ (tr). Fanatik (2012-yil 15-may). Qaraldi: 2012-yil 16-may.