Torn“ („Tilka-pora“) — amerikalik musiqachilar Scott Cutler va Anne Preven hamda angliyalik musiqachi Phil Thornalley yozgan qoʻshiq. Qoʻshiq dastlab Preven uchun solo qoʻshiq oʻlaroq yozilgan. Boshida Cutler va Preven tuzgan „Ednaswap“ rok guruhi qoʻshiqni jonli ijro etgan ammo, uni studiyada yozmagan[2].

„Torn“
Natalie Imbruglia qoʻshigʻi
„Left of the Middle“ albomidan
B tomon
  • „Sometimes“
  • „Frightened Child“
  • „Contradictions“
  • „Diving in the Deep End“
Chiqarilgan sanasi 27-oktyabr 1997-yil
Janr
Davomiyligi 4:04
Leybl
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar) Phil Thornalley
Natalie Imbruglia xronologiyasi
Torn
(1997)
„Big Mistake“
(1998)
Klipi
„Torn“ YouTubeda

„Torn“ qoʻshigʻi ilk bor 1993-yil daniyalik qoʻshiqchi Lis Sørensen tomonidan „Brændt“ („Yongan“) nomi bilan studiyada yozib olingan. Dan tilidagi matnni Elisabeth Gjerluff Nielsen yozgan[3]. 1994-yil „Ednaswap“ guruhi ham qoʻshiqni studiyada yozgan. 1996-yil esa norvegiyalik-amerikalik qoʻshiqchi Trine Rein ham qoʻshiqning kaverini kuylagan.

„Torn“ avstraliyalik qoʻshiqchi Natalie Imbruglia 1997-yil ijro etganidan keyin global miqyosda tanildi. Imbruglia versiyasini Thornalley hozirlagan. Imbruglia ijrosidagi kaver London shahrida yozib olingan. Uni yozishda David Munday (solo-gitara), Thornalley (bas-gitara, ritm-gitara), Chuck Sabo (barabanlar), Henry Binns, Sam Hardaker (barabanlarni dasturlash) hamda Katrina Leskanichlar (bek-vokal) ishtirok etishgan. Imbruglia versiyasini Nigel Godrich miks qilgan.

Imbruglia ijrosidagi kaver Belgiya, Kanada, Daniya, Islandiya, Ispaniya va Shvetsiya xit-paradlarida, shuningdek, AQShda chop etiladigan „Billboard“ jurnali yuritadigan uch xit-paradda birinchi pogʻonaga koʻtarildi. Imbruglia ijro etgan kaverning jahon boʻylab toʻrt milliondan oshiq nusxasi sotildi[4]. 2013-yilda „Q“ jurnalining „Eng sara 1001 qoʻshiq“ (inglizcha: 1001 Best Songs Ever) deb nomlangan maxsus nashri uchun tuzilgan roʻyxatlarning birida „Torn“ qoʻshigʻi „Eng yaxshi pop qoʻshiq“ deb topildi[5]. 2009-yilda „News.com.au“ nashri „Torn“ Avstraliya radiolarida 1990-yildan beri eng koʻp ijro etilgan qoʻshiq ekanini xabar qildi. Nashrga koʻra, qoʻshiq 1997-yilda eʼlon qilinganidan 2009-yilga qadar 300,500 martadan koʻproq radioda eshittirilgan, yaʼni kuniga oʻrta hisobda 75 marta efirga uzatilgan[6].

Imbruglia versiyasini 1998-yil „Bolalar“ oʻzbek guruhi „Sogʻindim, ishon“ nomi bilan oʻzbek tilida kuylagan. Oʻzbekcha kaver matnini guruh qoʻshiqchisi Tohir Sodiqov yozgan.[manba kerak] Imbruglia ijrosidagi kaver fa-major tonalligida[7], Bolalar ijrosidagi kaver esa mi-major tonalligida ijro etilgan.

Manbalar tahrir

  1. Prato, Greg „Left of the Middle - Natalie Imbruglia : Songs, Reviews, Credits, Awards“. AllMusic (10-mart 1998-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2013-yil.
  2. Flinner, Amanda „Interview with Phil Thornalley“. songfacts. Qaraldi: 13-yanvar 2017-yil.
  3. Nygaard, Kristian Dam. „Lis Sørensen-sang blev et verdenshit: Hun fik ikke en krone“ (datcha). BT (17-avgust 2018-yil). Qaraldi: 27-iyun 2020-yil.
  4. „Best Selling Singles Of All Time“. everyHit.com. Qaraldi: 17-fevral 2012-yil.
  5. Q Magazine.. „Torn No. 1 Best Pop Song“. Q Magazine The Rock List (11-iyun 2013-yil). Qaraldi: 11-iyun 2013-yil.
  6. „Airwaves torn up by Imbruglia“. News.com.au (3-may 2009-yil). 13-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  7. Anne, Previn; Scott, Cutler; Phil, Thornalley; Natalie, Imbruglia „Torn“. Musicnotes.com (30-dekabr 2002-yil). Qaraldi: 28-aprel 2021-yil.

Havolalar tahrir