Toshkent xalqaro film festivali
Toshkent xalqaro kinofestivali – film va ishtirokchilar soni jihatidan eng yirik kinofestivallardan. Filmlar rasmiy va informatsion dastur asosi" da namoyish etiladi. 1968-yildan „Tinchlik, ijtimoiy taraqqiyot va xalqlar ozodligi uchun“ shiori ostida oʻtkaziladi. Dastlab konkurssiz, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining kino sohasidagi yutuqlarini namoyish qilinishi bilan boshqa kinofestivallardan farq qilgan.
Toshkent xalqaro film festivali | |
---|---|
Joylashuv(lar) | Toshkent, Oʻzbekiston |
Asos solingan | 1968-yil |
Vebsayt | www.tiffest.uz |
Festival doirasi kinosi rivojlangan Yaponiya, Hindiston, Turkiya kabi davlatlar bilan bir qatorda milliy kinosi endi shakllanayotgan davlatlarga ham moʻljallangan. Senegallik rejissyor Semben Usmon, marokashlik Suxayl Ben Barkalarning filmlarining koʻrigi ilk bor Toshkent xalqaro kinofestivalida namoyish etildi. Festival davomida matbuot konferensiyalari, ijodiy bahslar oʻtkaziladi. Kundalik matbuot byulletenlari va „Kinofestival yoʻldoshi“ gazeta-jurnali festivalning kundalik faoliyatini yoritib boradi. Kinofestival 1988-yil (10-festivaldan boshlab)dan konkursli boʻldi va 5 xil mukofot taʼsis etildi: eng yaxshi film uchun bosh sovrin „Oltin semurgʻ“; eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun „Kumush semurgʻ“; eng yaxshi ayol roli uchun „Oltin lola“; eng yaxshi erkak roli uchun „Oltin archa“; milliy anʼanalar saqlangan filmlar uchun „Xoʻja Nasriddin“ sovrinlari. Birinchi bosh sovringa „Hech qayerga sayohat“ nomli hind filmi sazovor boʻldi. Mustaqil boʻlgan Toshkent xalqaro kinofestivali „xalqaro“ maqomiga ega boʻlib, barcha xohlovchi davlatlar qatnashishi mumkin. 1992-yil 11 Toshkent xalqaro kinofestivali „Assalomu alaykum“ shiori ostida oʻtkazildi. Bosh sovrin avstraliyalik rejissyori Mark Noferin filmi („Spotvud“) ga berildi. 12-xalqaro festival 1997-yil Chingiz Aytmatov raisligida oʻtkazilib, bosh sovrin „Alvido, azizim“ (Janubiy Koreya) filmiga berildi[1].
Tarixi
tahrirToshkentda birinchi kinofestival 1958-yilda oʻtkazilgan[2]. Navbatdagisi esa 1968-yilda boʻlib oʻtdi va 1988-yilgacha nisbatan muntazam davom etdi (kinofestival 1970-yilda tashkillashtirilmagan). Kinofestivallar SSSR Davlat kinematografiya qoʻmitasi va SSSR Kinematograflar uyushmasi tomonidan OʻzSSR Davlat kinematografiya qoʻmitasi va OʻzSSR Kinematograflar uyushmasi ishtirokida oʻtkazildi.
Dastlab konkurssiz, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining kino sohasidagi yutuqlarini namoyish qilinishi bilan boshqa kinofestivallardan farq qilgan, namoyishlar natijalariga koʻra A.Navoiy nomidagi Toshkent opera va balet teatri sahnasida turli jamoat tashkilotlarining mukofotlari, yutuqlar, esdalik medallari tantanali ravishda taqdirlangan. (masalan, Osiyo va Afrika mamlakatlari Sovet birdamlik qoʻmitasining mukofoti boʻlgan).
Festival dasturidan turli janr va yoʻnalishdagi yangi filmlar namoyishi, turli axborot dasturlari, munozara klublari va davra suhbatlari oʻrin olgan, kino bozori tashkil etilgan.
Birinchi Toshkent festivalini rejissyor Komil Yormatov tomonidan suratga olingan „Osiyo uzra boʻron“ filmi namoyishi ochib bergan.
Birinchi festivalda Osiyo va Afrika davlatlaridan 49 nafar vakil ishtirok etgan boʻlsa, 1980-yillarning oʻrtalariga kelib ularning soni ikki baravar koʻpaygan. Festival mehmonlari orasida taniqli kino ijodkorlari, madaniyat xodimlari, jamoat va siyosiy arboblar bor edi. Oʻzbekiston mustaqillik yillarida kinofestival 1992 va 1997-yillarda boʻlib oʻtgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va oʻtkazish toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov rahbarligida 2021-yilda „Ipak yoʻli durdonasi“ Toshkent xalqaro kinofestivali sifatida har yili oʻtkaziladigan kinofestival sifatida qayta tiklandi[3].
2021-yil 28-sentyabr – 3-oktyabr kunlari „Ipak yoʻli durdonasi“ XIII Toshkent xalqaro kinofestivali boʻlib oʻtdi[4]. 2022-yil 14-sentyabrdan 19-sentyabrgacha XIV Toshkent xalqaro kinofestivali 40 ta xorijiy davlatdan 400 nafar kinoijodkor va 1,5 mingdan ortiq talabalar ishtirokida boʻlib oʻtdi[5][6].
Qayta tiklangan kinofestival Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi xalqaro kinofestivalida oʻrnatilgan anʼanalarni saqlab kelmoqda. Toshkentga butun dunyodan kinoijodkorlar keladi, yangi filmlar, jumladan, oʻzbek kinoijodkorlari ishtirokida yaratilgan hamkorlikdagi filmlar namoyishi oʻtkazilmoqda[7].
Oʻtgan kinofestivallarning asosiy dasturiga kinofilm namoyishlaridan tashqari „Kino 5 kunda“ tanlov dasturi[8][9], hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumlarni imzolash, yangi kinoloyihalarning taqdimotlari, shuningdek, Kinochilar uyi[10][11] va „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasidagi innovatsiyalar kiritilgan[12].
2021—2022-yillarda qayta tiklangan kinofestivalga tashrif buyurgan mehmonlar orasida Luc Besson, Takeshi Kitano, Armand Assante, Krzysztof Zanussi, Nikita Mixalkov, Burak Özçivit, Nurgül Yeşilçay, Dilan Çiçek Deniz, Melisa Aslı Pamuk, Rustam Saʼdullayev, Franthun Nero, Mithun Chakraborti, Gérard Depardieu, Sergey Bezrukov, Poonam Dhillon, Timur Bekmambetov, Taukel Musilim, Zeenat Aman, Umesh Mehra va boshqalar bor. Mehmonlar kinofestivalda ishtirok etish bilan birga talabalarga mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlar oʻtkazishdi[13].
Mukofotlar
tahrir- 1968-yil – Sudxoʻrning oʻlimi (1966) rejissyor T. Sobirov – Diplom;
- 1976-yil – „Siyovush ertagi“ (1976) rejissyor. B. Kimyagarov – Diplom;
- 1984-yil – Tutqin (1983) rejissyor Y.Yusupov – Diplom;
- XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Takeshi Kitano va Kshishtof Zanussi „Jahon kinosi rivojiga qoʻshgan hissasi uchun“ mukofotlari bilan taqdirlandilar[16];
- XV kinofestivalda rejissyorlar Irakliy Kvirikadze, Aleksandr Sokurov va Pietro Marcello „Jahon kinematografiyasi rivojiga qoʻshgan hissasi uchun“ mukofot bilan taqdirlandi[14].
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „1958г. Ташкент. Кинофестиваль стран Азии и Африки“ (ru-RU). Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
- ↑ „О ВОЗРОЖДЕНИИ И ПРОВЕДЕНИИ ТАШКЕНТСКОГО МЕЖДУНАРОДНОГО КИНОФЕСТИВАЛЯ“ (ru). Lex.uz (2021-yil 19-iyun).
- ↑ „Тринадцатый — в истории В Ташкенте объявили победителей международного кинофестиваля и отпраздновали его завершение“ (ru). Фергана.ру (2021-yil 4-oktyabr).
- ↑ Рамиз Бахтияров. „Дружба, прогресс, просвещение: как прошел Ташкентский кинофестиваль“ (ru). Sputnik Узбекистан (2022-yil 20-sentyabr).
- ↑ Александр Троицкий. „Сергей Безруков, Люк Бессон и Арманд Ассанте покоряют Узбекистан“ (ru). Газета "Московский Комсомолец" (2022-yil 15-sentyabr).
- ↑ „Опубликована программа кинопоказов XIV Ташкентского международного кинофестиваля «Жемчужина шелкового пути»“ (ru). Afisha.uz (2022-yil 14-sentyabr).
- ↑ „"Кино за пять дней" на ХІІІ Ташкентском кинофестивале“ (ru). Беларусьфильм (2021-yil 2-oktyabr).
- ↑ „Молодые кинематографисты из разных стран мира снимут фильмы об Узбекистане за пять дней“ (ru). Фергана.ру (2022-yil 8-sentyabr).
- ↑ „В дни международного фестиваля в Узбекистане откроются шесть кинотеатров“ (ru). Sputnik Узбекситан (2021-yil 28-sentyabr).
- ↑ „В Ташкенте состоялась презентация самого большого киноэкрана в СНГ“ (ru). Afisha.uz (2022-yil 30-avgust).
- ↑ Андрей Воронцов. „На Ташкентском кинофестивале представили панорамный съемочный павильон“ (ru). KinoNews (2022-yil 16-sentyabr).
- ↑ Paul Hackett. „Международный кинофестиваль в Ташкенте: звезды учат молодых“ (ru). Euronews (2022-yil 21-sentyabr).
- ↑ 14,0 14,1 V Samarakande proshla seremoniya zakritiya Tashkentskogo kinofestivalya
- ↑ „В Узбекистане могут возобновить показ в кинотеатрах индийских фильмов“ (ru). Dunyo (2023-yil 31-yanvar).
- ↑ Азиз Хакимов. „Репортаж с церемонии закрытия Ташкентского кинофестиваля“ (ru). Afisha.uz (2022-yil 20-sentyabr).
Havolalar
tahrir- Tashkentskiy mejdunarodniy kinofestival 2023 goda Izdanie „Novosti kino“
- Tashkentskiy mejdunarodniy kinofestival 2022 goda Izdanie „Novosti kino“
- Tashkentskiy mejdunarodniy kinofestival 2021 goda Izdanie „Novosti kino“
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |