Totim
Totim (Rhus) — pistadoshlar oilasiga mansub doim yashil oʻsimliklar turkumi. Bir yoki ikki uyli; daraxt, butalardan, baʼzan, daraxtsimon lianalardan iborat. Boʻyi 0,5–12 m (baʼzan 20 m gacha). Barglari ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, toʻpgullarga yigʻilgan. Mevasi kichik danakcha. 60 (baʼzi maʼlumotlarga koʻra, 250) turi maʼlum. Iyun—iyulda gullab, sentabrokt.da meva tugadi. Asosan, Shimoliy Amerika, Sharqiy Osiyo, Afrika va Janubiy Yevropada tarqalgan. Oshlovchi T. Qrim, Kavkaz, Pomir, Olay va boshqa togʻlarda oʻsadi. Bargida 13—25% oshlovchi modda — tannid bor. T. boʻyoq va dorivor moddalarga boy. Oʻsimlikning mum va lok beradigan, zaharli, manzarali va boshqa turlari bor. Barglari, ildizlari, poʻstlogʻi, yosh novdalari va mevalari boʻz, teri, jun va ipakni boʻyash uchun ishlatiladi. Oʻzbekistonda 1 yovvoyi va 3 ta madaniy turi bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |