Transkaspiy kanali
Transkaspiy kanali (ruscha: Транскаспийский канал) — Amudaryoni Orol dengizidan Kaspiy dengiziga burish uchun taklif etilgan kanal loyihasi. Loyiha Chor Rossiyasi muhandislari tomonidan taklif qilinib, sovet amaldorlari tomonidan koʻrib chiqilgan. Amaldorlar Amudaryoni eski quyulish oʻrniga qaytarish haqida qonunga imzo chekkan.
20-asr boshlarida bu kabi bir qancha shunga oʻxshash takliflar, jumladan, Qozogʻistonni Qora dengiz bilan bogʻlash uchun „Qozogʻiston-Turkiston kanali“ni qurish boʻyicha ham takliflar ilgari surilgan[1]. Loyihalar 1920-yillarning oxirlarida, ya’ni yirik gidravlik loyihalarni tanqid qilish avj olganidan soʻng e’tibordan chetda qolgan[2]. 1928-yilda Oʻrta Osiyoda faoliyat yuritgan oʻndan ortiq muhandislar gidrotexnikalar sugʻorish tizimini notoʻgʻri boshqarganliklari va „qasddan amalga oshirib boʻlmas darajada yirik loyihalarni ishlab chiqganliklari“ uchun sudga tortildi[3].
Takliflar
tahrirRossiyaning Oʻrta Osiyoni bosib olishi ortidan Kaspiy kanalini qurish boʻyicha koʻplab takliflar ilgari surildi. Loyihani qoʻllab-quvvatlaganlarning asosiy qismi sharqona qarashlarga ega va bu “Xorazm vohasini madaniy hayotga qaytarishiga” ishonishgan[4].
Gluxovskiyning taklifi
tahrirDastlabki takliflar orasida 1868-yilda Aleksandr Gluxovskiy tomonidan taqdim etilgan takliflar ham bor edi[5]. Uning fikri boʻyicha, bunday kanal Volga boʻylab suzib yurgan kemalarni Buxoro orqali Toshkentga yetib borish imkonini beradi. Uning taklifini Rossiya impersiyasi Transport vazirligi dastkalagan[6].
Gluxovskiyning koʻplab dastlabki hisobotlari va takliflari Rossiyada fuqarolar urushi va 1924-yilgi toshqin paytida unutilgan[1]. 1925-yilning iyun oyida Davlat reja qoʻmitasining suv boʻlimi loyihani muhokama qildi. Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida 1893-yilda Gluxovskiy tomonidan tuzilgan reja ham bor edi[1].
Rizenkampfning taklifi
tahrirOktyabr inqilobidan keyin Georgiy Rizenkampf (nemischa: Georgi Riesenkampff )) Afgʻonistondagi Amudaryoning yuqori oqimidan Turkmanistondagi Qoraqum choʻli orqali Kaspiy dengizigacha choʻzilgan 1600 km (1500 versta) kanal qurishni taklif qildi[7]. Rizenkampf oʻzining 1921-yilda chop etilgan "Trans-Kaspiiskiy kanal (Problema orosheniia Zakaspiia)" (ruscha: Транс-Каспийский канал (Проблема орошения Закаспия)) nomli kitobida bu kanal paxta yetishtirishga yordam beradi, deb taʼkidlagan. U kanal mintaqada paxta yetishtirishga ulkan hissa qoʻshishi va u „Transkaspiyda hayotning tayanch nuqtasi“ boʻlishini bashorat qilgan[1].
Tanqid
tahrir1920-yillarning oxiriga kelib, Oʻrta Osiyoda suvni quyulishini oʻzgartirish boʻyicha yirik loyihalar ommaviy axborot vositalarida keng qamrovda tanqid qilina boshlandi. 1928-yil fevral va mart oylarida Toshkentda Oʻrta Osiyoda ishlagan 23 nafar gidrotexnik va suv xoʻjaligi xodimlari, jumladan, Kaspiy kanali qurishni taklif qilganlar sud qilindi. Oʻsha paytda The Times gazetasi „Yaqingacha Moskva hukumati bu „fantastik loyihalar“ bilan maqtanardi, ammo endi mahalliy aholini tinchlantirish uchun ularga aybdor hodimlar kerak boʻladi“, deb yozgan edi[3]. Uning maqsadi „sovet muvaffaqiyatsizliklaridan chalgʻitish va aybni hodimlarga toʻnkarish“ edi[8].
Manbalar
tahrirSnoskalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Peterson 2019, s. 257.
- ↑ Peterson 2019, s. 261.
- ↑ 3,0 3,1 Trial of Soviet Officials: Charges of corruption in Central Asia. The Times (1928-yil 8-fevral), s. 13.
- ↑ Peterson 2019, s. 256-257.
- ↑ Peterson 2019, s. 39.
- ↑ Keating 2022, s. 21.
- ↑ Qodirov 2011, s. 34-35.
- ↑ Peterson 2019, s. 260.
Manbalar
tahrir- Qodirov, Abror. Дума о воде – взгляд в былое и немного о будущем (rus tili). Toshkent: Interstate Commission for Water Coordination of Central Asia, 2011. Qaraldi: 2024-yil 4-aprel.
- Keating, Jennifer. On Arid Ground: Political Ecologies of Empire in Russian Central Asia. Oxford: Oxford University Press, 2022. ISBN 978-0-19-285525-1.
- Peterson, Maya K.. Pipe Dreams: Water and Empire in Central Asia's Aral Sea Basin. Cambridge, United Kingdom: Cambridge University Press, 2019. ISBN 978-1-108-46854-1.
Havolalar
tahrir- Gluxovskiyning Transkaspiy kanali kitobi (1921) (Rus tilida)