Tropik tibbiyot — bu tibbiyotning fanlararo boʻlimi hisoblanib, u tropik va subtropik mintaqalarda yuzaga keladigan, keng tarqalgan yoki nazorat qilish qiyinroq boʻlgan sogʻliq muammolari bilan shugʻullanadi[1].

Bu sohadagi shifokorlar keng tarqalgan turli kasalliklar aniqlaydilar va davolashadi. Ular yuqadigan infektsiyalarning aksariyati tropik mintaqalarga xosdir. Ulardan eng mashhurlari bezgak, OIV / OITS va sil hisoblanadi. Ulardan Chagas kasalligi, quturish va dang kabi 18 ta tropik kasalliklar haqida maʼlumotlar keng tarqalgan. Rivojlanmagan tropik mamlakatlarda yomon turmush sharoiti yuqumli boʻlmagan kasalliklar sonining koʻpayishiga olib kelgan. Bu kasalliklarga saraton va yurak-qon tomir kasalliklari kabilar kiradi. Ular ilgari rivojlangan mamlakatlarda koʻproq tashvish tugʻdirgan. Tropik tibbiyot sohasida oʻqigan shifokorlar ham ushbu kasalliklarni tashxislash va davolashga tayyor boʻlishlari kerak[1].

Tropik tibbiyot boʻyicha ixtisoslashmoqchi boʻlgan shifokorlar uchun mashgʻulotlar turli mamlakatlarda juda farq qiladi. Ular epidemiologiya, virusologiya, parazitologiya, statistikani va oddiy tibbiyot fanlari doktori uchun zarur boʻlgan bilimlarni oʻrganishlari kerak. Tropik kasalliklar va ularni qanday davolash boʻyicha tadqiqotlar dala tadqiqoti markazlaridan, asosan harbiy tibbiyotdan olinadi[2].

Ser Patrik Menson tropik tibbiyotning otasi sifatida tan olingan. U 1899-yilda Londondagi gigiena va tropik tibbiyot maktabiga asos solgan[3]. U fil kasalligini odamlarga yuqtirgan tashuvchini kashf etgan. U bu tashuvchi filaria sanguinis hominis deb nomlangan mikroskopik nemotoda qurti ekanligini aniqlaydi. U qurtni va uning hayot aylanishini oʻrganishni davom ettirdi va qurtlarning urgʻochi culex fatigans chivinlari metamorfozga uchraganligini aniqlaydi. Ushbu kashfiyotdan soʻng, u bezgakning chivin vektori orqali yuqishini tekshirish uchun Ronald Ross bilan hamkorlik qiladi. Uning tashuvchilar orqali kasallikni yuqtirish usullarining kashf qilishi tropik tibbiyotning asosini yaratishda va koʻplab tropik kasalliklar haqidagi hozirgi tushunchalar shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan[3].

Mashgʻulotlar

tahrir

Tropik tibbiyot boʻyicha oʻqitish turli mamlakatlarda turli xil boʻladi. Koʻpgina shifokorlar tropik tibbiyot institutlarida oʻqitiladi yoki yuqumli kasalliklar boʻyicha mashgʻulotlarga kiritiladi.

 
Ser Patrik Manson tomonidan asos solingan London Gigiena va Tropik Tibbiyot maktabi

Buyuk Britaniyada, agar shifokor tropik tibbiyot boʻyicha ixtisoslashmoqchi boʻlsa, ular avvalo umumiy ichki kasalliklar boʻyicha tayyorgarlik koʻradi. Tropik tibbiyot va gigiena boʻyicha diplom olish uchun ular bir vaqtning oʻzida yuqumli kasalliklar mutaxassisligini oʻrganishlari kerak boʻladi. Bu boʻyicha tadqiqotlari London yoki Liverpool tropik tibbiyot maktablarida olib boriladi. Bundan tashqari, ular tropik tibbiyot uchun tasdiqlangan Buyuk Britaniya markazlaridan birida (London, Liverpul yoki Birmingem) ikki yil taʼlim olishadi. Buyuk Britaniyada tropik tibbiyot boʻyicha sertifikat olishni xohlovchi shifokorlar kamida bir yilni chet elda mutaxassis yetishmaydigan hududda amaliyot oʻtkazishlari kerak. Shundan keyingina ular tropik tibbiyot sertifikatiga ega boʻlishlari mumkin.

Qoʻshma Shtatlardagi tropik shifokorlarni tayyorlash ham shunga oʻxshash boʻladi, ammo bu Amerikada kengash tomonidan tan olingan mutaxassislik emas. Shifokorlar birinchi navbatda tibbiy maktabni va yuqumli kasalliklar dasturini tamomlashlari kerak. Oʻqishni tugatgandan soʻng, shifokorlar Klinik tropik tibbiyot va sayohatchilar salomatligi boʻyicha sertifikat olish uchun Amerika Tropik Tibbiyoti va Gigiena Jamiyatidan sertifikat olish uchun imtihon topshirishadi[4][5].

 
Bezgak endemik boʻlgan hududlar tavsiflangan xarita.

Yuqumli boʻlmagan kasalliklar

tahrir

Yuqumli boʻlmagan kasalliklar — bu yurak-qon tomir kasalliklari, saraton, shikastlanishlar va nafas olish tizimi kasalliklari kabi surunkali kasalliklar hisoblanadi. Tarixiy jihatdan bu kasalliklar rivojlangan mamlakatlarni rivojlanayotgan mamlakatlarga qaraganda ancha koʻproq tashvishga solgan[6][7]. 2001-yilgi Global kasalliklarni oʻrganishda Afrikaning Sahroi Kabiridagi oʻlimlarning 20% ga yuqumli boʻlmagan kasalliklar sabab boʻlganligi aniqlangan. 2005-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti surunkali kasalliklardan oʻlimning 80% past va oʻrta daromadli mamlakatlarda sodir boʻlganligini koʻrsatadigan tadqiqot oʻtkazdi[7][6]. Rivojlanmagan mamlakatlarda ham turli sabablarga koʻra yuqumli boʻlmagan kasalliklarning tarqalishi ortib bormoqda. Asosan, taʼlim va profilaktik tibbiy bilimlarning yetishmasligi, toʻyib ovqatlanmaslik yoki notoʻgʻri ovqatlanish yuqumli boʻlmagan kasalliklarning kelib chiqishiga sabab boʻladi[7].

Eʼtibordan chetda qolgan tropik kasalliklar

tahrir

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan eʼtibordan chetda qolgan 18 ta tropik kasallik aniqlangan boʻlib, ular dunyo boʻylab, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda milliarddan ortiq odamga taʼsir qiladi. Eʼtibordan chetda qolgan tropik kasalliklar parazitlar, viruslar va bakteriyalar sabab kelib chiqadi. Ular oʻlimga olib kelmasligi sabab eʼtiborga olinmaydi, lekin vaqtida davolanmaslik nogironlikka olib boradi. Ushbu kasalliklarga chalingan odamlar boshqa kasalliklarlarga: OIV yoki bezgak kabi oʻlimga olib keladigan kasalliklarga koʻproq moyil boʻladi[8].

Fanlararo yondashuv

tahrir

Tropik tibbiyot fanlararo yondashuvga asoslanadi, chunki tropik tibbiyotning infektsiyalari va kasalliklari keng tarqalgan va noyobdir. Tropik tibbiyot epidemiologiya, mikrobiologiya, virusologiya, parazitologiya va logistika sohalaridagi tadqiqotlarni talab qiladi. Tropik tibbiyot shifokorlari samarali muloqot qobiliyati, klinik va diagnostika koʻnikmalariga ega boʻlishlari kerak. Chunki ular koʻpincha bu soha boʻyicha yuqori texnologiyali diagnostika vositalariga ega boʻishmaydi va oʻz bilimlariga tayanib ish tutishlari kerak boʻladi. Fanlararo yondoshuvga misol: boliviyalik muhojirlar tomonidan Braziliya shahri San-Pauluga olib kelingan Chagas kasalligini boshqarish uchun fanlararo guruh tashkil etilgan. Chagas kasalligining ushbu oqimi fanlararo jamoani birlashtirishga olib keldi. Bu jamoa Chagas kasalligini va birlamchi tibbiy yordam darajasida yuqishini boshqarish maqsadga muvofiqligini sinab koʻrdi. Tarmoqlararo guruh Chagas bilan kasallangan odamlarni, shifokorlar, hamshiralar, laboratoriya xodimlari va jamoat agentlarini oʻrganish uchun yollashda jamoat sogʻliqni saqlash agentlari va ruhoniy tibbiyot xodimlari, pediatr, kardiologlardan iborat edi. Ularning har biri patologiya, parazitologiya, ekoepidemiologiya va Chagas kasalligini oldini olish, tashxislash va nazorat qilish boʻyicha oʻqitildi. Ushbu sohalar boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash talab qilindi. Ular davolanishga rioya qilmaslik sabablarini oʻrganib chiqdilar va bu bilimlardan oʻzlarining aralashuvi samaradorligini oshirish uchun foydalanishdi. Ushbu fanlararo yondashuv Braziliya boʻylab koʻplab jamoalarni Chagas kasalligini davolashda oʻqitish uchun ishlatilgan[9].

Tashkilotlar

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Tropical medicine“. Health Careers (2015-yil 7-aprel).
  2. "United States military tropical medicine: extraordinary legacy, uncertain future". PLOS Neglected Tropical Diseases 7 (12): e2448. December 26, 2013. doi:10.1371/journal.pntd.0002448. PMID 24386494. PMC 3873258. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3873258. 
  3. 3,0 3,1 "In memory of Patrick Manson, founding father of tropical medicine and the discovery of vector-borne infections". Emerging Microbes & Infections 1 (10): e31. October 2012. doi:10.1038/emi.2012.32. PMID 26038403. PMC 3630944. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3630944. 
  4. „Tropical Medicine MD/MPH Program Requirements | School of Public Health and Tropical Medicine“ (en). sph.tulane.edu (2017-yil 3-avgust). Qaraldi: 2018-yil 25-fevral.
  5. „Mayo International Health Program – Tropical Medicine Courses“ (en). Mayo Clinic. Qaraldi: 2018-yil 25-fevral.
  6. 6,0 6,1 "The double burden of communicable and non-communicable diseases in developing countries". Transactions of the Royal Society of Tropical Medicine and Hygiene 100 (3): 191–9. March 2006. doi:10.1016/j.trstmh.2005.07.021. PMID 16274715. https://academic.oup.com/trstmh/article/100/3/191/1880267. 
  7. 7,0 7,1 7,2 "Non-communicable diseases in low- and middle-income countries: context, determinants and health policy". Tropical Medicine & International Health 13 (10): 1225–34. October 2008. doi:10.1111/j.1365-3156.2008.02116.x. PMID 18937743. PMC 2687091. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2687091. 
  8. „Neglected Tropical Diseases: Progress and Challenges for the Post-2015 Development Era – Science in the News“ (en-US). Science in the News (2014-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 26-fevral.
  9. "Interdisciplinary approach at the primary healthcare level for Bolivian immigrants with Chagas disease in the city of São Paulo". PLOS Neglected Tropical Diseases 11 (3): e0005466. March 2017. doi:10.1371/journal.pntd.0005466. PMID 28333923. PMC 5380346. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5380346.