Turan Dursun (1934, Şarkışla – 4-sentabr 1990, Istanbul)[1] turk islom olimi va yozuvchisi boʻlgan. Uning ishlari islom va uning asoschilarini tanqid qiladi[1][2].

Turan Dursun
Tavalludi 1934
Vafoti 4-sentabr 1990 (56 yoshda)
Istanbul
Fuqaroligi Turkiya

U avvaliga imom va muftiy boʻlgan, biroq keyinchalik monoteistik dinlar tarixini oʻrganib, ateist boʻlib ketgan[3]. Dursun din, xususan islomiy matnlar tafsirlari haqida bir necha kitob yozgan. U dinni ochiq tanqid qilib, bu ishi tufayli fundamentalist aqidaparastlar tomonidan tez-tez tahdidlarga uchrar edi[4].

Turan Dursun 1990-yil 4-sentabr kuni Istanbuldagi uyi tashqarisida oʻldirildi[4]. Bu voqeadan keyin uning kitoblari minglab nusxada Turkiyada sotildi[3].

Hayoti

tahrir

Turan Dursun 1934-yili Sivas viloyatining Şarkışla tumaniga qarashli Gümüştepe qishlogʻida sakkiz bolalik katta oilada tugʻildi. Besh yoshida oilasi Ağrı viloyatining Tutak tumanidagi bobosidan qolgan yerlarni ishlash uchun koʻchdi. Otasi oilasini boqish uchun qishloqlarda imomlik qila boshladi. Otasi oʻgʻli Turan'ning eʼtiborli bir din ulamosi boʻlib yetishib chiqishini istagan edi.

Otasi Turan'ni diniy taʼlim olishi maqsadida yotoqli din maktablariga, Qurʼon kurslariga, mashhur domlalar qoʻliga berdi. Bittasidan boshqa barcha domlalar bepul taʼlim berishdi. Dursun pullik domlaga 100 lira toʻlash uchun atir sotib, oʻzi ham domlalik qilib yurdi. Harbiy xizmatga chaqirilishidan oldin kurdcha, cherkascha va arabcha oʻrgandi. Antropologiya bilan qiziqdi. 1958-yili muftiy boʻldi[5].

Boshqa dindagilar bilan bahs olib borish uchun Dursun 1960-yillarda xristianlik va yahudiylikni oʻrgana boshladi[5][6]. Bu izlanishlar davomida u ibrohimiy dinlarning kelib chiqishi, asotir va afsonalarini oʻrganib chiqdi; bu uning diniy ishonchlarini qayta qarab chiqishiga turtki boʻldi[4]. Din haqida salbiy xulosaga kelgach, Dursun Muhammad uning qimmatli bolalik va yoshlik yillarini olib qoʻyganidan afsuslandi va 1966-yili muftiylikni tashladi[5].

Dursun ateist boʻlishidan oldin ikki-uch yil mustaqil teist boʻlib yurdi. U avvalboshda „xudo bor boʻlsa ham, u Muhammad xudosi emas,“ degan fikrda edi. Keyin Dursun antropologiyani oʻrganishda davom etib, teizmdan ham voz kechdi[5].

Vafoti

tahrir

Turan Dursun 1990-yil 4-sentabr kuni Istanbuldagi uyidan chiqayotib, qurollangan shaxs tomonidan otib oʻldirildi. Toʻrt yildan keyin bu qotillik ortida Islomiy Harakat Tashkiloti nomli ekstremist guruh boʻlgani aniqlandi[7]. Qotil İrfan Çağrıcı hibsga olingan va umrbod ozodlikdan mahrum etilgan.

Turan Dursun xotirasiga Turkiyada har yili Turan Dursun Tadqiqot va Oʻrganish mukofoti beriladi.

Asarlari

tahrir
  • Alloh (tur. Allah)
  • Din bu 1: Tangri va Qurʼon (tur. Din Bu 1: Tanrı ve Kur'an)
  • Din bu 2: Hz. Muhammad (tur. Din Bu 2: Hz. Muhammed)
  • Din bu 3: Islomda jamiyat va dunyoviylik (tur. Din Bu 3: İslamda Toplum ve Laiklik)
  • Din bu 4: Tabu ortga tortadi (tur. Din Bu 4: Tabu Can Çekişiyor)
  • Din va seks (tur. Din ve Seks)
  • Duo (tur. Dua)
  • Olam hazilmi? (tur. Evren Bir Şaka mı?)
  • Qullatayn (tur. Kulleteyn)
  • Qurʼon (tur. Kur'an)
  • Qurʼon ensiklopediyasi 1: Aba-Aql (tur. Kur'an Ansiklopedisi 1: Aba-Akıl)
  • Qurʼon ensiklopediyasi 2: Akra-Arab (tur. Kur'an Ansiklopedisi 2: Akra-Arab)
  • Qurʼon ensiklopediyasi 3: Arabu-Qarz (tur. Kur'an Ansiklopedisi 3: Arabu-Borç)
  • Qurʼon ensiklopediyasi 4: Bekor-Duo (tur. Kur'an Ansiklopedisi 4: Boşa-Dua)
  • Qurʼon ensiklopediyasi 5: Duo-Hijrat (tur. Kur'an Ansiklopedisi 5: Dua-Hicret)
  • Qurʼon ensiklopediyasi 6: Hijrat-Kofir (tur. Kur'an Ansiklopedisi 6: Hicret-Kafir)
  • Qurʼon ensiklopediyasi 7: Qalb-Shubha (tur. Kur'an Ansiklopedisi 7: Kalb-Kuşku)
  • Qurʼon ensiklopediyasi 8: Quvvat-Moʻjiza (tur. Kur'an Ansiklopedisi 8: Kuvvet-Mucize)
  • Muqaddas kitoblarning manbalari 1 (tur. Kutsal Kitapların Kaynakları 1)
  • Muqaddas kitoblarning manbalari 2 (tur. Kutsal Kitapların Kaynakları 2)
  • Muqaddas kitoblarning manbalari 3 (tur. Kutsal Kitapların Kaynakları 3)
  • Islom va nurchilik (1971) (tur. Müslümanlık ve Nurculuk (1971))
  • Shariat bunday (tur. Şeriat Böyle)
  • Mashhurlarga maktublar (tur. Ünlülere Mektuplar)

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 ; Milton M. HoenigThe new Iranian leadership: Ahmadinejad, terrorism, nuclear ambition, and the Middle East. Greenwood Publishing Group, 2008 — 57-bet. ISBN 978-0-275-99639-0. Qaraldi: 25-avgust 2010-yil. 
  2. Dursun Işık Tutmayı Sürdürüyor, Cumhuriyet, 4 Eylül 2005
  3. 3,0 3,1 Turkish Islam and the secular state: the Gülen movement By M. Hakan Yavuz, John L. Esposito
  4. 4,0 4,1 4,2 Gazeteci Dursun Öldürüldü, Milliyet, September 5th, 1990
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 Perinçek, Ş., "Turan Dursun Hayatını Anlatıyor", Kaynak Yayınları
  6. Din Bu, 2012-04-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-07-10
  7. İslami teror raporu, Milliyet, 6-mart 1997.

Havolalar

tahrir