Turkistonbank
„Turkiston“ XATB — xususiy aksiyadorlik tijorat banki boʻlib, Oʻzbekistonda bankrot sifatida tugatilgan banklardan biri[1]. 2023-yil 15-fevraldagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan bankrot deb topilgan[1].
Turkistonbank | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Turi | AJ |
Shiori | Birgalikda yangi marralar sari |
Litsenziyasi | №57 1998-yil 16-mart |
Faoliyati | chakana bank, korporativ bank |
Asos solingan | 1998-yil |
Yopilgan yil | 2022-yil 7-oktyabr |
Egalari |
Tarixi
tahrirTurkistonbank 1998-yilda transport sohasi tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi tarmoq banki sifatida tashkil etilgan. Keyinchalik universal bank sifatida faoliyatini kengaytirgan[1].
2019-yil may oyida bank rebrendingni amalga oshirdi[2].
2021-yil 2-noyabr — bankning Chorsu bank xizmatlari markazi oʻz faoliyatini boshladi. BXM manzili: Toshkent shahri, Shahxontohur tumani, Chorsu bozori.
2021-yil 17-dekabr — Toshkent RFB bank kapitalizatsiyasini 117,49 mlrd soʻmga baholab, Oʻzbekistonning 17 ta bankidan 16-oʻrinda ekanligini qayd etdi[3].
2022-yil 1-fevral kuni eʼlon qilingan S&P Global Ratings hisobotida bank kredit portfelining qariyb 70 foizini muammoli kreditlar tashkil etishini bildirib, kelgusi 12-18 oyda bank likvidligi yanada taqchillashsa, bankning defolt boʻlish xavfi aniq boʻlishi keltirilgan[4].
2022-yil fevral oyi oxirida bank milliy va xorijiy valyutada noodatiy jozibador takliflari bilan chiqqan. Bu taklif mutaxassislar tomonidan bank likvidligi taqchilligini oldini olish choralaridan biri sifatida koʻrilgan. Biroq bank tomonidan bu iddaolar rad etilgan[5].
2022-yil 1-aprelda bank Boshqaruv raisi Avaz Muhitdinov lavozimidan ozod qilindi[6].
2022-yil 7-oktyabrdagi Markaziy bank boshqaruvining 22/1-sonli qaroriga asosan, „Turkiston“ XATBdan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olingan. Bunga asos sifatida „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi qonunning 54 va 77-moddalaridagi qoidabuzarliklar keltirib oʻtilgan[7].
2022-yil oktyabr oyi holatiga koʻra, Oʻzbekiston bank tizimida aktivlari boʻyicha 26-oʻrinni egallagan[1].
2022-yil noyabr oyida bankning bir guruh omonatchilaridan pul mablagʻlari subordinar qarz sifatida jalb qilingani, natijada 59 nafar bank mijozining 57 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻi qoplab berilmasligi maʼlum boʻldi[8]. 2023-yil 17-aprelda chiqqan sud qarori bilan 18 nafar fuqaroning 29 milliard soʻmlik mablagʻi omonat deb tan olingan[9].
2022-yil 21-noyabrdan boshlab Turkistonbankka omonat qoʻygan fuqarolarning pul mablagʻlari agent-bank sifatida tanlangan Qishloq qurilish bank tomonidan qaytarila boshlandi[10].
2023-yil 15-fevraldagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan bankrot deb topildi. Turkistonbankning 368 milliard soʻm atrofidagi aholidan qarzdorligi davlat hisobidan qaytarilgan[11].
Bank infratuzilmalari geografiyasi
tahrirBankning bosh ofisi, toʻlov markazi, Yunusobod filiali hamda Chorsu bank xizmatlari markazi faoliyat yuritgan[12].
Korporativ boshqaruvi
tahrirBank tugatilayotgan paytda Muhiddin Jumagaldiyev bank Boshqaruvi raisi, Saʼdulla Tolipov hamda Shovkat Toshmuxamedov Boshqaruv raisi oʻrinbosarlari sifatida faoliyat yuritgan[13].
Moliyaviy koʻrsatkichlari
tahrirTurkistonbank 2022-yil yarim yillikni 22,9 mlrd soʻm zarar bilan yakunlagan.
Bankning tugatilishigacha boʻlgan 6 chorakdagi moliyaviy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida quyidagi jadvalda maʼlumot berilgan:
Yillar | 2021-yil 1-chorak | 2021-yil 1-yarim yillik | 2021-yil 3-chorak | 2021-yil | 2022-yil 1-chorak | 2022-yil 1-yarim yillik |
---|---|---|---|---|---|---|
Aktivlari | 1 014[14] | 1 135[15] | 1 150[16] | 1 164[17] | 1 208[18] | 1 190[19] |
Majburiyatlari | 703[14] | 686[15] | 697[16] | 686[17] | 696[18] | 652[19] |
Kapitali | 111[14] | 159[15] | 160[16] | 160[17] | 140[18] | 138[19] |
Depozitlari | 790[14] | 884[15] | 875[16] | 886[17] | 889[18] | 933[19] |
Sof foydasi | −46,69 (30-oʻrin)[20] | 1,1 (26-oʻrin)[21] | 2,1 (26-oʻrin)[22] | 2,4 (27-oʻrin)[23] | −20,00 (31-oʻrin)[24] | −22,9 (32-oʻrin)[25] |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „«Turkistonbank» bankrot deb e’lon qilindi“. Gazeta.uz. Afisha Media (2023-yil 1-mart). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „Туркистонбанк ребрендинг амалга оширипти.“ (2019-yil 22-may). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
- ↑ „Ўзбекистонда капитализациясига кўра энг қиммат банклар маълум қилинди“. Gazeta.uz. Afisha Media (2021-yil 17-dekabr). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „S&P Туркистонбанк кредит рейтинги истиқболини "Салбий"дан "Барқарор"га ўзгартирди“. Bankers.uz (2022-yil 2-fevral). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „Туркистонбанк омонатларга юқори фоиз таклиф қила бошлади“. Bankers.uz (2022-yil 24-fevral). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „Туркистонбанк Бошқарув раиси лавозимидан озод қилинди“. Bankers.uz (2022-yil 6-aprel). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „«Туркистон» ва Hi-tech bank`нинг лицензияси бекор қилинди“. Gazeta.uz. Afisha Media (2022-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
- ↑ „Марказий банк «Туркистонбанк» омонатчиларининг мурожаатига муносабат билдирди“. Gazeta.uz. Afisha Media (2022-yil 9-noyabr). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
- ↑ „Markaziy bank bankrot bo‘lgan “Turkistonbank” omonatchilarining mablag‘lari qaytarilishiga izoh berdi“. Gazeta.uz. Afisha Media (2023-yil 4-may). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
- ↑ „Туркистонбанк омонатчиларининг маблағлари муддатидан аввал қайтарилади“. Bankers.uz (2022-yil 21-noyabr). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
- ↑ „“Turkistonbank” bankrot deb topildi“. Kun.uz. Kun.uz (2023-yil 1-mart). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
- ↑ „Turkiston Bank filiallari“. bank.uz. Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
- ↑ „Туркистонбанкка бошқарув раиси ва унинг ўринбосарлари тайинланди“. Bankers.uz (2022-yil 11-avgust). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
- ↑ 14,0 14,1 14,2 14,3 „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2021 йил 1 апрель ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ 15,0 15,1 15,2 15,3 „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2021 йил 1 июль ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ 16,0 16,1 16,2 16,3 „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2021 йил 1 октябрь ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ 17,0 17,1 17,2 17,3 „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2022 йил 1 январь ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ 18,0 18,1 18,2 18,3 „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2022 йил 1 апрель ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ 19,0 19,1 19,2 19,3 „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2022 йил 1 июль ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „Ўзбек банклари I чоракни қандай соф фойда билан якунладилар“. Bankers.uz (2021-yil 16-aprel). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „Ўзбекистон банклари 1-ярим йилликни қандай молиявий натижа билан якунладилар?“. Bankers.uz (2021-yil 13-iyul). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „Ўзбекистон банкларининг даромадлилик кўрсаткичлари: 9 ой якунлари қандай?“. Bankers.uz (2021-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „Тўртта банк 2021 йилни молиявий зарар билан якунлади“. Bankers.uz (2022-yil 17-yanvar). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „Ўзбекистон банкларининг 2022 йил 1-чорак якунларига кўра баланс соф фойдаси (зарари) тўғрисида маълумот“. Bankers.uz (2022-yil 20-aprel). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „Тижорат банкларининг жами соф фойдаси 2022 йил 1-ярим йиллик якунлари бўйича 4 трлн. 755 млрд. сўмни ташкил қилган“. Bankers.uz (2022-yil 18-iyul). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.