Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti (2022)

Turkiy Davlatlar Tashkilotining 2022-yilgi sammiti (rasman Turkiy Davlatlar Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yigʻilishi) – 2022-yil 11-noyabrda Oʻzbekistonning Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti rahbarlarining uchrashuvi[1].

Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti (2022)

Sammit jarayoni
Mezbon davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Sana 11-noyabr 2022-yil
Shaharlar Samarqand
Ishtirokchilar

Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Vengriya bayrogʻi Vengriya
Turkiya bayrogʻi Turkiya
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon

Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston
Rais Shavkat Mirziyoyev
Keyingi Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti (2023)
Veb-sayti turkkon.org

Tashkil etilishi

tahrir

Ushbu sammit Turkiy davlatlar tashkiloti tashkil etilganidan keyingi birinchi sammit edi[2]. Sammit tashkil etilishi haqida 2021- yil 12-noyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida qaror qabul qilindi[3].

Sammit oldidan Oʻzbekistonda iqtisodiyot va tashqi ishlar vazirlari tomonidan ikkita alohida uchrashuv boʻlib oʻtdi[4].

Sammit

tahrir

Sammitda tashkilotning kelgusi besh yilga moʻljallangan strategik harakatlar rejasi qabul qilindi. Naxchivon kelishuviga, Turkiy davlatlar tashkilotining Savdoni rivojlantirish strategiyasiga, Soddalashtirilgan bojxona koridorini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitimga, xalqaro qoʻshma yuk tashish, umumiy tashish toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilish va bayonnomani imzolash kun tartibining asosiy masalalari boʻldi. Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlarning tegishli institutlari oʻrtasida raqamli inson resurslari tizimlari toʻgʻrisidagi oʻzaro anglashuv memorandumi va Turkiy davlatlar tashkilotining savdoni rivojlantirish strategiyasi boʻyicha kelishuvlar tuzildi[5]. Uchrashuvda yetakchilar mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi soʻnggi voqealarni ham muhokama qildilar[6].

Sammitning asosiy qarorlaridan biri aʼzo davlatlar va kuzatuvchi davlatlar iqtisodiyotini zarur resurslar bilan taʼminlash hamda yanada integratsiyalashgan turkiy moliya tizimini yaratishga koʻmaklashuvchi Turkiy investitsiya fondini tashkil etish boʻldi[7]. Sammit yakunida yetakchilar Samarqand deklaratsiyasini qabul qilishdi.

Sammit chogʻida Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdoʻgʻan va Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Turk dunyosining oliy ordeni bilan taqdirlandi[8].

Sammit yakunida Shimoliy Kiprga kuzatuvchi maqomi berildi[9].

Ishtirokchilar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Kudayarov, Borubek. „Садыр Жапаров вновь полетит в Самарканд“ (ru). kaktus.media (2022-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.
  2. Aghjeh, Amin E.. „Why China Fears the Emerging Turkic Alliance“ (en). The National Interest (2022-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.
  3. „Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti kelgusi yili O‘zbekistonda o‘tkaziladi.“ (2021-yil 13-noyabr).
  4. Kudayarov, Borubek. „Садыр Жапаров вновь полетит в Самарканд“ (ru). kaktus.media (2022-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.Kudayarov, Borubek (8 November 2022). „Sadir Japarov vnov poletit v Samarkand“. kaktus.media (in Russian). Retrieved 8 November 2022.
  5. „Ninth Summit of the Organization of Turkic States was held in Samarkand“. Türk Devletleri Teşkilatı (2022-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 11-noyabr.
  6. „Samarkand is preparing for the first summit of the Organization of Turkic States“ (en). Turkmenistan (2022-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.
  7. „Ninth Summit of the Organization of Turkic States was held in Samarkand“. Türk Devletleri Teşkilatı (2022-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 11-noyabr.„Ninth Summit of the Organization of Turkic States was held in Samarkand“. Türk Devletleri Teşkilatı. 11 November 2022. Retrieved 11 November 2022.
  8. @KhikmatPulatov. „Berdimuhamedov is awarded the “Supreme Order of Turkic World,” order symbolizing the unity of the Turkic-speaking states.“.
  9. „Turkish Cyprus gains Organization of Turkic States observer status“. Daily Sabah (2022-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 11-noyabr.