Tursunali Sulaymonov (oʻzbekcha: Турсунали Сулаймонов; 1897-yil, Fargʻona viloyati, Oʻsh uyezdi, Narimon qishlogʻi — 1971-yil, Oʻsh viloyati, Qorasuv tumani, Narimon qishlogʻi) — Oʻsh tumani (hozirgi Qorasuv tumani) Andreyev kolxozining (keyinchalik Narimonov nomidagi, undan keyin Lenin nomidagi kolxoz) raisi. Qirgʻiziston SSR Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957-yil 15-fevral). SSSR Oliy Kengashining 2-chaqiriq deputati[1]. Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashining 3 va 4-chaqiriq deputati.

Tursunali Sulaymonov
Tavalludi 1897-yil
Farg'ona viloyati, Oʻsh uyezdi, Narimon qishlogʻi — 1971-yil, Oʻsh viloyati, Qorasuv tumani, Narimon qishlogʻi
Vafoti 1971-yil
Oʻsh viloyati Qorasuv tumani) Narimon qishlogʻi
Fuqaroligi SSSR
Kasbi deputat, kolxoz raisi
Mukofotlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni
Lenin ordeni
Mehnat Qizil Bayrog'i ordeni (3 marta)
Butunittifoq qishloq xo'jaligi ko'rgazmasining oltin va kumush medallari

Biografiyasi tahrir

1897-yilda Fargʻona viloyati Oʻsh uyezdi (hozirgi Oʻsh viloyati Qorasuv tumani) Narimon qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topgan, millati oʻzbek.

1930- yilda Oʻsh viloyatidagi Andreyev kolxoziga ishga kiradi. 1932-yilda shu kolxozga rais etib tayinlanadi. 1938-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi safiga qoʻshiladi.

Sulaymonov oʻzi rahbarlik qilgan kolxozni Oʻsh viloyatidagi eng ilgʻor qishloq xoʻjaliklari qatoriga olib chiqadi. 1956-yilda kolxoz 810 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 32 sentnerdan paxta xom ashyosi olishga erishadi. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1957-yil 15-fevraldagi Farmoni bilan qand lavlagi, paxta va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, ekinlardan yuqori hosil olish maqsadida ilm-fan yutuqlari va ilg‘or tajribalarini keng qoʻllagan holda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlari uchun Lenin ordeni, Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni hamda „O‘roq va bolgʻa“ oltin medali bilan taqdirlanadi[2].

Tajribali rahbar Ikkinchi jahon urushi yillarida butun tajribasi va kuchini kolxoz xoʻjaligini rivojlantirishga, aholi turmush darajasini yuksaltirishga yoʻnaltiradi. 1942-yilda Leningrad blokadasi paytida uning tashabbusi va rahbarligida oʻzi boshqarib kelayotgan Lenin kolxozida 6 vagon sabzavot va mevalar, kiyim-kechak va boshqa zarur buyumlar toʻplangan. Ushbu buyumlarni yetkazish uchun respublika boʻylab jami 54 ta vagon yigʻiladi va 13 kishidan iborat delegatsiya ushbu yordam yukini Leningrad shahriga olib ketadi. Delegatsiya tarkibida Tursunali Sulaymonovning oʻzi ham bor edi. Sulaymonov Putilov zavodiga tashrif buyuradi va qamalda qolgan Leningrad shahri vaziyatini koʻradi. Sulaymonov Lenin nomidagi kolxoz boshqaruvining 5 gektar yerida sabzavot va meva yetishtirish toʻgʻrisidagi qarordan tashqari, qoʻshimcha ravishda Leningraddagi Putilov zavodi ishchilariga 1 vagon oziq-ovqat joʻnatadi. Koʻrsatgan yordami uchun Kirov zavodining faxriy xodimi unvoni bilan ham taqdirlanadi, shuningdek, Leningrad shahridagi Putilov zavodida muzeyida Sotsialistik Mehnat Qahramoni Tursunali Sulaymonovga bagʻishlangan burchak tashkil etiladi.

Sulaymonov Qorasuv tumani Narimon qishlog‘idagi Beshalish kanalida o‘rta quvvatli GESning hashar yo‘li bilan qurilishi tashkilotchilaridan biri sifatida ushbu qurilish ishlarida katta tashabbus koʻrsatadi.

SSSR Oliy Kengashining 2-chaqiriq deputati (1946—1950) va Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi deputati (1950—1958 ) etib saylangan. Oʻsh viloyat partiya komiteti byurosi hamda Qorasuv tuman partiya qoʻmitasi byurosi aʼzosi boʻlgan, partiya qurultoylari va konferensiyalarida faol ishtirok etgan.

Sulaymonov 1971-yilda oʻzi tugʻilgan qishloqda vafot etadi.

Mukofotlari tahrir

Oilasi tahrir

Sulaymonov uylangan, xotini — Unsinxon Sulaymonova (1907—1986) bilan 2 o‘g‘il va 4 qizni tarbiyalagan.

Xotira tahrir

  • Qorasuv tumanidagi 57-maktab va O‘sh viloyati Qorasuv tumani Narimon qishlog‘ining markaziy ko‘chalaridan biriga uning nomi berilgan.
  • Sulaymonov Kirov zavodining faxriy xodimi unvoni bilan taqdirlangan, Leningrad shahridagi Putilov zavodi muzeyida Sotsialistik Mehnat Qahramoni Tursunali Sulaymonov xotirasiga bagʻishlangan burchak tashkil etilgan.
  • SSSR parchalanganib ketganidan keyin Oʻsh viloyatining Qorasuv tumanidagi Lenin nomidagi kolxoz nomi Sulaymonov bilan oʻzgartirildi (keyinchalik kolxozdan uning nomi ham olib tashlangan).

Adabiyotlar tahrir

  • „Qirgʻiziston“. Uluttuk ensiklopediyasi: Boshki ed. Asanov Y. A., B.: Mamlekettik til jana ensiklopediya borboru, Bishkek
  • Borbugulov M., Oʻsh tariyhi ensiklopediyasi, Frunze, 1989
  • Qoʻl ostida Juraeva B. J. „Qirg‘iziston ravnaqi yo‘lida“ Qirg‘izistonning ko‘zga ko‘ringan o‘zbeklari haqida entsiklopedik nashri, 336 bet, „Rizvon“ O‘sh shahri, 2017 yil .

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir