UEFA Chempionlar ligasi 2001/2002

UEFA Chempionlar Ligasi — Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) tomonidan Yevropaning yuqori divizion klublari o‘rtasida har yili o‘tkaziladigan xalqaro futbol turniri.

2001-02-yil UEFA Championlari ligasi

Shotlandiya Glazgo Hampden Park stadioni 2002-yilgi UEFA chempionlari ligasi final mezboni
Umumiy maʼlumotlar
Sana Saralash:
11-Iyul – 8-Sentabr 2001
Asosoiy bosqich:
11-sentabr 2001 – 15-May 2002
Jamoalar Asosoiy bosqichda: 32
Umumiy: 72
Yakuniy natijalar
Chempionlar Ispaniya Real Madrid (9- marta)
2-oʻrin Germaniya Bayer Leverkusen
Statistika
Oʻyinlar soni 157
Gollar soni 393 (har oʻyinda oʻrtacha 2.5 ta)
Toʻpurar(lar) Niderlandiya Ruud van Nistelrooy
(10 goal)


UEFA Chemionlar ligasi logotipi


UEFA chempionlar ligasi kubogi

Yevropaning eng nufuzli klublari futbol turniri. 1955/56-yilgi ilk mavsumdan to 1991/92-yilgi mavsumgacha u Yevropa chempion klublari kubogi deb nomlangan. 1991/92-yilgi mavsumda turnir formati[1] o'zgartirildi va 1/8 finaldan keyin guruh turnirlari o'tkazildi. Keyin madhiya va gerb paydo bo'ldi. 1992/93-yilgi mavsumdan boshlab turnir hozirgi nomini oldi.

Turnirda 22 ta klub g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, ulardan 12 tasi bir necha bor g‘alaba qozongan. Ispaniya klublari turnirda 19 ta g'alabaga erishgan. G'olib bo'lgan unvonlar soni bo'yicha rekordchi "Real Madrid" bo'lib, u turnirda 14 marta g'alaba qozongan. 1992-yilda turnir nomi va formati o‘zgarganidan so‘ng, ketma-ket uch mavsum (2015/2016, 2016/2017, 2017/2018) Chempionlar Ligasida faqat “Real Madrid” g‘alaba qozona oldi. "Real Madrid" turnir formati o'zgargandan keyin eng ko'p 8 marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan klub bo'lib turibdi.

Tarix tahrir

Yevropa kubogi 1955-yilda fransuz sport jurnalisti va L'Équipe muharriri Gabriel Hanot taklifi bilan tashkil etilgan. Qit'a miqyosidagi futbol turniri g'oyasi Angliya matbuotida 1954-yilning kuzida "Spartak" va "Xonved"ni mag'lub etgan "Vulverxempton" dunyoning eng kuchli klubi ekanligi haqidagi bayonotlardan keyin paydo bo'ldi. Hanot o'z gazetasida eng kuchli klubni aniqlash uchun ham uy, ham safar o'yinlarini o'z ichiga olgan musobaqa o'tkazish zarurligini aytdi. Ertasi kuni Hanot musobaqaning mumkin bo'lgan loyihasini e'lon qildi va 1955-yil yanvar oyida birinchi Yevropa kubogi bo'lib o'tdi.

1955/56-yilgi Kubokning birinchi turnirda har bir tur ikki o'yin (uyda va mehmonda) o'ynaldi. 1992-yilga qadar qur'a tashlashda mamlakat chempionlari va yevrokuboklarning so‘nggi g‘olibi ishtirok etgan. 1991/92-yilgi mavsumdan boshlab, turnir formati guruh bosqichini o'z ichiga olgan holda o'zgartirildi va keyingi yili turnir Chempionlar ligasi nomini oldi. Shundan so‘ng saralash bosqichlari soni, guruhlar tarkibiga bir qancha o‘zgarishlar kiritildi. 1997/98-yilgi mavsumda bir qator mamlakatlarda (UEFA koeffitsientlari jadvali bo'yicha) ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar turnirda qatnasha boshladi. Saralash bosqichi tizimi qayta ishlab chiqilgan bo'lib, past koeffitsientga ega bo'lgan mamlakatlar chempionlari guruh bosqichi boshlanishidan oldin bir yoki bir nechta saralash bosqichida, yuqori koeffitsientga ega bo'lgan davlatlar jamoalari esa keyinroq ishtirok etishi mumkin. Ayni damda Chempionlar Ligasida eng yuqori koeffitsientga ega mamlakatlar to'rtta klub bilan ishtirok etmoqda.

 
UEFA chempionlar ligasi logotipi

Bosqichlari tahrir

Turnir bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, to‘rtta saralash bosqichidan boshlanadi. Jamoalar 2 tadan o'yin o'tkazishi kerak (uyda va safarda). Ikki uchrashuvning yig'indisi bo'yicha g'olib keyingi saralash bosqichiga o'tadi. Barcha saralash bosqichlaridan o'tib, jamoalar to'g'ridan-to'g'ri kelgan jamoalar bilan birga guruh bosqichiga kirishadi. Qur'a natijalariga ko'ra, jamoalar har biri 4 tadan 8 ta guruhga bo'lingan. Guruh bosqichi natijalariga ko‘ra, dastlabki ikki jamoa pley-offga, guruhda 3-o‘rinni egallagan jamoa esa Yevropa ligasining 1/16 finaliga yo‘l oladi. 1/8 final bosqichiga qura tashlash marosimi quyidagicha bo'ladi:

  • Bitta mamlakat (assotsiatsiya) vakillari va bir guruhdagi jamoalar o'zaro o'ynamasligi kerak.
  • Guruh g‘oliblari ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar bilan o‘ynaydi.
  • Birinchi o'rinlar ilk uchrashuvlarini mehmonda o'tkazishadi.
  • Jamoalar har biri 2 tadan o‘yin o‘tkazadi, natijada 1/4 finalga kim chiqishi aniq bo‘ladi. Ushbu bosqichdagi qur'a hech qanday cheklovlarni nazarda tutmaydi.
  • Chorak finaldan keyin yarim final, keyin esa neytral stadionda bitta o'yindan iborat final o'tkaziladi. Stadion UEFA komissiyasi tomonidan ariza topshirgan arizachilar orasidan oldindan tanlab olinadi.
  • U UEFAning 5 yulduzli reytingiga ega bo'lgan barcha kerakli talablarga javob berishi kerak.

2020/21 yilgi mavsumdan boshlab UEFA klublarga quyidagi mukofotlarni to'laydi:[2] Dastlabki bosqich: €230 000 Birinchi saralash bosqichi: €280 000 Ikkinchi saralash bosqichi: €380 000 Uchinchi saralash bosqichi: €480 000 Guruh bosqichidagi to‘lov: €1 525 000 Guruh bosqichidagi g'alaba: €2 700 000 Guruh bosqichidagi durang: €900 000 Pley-offning birinchi bosqichi (1/8 final): €9 500 000 Chorak final: €10 500 000 Yarim final: €12 000 000 Finalda yutqazgan jamoa: 15 000 000 evro Yakuniy g'olib: €19 000 000

Turnir homiylari tahrir

Liga tashkil etilayotgan vaqtda turnir homiylari 8 tadan ortiq kompaniya bo'lishi mumkin emasligi to'g'risida qaror qabul qilingan. Shartnoma shartlariga ko‘ra, bu kompaniyalar maydon perimetri bo‘ylab 4 ta bilbord, har bir o‘yin uchun ma’lum miqdordagi chiptalar hamda o‘yindan oldingi va o‘yindan keyingi intervyularda kompaniya logotiplarining bannerlarda ko'rsatish huquqini oladi. Shuningdek, ushbu kompaniyalar Liga o'yinlario'tkazilayotgan vaqtda reklama berish huquqiga ham ega[3].

Hozirda Chempionlar ligasining rasmiy homiylari:

  • Nissan[4]
  • PlayStation
  • Lay's
  • Santander
  • MasterCard
  • Expedia
  • Heineken[5]

Adidas kichik homiy hisoblanadi va o'yin uchun rasmiy to'pni yetkazib beradi. 2019/20-yilgi mavsumdan boshlab Italiyaning Macron sport brendi hakamlar formasini yetkazib bermoqda. Hublot, shuningdek, tanlovning to'rtinchi rasmiy hamkori sifatida ikkinchi darajali homiy hisoblanadi.

Agar klublar homiylikning tegishli toifasi cheklangan (masalan, Fransiyada alkogol reklamasini taqiqlash) mamlakatda o'yin o'tkazsalar, bu logotipni futbolkalaridan olib tashlashlari kerak. Masalan, Reynjers 1996/97-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi va UEFA Kubogida mos ravishda Fransiyaning Oser va Strasburg klublari bilan o‘ynaganida, Reynjers futbolchilari “MkEvans Lager” o‘rniga “Center Parcs” logotipini kiyib yurishgan (o‘sha paytda ikkala kompaniya ham Shotlandiyaning sho‘ba korxonalari edi).

2001-2002- yilgi mavsum tahrir

2001–2002-yillardagi UEFA Chempionlar Ligasi turnirning 47-mavsumi, UEFA klublar oʻrtasidagi asosiy futbol musobaqasi va Yevropa chempion klublari kubogi yoki Yevropa kubogi nomidan oʻzgartirilganidan beri 10-mavsum boʻldi. Turnirda Real Madrid g‘olib bo'ldi, u finalda Bayerni mag‘lub etib, to‘qqizinchi Yevropa chempionligini qo‘lga kiritdi. Finaldagi g‘alaba golini Zinedin Zidan chap oyog‘i bilan jarima maydonchasi chetidan yuqori chap burchakka tepib kiritdi. Bayer finalga yo'l olgan uchta ingliz jamoasini mag'lub etdi: Arsenal ikkinchi guruh bosqichida, Liverpul chorak finalda va Manchester Yunayted yarim finalda. Manchester Yunayted hujumchisi Rud van Nistelroy guruh bosqichining birinchi bosqichidan yarim finalgacha bo‘lgan o‘yingacha 10 ta gol bilan turnir to‘purari bo‘ldi. Bavariya amaldagi chempion sifatida turnirga tashrif buyurgan , ammo chorak finalda yakunda g'olib bo'lgan Real Madrid tomonidan mag'lub etilgan edi.


Assotsiatsiya jamoalari reytingi tahrir

2001-2002-yillardagi Chempionlar ligasida 51 ta UEFA assotsiatsiyasidan 48 ta assotsiatsiya vakillari ishtirok etgan ulardan jami 72 ta jamoa qatnashgan. Futbol assosiasiyalari reytingi va shunga mos ravishda 2001/2002-yilgi Chempionlar ligasidagi o‘rinlarni mamlakatlar o‘rtasida taqsimlash UEFA koeffitsientlari jadvali asosida tuzilgan bo‘lib, bu qur'a uchun klublarning Yevropaning rasmiy klublaridagi 1995/1996-yilgi mavsumdan 1999/2000-yilgi mavsumgacha bo'lgan musobaqalar o‘yinlari natijalari hisobga olingan. Lixtenshteyn (o'z ligasi yo'q), shuningdek, eng past reytingli uyushmalarga (Andorra va San-Marino) ruxsat berilmagan. Quyida 2001–2002-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi saralash sxemasi keltirilgan[6]:

  • 1–3-o'rinlar assotsiatsiyalarning har birida toʻrttadan jamoa bor.
  • 4–6-o'rinlar assotsiatsiyalarning har birida uchtadan jamoa bor.
  • 7–15-o'rinlar assotsiatsiyalarning har birida ikkitadan jamoa bor.
  • 16–49-o'rinlar assotsiatsiyalarda bittadan jamoa bor (Lixtenshteyndan tashqari)[7]
O'rin Assotsatsiya Koeff. Jamoa
1   Ispaniya 59.599 4
2   Italiya 55.927
3   Germaniya 46.403
4   Fransya 42.727 3
5   Angliya 41.455
6   Gollandiya 36.666
7   Rossiya 29.275 2
8   CHexiya Respublikasu 29.124
9   Gretsiya 28.866
10   Portugaliya 24.549
11   Turkiya 23.850
12   Ukraina 23.166
13   Norvegiya 22.100
14   Shveytsariya 21.000
15   Shotlandiya 20.500
16   Avstriya 20.500 1
17   Belgiya 19.050
O'rin Assotsatsiya Koeff. Jamoa
18   Daniya 18.175 1
19   Polsha 18.000
20   Ruminya 17.833
21   Xorvatiya 16.124
22   Shvetsiya 15.533
23   Vengriya 15.416
24   Isroil 13.541
25   Slovakiya 12.832
26   Sloveniya 11.831
27   Misr 11.498
28 Yugoslavia FR 11.415
29   Bolgariya 10.540
30   Gruziya 9.666
31   Latviya 8.332
32   Finlandiya 8.041
33   Belorussiya 7.583
34   Maldova 6.333
O'rin Assotsatsiya Koeff. Jamoa
35   Islandiya 6.332 1
36   Makedoniya 5.081
37   Litva 4.665
38   Estoniya 2.582
39   Uels 2.332
40   Armaniston 2.249
41   Irlandiya 1.665
42   Malta 1.498
43   Shimoliy Irlandiya 1.498
44   Farrer orollari 1.415
45   Lyuksemburg 1.332
46   Ozarbayjon 1.249
47   Lixtenshteyn 1.000 0
48   Albaniya 0.832 1
49   Bpsniya va Gersogovina 0.500
50   Andorra 0.000 0
51   San-Marino 0.000

Ishtirokchilar tahrir

2001/02-yilgi Chempionlar ligasida 48 ta UEFA assotsiatsiyasidan 72 ta jamoa ishtirok etadi. Har bir assotsiatsiya 1999/2000-ilgi Yeopa kubogi mavsumidan keyin koeffitsientga muvofiq qur'a tashlashda ishtirok etish uchun ma'lum miqdordagi jamoalarni taqdim etish huquqiga ega edi

1-dan 3-o'ringacha bo'lgan uyushmalar (Ispaniya, Italiya va Germaniya): 4 ta jamoa 4-6-oʻrindagi uyushmalar (Fransiya, Angliya va Gollandiya): 3 ta jamoa 7 dan 15 gacha bo'lgan uyushmalar: 2 ta jamoa 16 dan 49 gacha bo'lgan uyushmalar: 1 ta jamoa

Birinchi saralash bosqichi tahrir

20 ta assotsiatsiya chempionlari 29-dan 49-o'ringa (Lixtenshteyndan tashqari)

Ikkinchi saralash bosqichi tahrir

Birinchi saralash bosqichida g'olib chiqqan 10 ta klub 12 ta assotsiatsiya chempioni 17-28-'rinlar 10-15-assotsiatsiyalarda 6 ta ikkinchi o'rinni egallagan klublar

Uchinchi saralash bosqichi tahrir

Ikkinchi saralash bosqichida g‘olib chiqqan 14 ta klub 6 ta assotsiatsiya chempioni 11-16-o'rinlar 7-9-assotsiatsiyalarda 3 ta ikkinchi o'rinni egallagan klublar 1-6-assotasiyalarda uchinchi o'rinni egallagan 6 ta klub 1-3-assotsiatsiyalarda to'rtinchi o'rinni egallagan 3 ta klub

Birinchi guruh bosqichi tahrir

Uchinchi saralash bosqichida g‘olib chiqqan 16 ta klub 10 ta assotsiatsiya chempionlari 1-10-o'rinlar, shu jumladan turnirning amaldagi g'olibi 1-6-assotsiatsiyalarda 6 ta ikkinchi o'rinni egallagan klublar

Ikkinchi guruh bosqichi tahrir

Birinchi guruh bosqichida birinchi va ikkinchi o'rinlarni egallagan 16 jamoa

pley off tahrir

Ikkinchi guruh bosqichida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan 8 ta jamoa

Ishtirokchi jamoalar ro'yhati tahrir

Guruh bosqichi
  Real Madrid (1chi)   Bayern Munich (1chi)TH   Manchester United (1chi)   Spartak Moscow (1chi)
  Deportivo de La Coruña (2chi)   Schalke 04 (2chi)   Arsenal (2chi)   Sparta Prague (1chi)
  Roma (1chi)   Nantes (1chi)   PSV Eindhoven (1st)   Olympiacos (1chi)
  Juventus (2chi)   Lyon (2chi)   Feyenoord (2chi)   Boavista (1chi)
Uchinchi saralash bosqichi
  Mallorca (3chi)   Bayer Leverkusen (4chi)   Slavia Prague (2chi)   Rosenborg (1chi)
  Barcelona (4chi)   Lille (3chi)   Panathinaikos (2chi)   Grasshopper (1chi)
  Lazio (3chi)   Liverpool (3chi)   Fenerbahçe (1chi)   Celtic (1chi)
  Parma (4chi)   Ajax (3chi)   Dynamo Kyiv (1chi)   Tirol Innsbruck (1chi)
  Borussia Dortmund (3chi)   Lokomotiv Moscow (2chi)
Ikkinchi saralash bosqichi
  Porto (2chi)   Rangers (2chi)   Hajduk Split (1chi)   Inter Bratislava (1chi)
  Galatasaray (2chi)   Anderlecht (1chi)   Halmstad (1chi)   Maribor (1chi)
  Shakhtar Donetsk (2chi)   Copenhagen (1chi)   Ferencváros (1chi)   Omonia (1chi)
  Brann (2chi)   Wisła Kraków (1chi)   Maccabi Haifa (1chi)   [Red Star Belgrade (1chi)
  Lugano (2chi)   Steaua București (1chi)
Birinchi saralash bosqichi
  Levski Sofia (1chi)   Sheriff Tiraspol (1chi)   Barry Town (1chi)   VB Vágur (1chi)
  Torpedo Kutaisi (1chi)   KR Reykjavík (1chi)   Araks Ararat (1chi)  [F91 Dudelange (1chi)
  Skonto (1chi)   Sloga Jugomagnat (1chi)   Bohemians (1chi)   Shamkir (1chi)
  Haka (1chi)   FBK Kaunas (1chi)   Valletta (1chi)   Vllaznia Shkodër (1chi)
  Slavia Mozyr (1chi)   Levadia Maardu (1chi)   Linfield (1chi)   Željezničar Sarajevo (1chi)


Kvalifikatsiya tahrir

Birinchi kvalifikatsion bosqich tahrir

Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Araks-Impeks   0–3   Sheriff Tiraspol 0–1 0–2
Linfield   0–1   Torpedo Kutaisi 0–0 0–1
Bohemians   3–0   Levadia Maardu 3–0 0–0
F91 Dudelange   2–6   Skonto 1–6 1–0
Levski Sofia   4–0   Željezničar 4–0 0–0
VB Vágur   0–5   Slavia Mozyr 0–0 0–5
Valletta   0–5   Haka 0–0 0–5
Sloga Jugomagnat   1–1 (a)   FBK Kaunas 0–0 1–1
KR   2–2 (a)   Vllaznia 2–1 0–1
Barry Town   3–0   Shamkir 2–0 1–0

Ikkinchi kvalifikatsion bosqich tahrir

Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Haka   3–1   Maccabi Haifa 0–1 3–0*
Shakhtar Donetsk   4–2   Lugano 3–0 1–2
Omonia   2–3   Red Star Belgrade 1–1 1–2
Ferencváros   0–0 (4–5 p)   Hajduk Split 0–0 0–0 (q.v)
Porto   9–3   Barry Town 8–0 1–3
Maribor   1–6   Rangers 0–3 1–3
Galatasaray   6–1   Vllaznia 2–0 4–1
Slavia Mozyr   0–2   Inter Bratislava 0–1 0–1
Anderlecht   6–1   Sheriff Tiraspol 4–0 2–1
Torpedo Kutaisi   2–4   Copenhagen 1–1 1–3
Levski Sofia   1–1 (a)   Brann 0–0 1–1
Skonto   1–3   Wisła Kraków 1–2 0–1
Bohemians   1–4   Halmstad 1–2 0–2
Steaua București   5–1   Sloga Jugomagnat 3–0 2–1

* Ikkinchi o'yin 4:0 hisobida "Makkabi Xayfa" foydasiga hal bo'ldi, ammo diskvalifikatsiya qilingan futbolchini maydonga tushirgani uchun ularga 0:3 hisobida texnik mag'lubiyat yozildi.

Uchinchi kvalifikatsion bosqich tahrir

Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Shakhtar Donetsk   1–5   Borussia Dortmund 0–2 1–3
Lokomotiv Moscow   3–2   Tirol Innsbruck 3–1 0–1*
Steaua București   3–5   Dynamo Kyiv 2–4 1–1
Haka   1–9   Liverpool 0–5 1–4
Hajduk Split   1–2   Mallorca 1–0 0–2 (q.v)
Red Star Belgrade   0–3   Bayer Leverkusen 0–0 0–3
Wisła Kraków   3–5   Barcelona 3–4 0–1
Copenhagen   3–5   Lazio 2–1 1–4
Inter Bratislava   3–7   Rosenborg 3–3 0–4
Halmstad   3–4   Anderlecht 2–3 1–1
Slavia Prague   1–3   Panathinaikos 1–2 0–1
Galatasaray   3–2   Levski Sofia 2–1 1–1
Ajax   2–3   Celtic 1–3 1–0
Porto   5–4   Grasshopper 2–2 3–2
Parma   1–2   Lille 0–2 1–0
Rangers   1–2   Fenerbahçe 0–0 1–2

* O'yin bekor qilingan 2001-yil 22-avgust Tirol Insbruk 0-1 Lokomotiv Moskva[8][9].

Birinchi guruh bosqichi tahrir

Xaritada 2001–02-UEFA Chempionlari ligsi birinchi guruh bosqichi.
  Jigar rang: A guruhi;   Qizil: B guruhi;   Olov rang: C guruhi;   Sariq: D guruhi;
  Yashil: E guruhi;   Ko'k: F guruhi;   Binafsha rang: G guruhi;   Pushti: H guruhi.

Uchinchi saralash bosqichining 16 nafar g‘olibi, 1-10-o‘rinlarni egallagan mamlakatlardan 10 nafar chempion va ikkinchi o‘rinni egallagan 1-6-assotasatsiya davlatlaridan oltita jamoa har biri to‘rttadan sakkizta guruhga bo‘linishdi. Har bir guruhning eng yaxshi ikki jamoasi ikkinchi guruh bosqichiga, uchinchi o‘rinni egallagan jamoa esa UEFA kubogining uchinchi bosqichiga yo‘l oladi.

Seltik, Lill, Liverpul, Lokomotiv, Malyorka, Roma va Shalke-04 guruh bosqichida debyut qilishdi.

A guruhi tahrir

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Real Madrid 6 4 1 1 13 5 +8 13 Yo'llanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2   Roma 6 2 3 1 6 5 +1 9
3   Lokomotiv Moscow 6 2 1 3 9 9 0 7 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4   Anderlecht 6 0 3 3 4 13 −9 3
Manba: RSSSF

B guruhi tahrir

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Liverpool 6 3 3 0 7 3 +4 12 Yo'llanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2   Boavista 6 2 2 2 8 7 +1 8
3   Borussia Dortmund 6 2 2 2 6 7 −1 8 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4   Dynamo Kyiv 6 1 1 4 5 9 −4 4
Manba: RSSSF

C guruhi tahrir

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Panathinaikos 6 4 0 2 8 3 +5 12 Yo'llanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2   Arsenal 6 3 0 3 9 9 0 9
3   Mallorca 6 3 0 3 4 9 −5 9 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4   Schalke 04 6 2 0 4 9 9 0 6
Manba: RSSSF


D guruhi tahrir

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Nantes 6 3 2 1 8 3 +5 11 Yo'llanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2   Galatasaray 6 3 1 2 5 4 +1 10
3   PSV Eindhoven 6 2 1 3 6 9 −3 7 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4   Lazio 6 2 0 4 4 7 −3 6
Manba: RSSSF

E guruhi tahrir

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Juventus 6 3 2 1 11 8 +3 11 Yo'llanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2   Porto 6 3 1 2 7 5 +2 10
3   Celtic 6 3 0 3 8 11 −3 9 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4   Rosenborg 6 1 1 4 4 6 −2 4
Manba: RSSSF

F guruhi tahrir

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Barcelona 6 5 0 1 12 5 +7 15 Yo'llanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2   Bayer Leverkusen 6 4 0 2 10 9 +1 12
3   Lyon 6 3 0 3 10 9 +1 9 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4   Fenerbahçe 6 0 0 6 3 12 −9 0
Manba: RSSSF


G guruhi tahrir

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Deportivo La Coruña 6 2 4 0 10 8 +2 10 Yo'llanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2   Manchester United 6 3 1 2 10 6 +4 10
3   Lille 6 1 3 2 7 7 0 6 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4   Olympiacos 6 1 2 3 6 12 −6 5
Manba: RSSSF

H guruhi tahrir

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Bayern Munich 6 4 2 0 14 5 +9 14 Yo'llanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2   Sparta Prague 6 3 2 1 10 3 +7 11
3   Feyenoord 6 1 2 3 7 14 −7 5 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4   Spartak Moscow 6 0 2 4 7 16 −9 2
Manba: RSSSF

Ikkinchi guruh bosqichi tahrir

Birinchi guruh bosqichining sakkizta g‘olibi va sakkiz nafar ikkinchi o‘rin sohibi to‘rtta jamoadan iborat to‘rt guruhga bo‘lingan holda ikki guruh g‘olibi va ikki nafar ikkinchi o‘rinni egallash uchun kurashishlari kerak edi. Bir mamlakat yoki birinchi turda bir guruhida bo'lgan jamoalar qur’a tashlashda ishtirok etishmadi. Qoida bo'yicha har bir guruhdan eng yaxshi ikki jamoa chorak finalga yo‘l oladi.

A guruhi tahrir

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Manchester United 6 3 3 0 13 3 +10 12 Yo'llanma oldi Pley off bosqichiga
2   Bayern Munich 6 3 3 0 5 2 +3 12
3   Boavista 6 1 2 3 2 8 −6 5
4   Nantes 6 0 2 4 4 11 −7 2
Manba: RSSSF

B gurhi tahrir

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Barcelona 6 2 3 1 7 7 0 9 Yo'llanma oldi Pley off bosqichiga
2   Liverpool 6 1 4 1 4 4 0 7
3   Roma 6 1 4 1 6 5 +1 7
4   Galatasaray 6 0 5 1 5 6 −1 5
Manba: RSSSF

C guruhi tahrir

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Real Madrid 6 5 1 0 14 5 +9 16 Yo'llanma oldi Pley off bosqichiga
2   Panathinaikos 6 2 2 2 7 8 −1 8
3   Sparta Prague 6 2 0 4 6 10 −4 6
4   Porto 6 1 1 4 3 7 −4 4
Manba: RSSSF

D guruhi tahrir

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Bayer Leverkusen 6 3 1 2 11 11 0 10 Yo'llanma oldi Pley off bosqichiga
2   Deportivo La Coruña 6 3 1 2 7 6 +1 10
3   Arsenal 6 2 1 3 8 8 0 7
4   Juventus 6 2 1 3 7 8 −1 7
Manba: RSSSF

Pley off tahrir

Chorak final tahrir

Birinchi o'yinlar 2002-yil 2/3-aprelda bo'lib o'tgan. Javob uchrashuvlari - 9/10-aprel kunlari o'tkazilgan.

Chorak final natijalari
1-jamoa Xisob 2-jamoa 1-o'yin 2-o'yin
 Bayern Munich 2:3  Real Madrid 2:1 0:2
 Deportivo La Coruña 2:5  Manchester United 0:2 2:3
 Panathinaikos 2:3  Barcelona 1:0 1:3
 Liverpool 3:4  Bayer 04 Leverkusen 1:0 2:4

Yarim final tahrir

Birinchi o'yinlar 2002-yil 2/3-aprelda bo'lib o'tgan. Javob o'yinlari - 9/10-aprelda o'tkazilgan.

Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Barcelona   1–3   Real Madrid 0–2 1–1
Manchester United   3–3 (a)   Bayer Leverkusen 2–2 1–1

Final tahrir

Final 2002-yil 15-mayda Glazgo, Shotlandiyadagi Hampden Parkda boʻlib oʻtdi.

15 May 2002
19:45 BST
Bayer Leverkusen   1–2   Real Madrid Hampden Park, Glasgow
Tomoshabinlar: 52,000
Hakam: Urs Meier (Shveytsariya)
Lúcio   13' Report Raúl   8'
Zidane   45'

Statistika tahrir

2001–2002-yilgi UEFA Chempionlar ligasida (saralash bosqichidan tashqari) eng yaxshi to'purarlar va assistentlar ro'yhati:

Eng yaxshi to'purarlar tahrir

O'rin Ism Jamoa GOl O'yin O'ynagan daqiqasi
1   Ruud van Nistelrooy   Manchester United 10 14 1207'
2   David Trezeguet   Juventus 8 10 841'
3   Ole Gunnar Solskjær   Manchester United 7 15 630'
  Thierry Henry   Arsenal 7 11 981'
5   Giovane Élber   Bayern Munich 6 11 730'
  Diego Tristán   Deportivo La Coruña 6 12 797'
  Michalis Konstantinou   Panathinaikos 6 14 955'
  Raúl   Real Madrid 6 12 1080'
  Patrick Kluivert   Barcelona 6 15 1300'
  Michael Ballack   Bayer Leverkusen 6 15 1346'


Eng yaxshi assistentlar tahrir

O'rin Ism Jamoa Assis O'ynagan daqiqalari
1   Hasan Salihamidžić   Bayern Munich 5 675'
  Juan Sebastián Verón   Manchester United 5 1118'
  Ruud van Nistelrooy   Manchester United 5 1212'
  Bernd Schneider   Bayer Leverkusen 5 1433'
5   Jan Michaelsen   Panathinaikos 4 746'
  Rivaldo   Barcelona 4 896'
  David Beckham   Manchester United 4 1099'
  Roberto Carlos   Real Madrid 4 1106'
  Yıldıray Baştürk   Bayer Leverkusen 4 1241'
  Zé Roberto   Bayer Leverkusen 4 1342'

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir