Ulugʻbek Gʻaniyevich FayziyevOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi. Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi. Navoiy shahridagi „Zarafshon Golden Group“ MChJ taʼsischisi, oʻzbekistonlik yirik tadbirkorlardan biri. Doʻstlik ordeni sohibi (2019).

Ulugʻbek Gʻaniyevich Fayziyev
Fayl:Ulugʻbek Gʻaniyevich Fayziyev.jpg
 Qiziltepa tumani hokimi
Mansab davri
2021-yil 13-noyabr – Hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
 Senat aʼzosi
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 28-sentyabr 1976-yil (1976-09-28) (48 yosh)
Qiziltepa tumani
Navoiy viloyati
Millati oʻzbek
Maʼlumoti oliy
Mukofotlari Doʻstlik ordeni

Tarjimayi holi

tahrir

Ulug‘bek Fayziyev 1976-yil 28-sentabrda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tavallud topgan, Navoiy davlat konchilik instituti (1998) va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlarida (2010) tahsil olgan. Hokimlikka tayinlangunga qadar u tadbirkorlik bilan shugʻullangan va koʻplab yirik loyihalarni amalga oshirgan.

U „Zarafshon Golden Group“ kompaniyasini tashkil etib Navoiy viloyatida va Toshkent shahrida ko‘p qavatli turar joy binolari, shuningdek, ishlab chiqarish obyektlari, ichki avtomobil yo‘llarini qurish, bog‘chalarni taʼmirlash va boshqa qator qurilish ishlari bilan shug‘ullangan.

Ulug‘bek Fayziyev 2019-yilda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan[1].

2021-yil 13-noyabr kuni xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov so‘zga chiqib, 1998-yildan beri tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shabon Nabiyevni boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifasidan ozod etilganini maʼlum qildi va tuman hokimi lavozimiga Ulug‘bek Fayziyevni tayinlash to‘g‘risida qabul qilingan viloyat hokimining qarorini o‘qib eshittirdi[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Файзиев Улугбек Ганиевич“. Senat.uz. 2023-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2023-yil.
  2. Abdullaev. „Qiziltepaning 25 yillik hokimi ishdan olinib, o‘rniga tadbirkor keldi“. Qalampir. Qalampir.uz (2021-yil 13-noyabr). Qaraldi: 18-aprel 2023-yil.