Urutlar (moʻgʻ.: Урууд, Уругуд) — moʻgʻullarning Nirun shajarasi tarkibiga kiruvchi qabilalardan biri. Hozirgi vaqtda janubiy moʻgʻullardan tashkil topgan etnik guruh.

Tarixi tahrir

"Moʻgʻullarning maxfiy qissalar"da Nachin-Baaturning oʻgʻillari Uruuday va Mangutay deb atalgani aytiladi. Uruud va Mangʻit qabilalari aynan ulardan tarqalgan[1]. Urutlar moʻgʻullarning taychiut qabilasining bir qismi hisoblangan. Urutlar paydo boʻlgan vaqtdan boshlab moʻgʻullarning Nirun shajarasi tarkibiga kirgan va Xalxin gol yerlari hamda Amur daryosining yuqori oqimiga joylashgan. Urutlar 13-asr boshlarida Buyuk Moʻgʻullar davlatini tashkil qilish uchun katta kuch sarf etganlar.[2]

Urutlar — mangʻitlarga qardosh urugʻ hisoblanadi. Etnik nomi oltoy tilidagi urag (Moʻgʻul tilining eski yozuvidagi — uruγ) soʻzidan kelib chiqqan. Tungus-manjur va yoqut tillarida „uru“ — „urugʻ“, „qarindosh“, „qarindosh-urugʻ“ maʼnosini bildirsa, qadimgi turkiy tilda „urug“ — „urugʻ, avlodlar“ maʼnosida qoʻllanilgan[3]. Ushbu nom oltoy tilidagi „urug“ soʻziga -uud (-ud) affiksining qoʻshilishi bilan yasalgan: uruγ + ud > uruγud > uru’ud > urűd[2].

Urutlar „beshta katta aymoq“ tarkibida tahrir

Chingizxon beshta aymoqni (qabilani) boshqalaridan afzal koʻrgan, ularning xizmatlari Buyuk Moʻgʻul davlatini tashkil etishda, shuningdek urushlarda ham katta boʻlgan. Shu boisdan ularni „besh ustun“ yoki „beshta katta aymoq“ deb atashgan. Bular Urutlar, Mangʻitlar, Jaloyirlar, Qoʻngʻirotlar va Ehiriylar edi. Ular moʻgʻullar orasida yetakchisi Oltan Xon, imperiyaning oʻzi esa Oltan (Oltin imperiya) deb ataladigan Szin imperiyasi bilan urushda muhim rol oʻynaganlar.

1217-yilda Chingizxon Muxayli noʻyonga ushbu aymoqlardan kuchli va chidamli jangchilarni tanlab, „besh yoʻl tamachi“ qoʻshinlarini tashkil qilishni buyurdi. Turli manzillarga tarqatib yuborilgan tamachi qoʻshinlari mana shunday paydo boʻldi. Ular hujumlarda qoʻshinlarning old safida boʻlishlari kerak edi, obyektlarni, jumladan shaharlar va boshqa maskanlarni qoʻlga olishda ularga xavfsizlikni taʼminlash vazifasi yuklatilgan. Chingizxon va uning vorislari yaqin atrofdagi yerlarni beshta viloyat — Dalaynor, Gobi sahrosidan naridagi Luuxa daryosi, Sariq (Huanxe), Shandu shahri va Pekin shimoli-sharqidagi hududlarni besh aymoqqa ajratib berishgan[2].

Moʻgʻullarning Yuan davlati davrida ushbu aymoqlarga xon saroyi uchun nafaqa topshirish vazifasi yuklangan. Aymoqning zodagonlari saroy amaldorlari boʻlishgan va koʻpincha oltin sulola vakillari bilan qarindoshchilik aloqalarini oʻrnatishgan: ularning qizlari buyuk xonlar va noyonlarga turmushga chiqishgan yoki aymoq yetakchilari Chingizxon urugʻidan xotin olganlar. Shunday qilib, qoʻngʻirot urugʻining vakilalari Chingiz, Munke va Xubilay xonlardan „Xotun“ unvonini olganlar. Ularga Ulziyt, Huleg, Buyant va boshqalar uylanganlar. Moʻgʻullarning buyuk xonlari bilan yaqin munosabatda boʻlganliklari uchun aymoq yetakchilariga Yuan davlati xonlaridan van unvonlari berilgan, shu tufayli ularni „besh van aymoqlari“ deb ham atashgan. Tavnan (tabun + vang>tabunang) ikkita soʻz — „tavan“ hamda „van“dan hosil boʻlgan deb taxmin qilish mumkin. Dastlabda tanvan deganda faqatgina yuqorida tilga olingan besh aymoq yetakchilari nazarda tutilgan. Boshqacharoq qilib aytganda, tavan van (besh van) yoki tavnan deganda Urut, Mangʻit, Jaloir, Qoʻngʻirot va Ehiriy aymoqlarining chingiziylar oilasidan qiz olib, ularga kuyov boʻlgan noʻyonlari tushunilgan[2].

Zamonamizda tahrir

Hozirgi vaqtda urugʻ vakillari: urugud, kiton-urugud, moʻgʻul urugudlari Ichki Moʻgʻulistonning Ordos shahar okrugi hududida yashaydilar[2][4][5].

Moʻgʻulistonda Urud, Uruud, Urgud[6] kabi qabila familiyalariga ega insonlar istiqomat qilishadi. Ushbu familiya egalarining ayrimlari boshqa moʻgʻul urugʻi — urad vakillaridir. Shunday qilib, Xuvsgelda Urud nomi Urad etnonimining variantlaridan biri hisoblanadi[7].

Manbalar tahrir

  1. Sumʼyaabaatar B. Mongolin nuuts tovchoo. Үsgiyn galig. Ulaanbaatar, 1990. 967 x.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Очир А.. Монгольские этнонимы: вопросы происхождения и этнического состава монгольских народов. Элиста: КИГИ РАН, 2016. ISBN 978-5-903833-93-1. 
  3. Sravnitelniy slovar tunguso-manchjurskix yazikov. T. I. A-N. L.: Nauka, 1975. 672 s.; T. II. O-E. L.: Nauka, 1977. 992 s.
  4. Bügünüdei Goncuγ. Mongγul obuγ // Öbör Mongγol-un Soyol-un Keblel-ün Qoriya, 1993. 203 x. (na mongolskom yazike)
  5. „Монгол овог аймгууд“. Qaraldi: 2019-yil 4-yanvar.
  6. „Үндэсний Статистикийн Хороо“. Үндэсний Статистикийн Хороо. Qaraldi: 2021-yil 9-mart.
  7. Нанзатов Б.З. Этнический состав и расселение народов Монгольского Алтая и Прихубсугулья в начале XX века // Известия Иркутского государственного университета. Серия: Геоархеология. Этнология. Антропология. — 2013.