Usmon ibn Muhammad ibn Abu Sufyon
Usmon ibn Muhammad ibn Abu Sufyon (arabcha: عثمان بن محمد بن أبي سفيان) – Umaviylar sulolasining aʼzosi, 682-yilda xalifa Yazid I (h. 680–683) davrida Madina hokimi boʻlib xizmat qilgan. Ikkinchi fitna davrida, 682-yilda shahar aholisi tomonidan quvib chiqarilgan.
Usmon ibn Muhammad ibn Abu Sufyon | |
---|---|
Madina hokimi | |
Mansab davri 682 – 683 | |
Oʻtmishdoshi | Al-Volid ibn Utba ibn Abu Sufyon |
Vorisi | hech kim (Madinada ansorlar, qurayshiylar va qurayshiy bo‘lmagan muhojirunlarning qo‘zg‘olon ko‘tarishi natijasida)[1] |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Munosabatlari | Banu Umayya (urugʻ) |
Bolalari |
|
Ota-onasi | Muhammad ibn Abu Sufyon (otasi) |
Hayoti
tahrirUsmon ibn Muhammad Banu Umayya qabilasidan boʻlib, Abu Sufyon ibn Harbning nabirasi, xalifa Yazid I ning amakivachchasi edi[2]. Yazid I 682-yilda Usmonni boshqa bir amakivachchasi Volid ibn Utba ibn Abu Sufyonning oʻrniga Madinaga hokim etib tayinlagan. IX asr tarixchisi Tabariy tomonidan qayd etilgan maʼlumotlarga koʻra, Usmonning ushbu lavozimni egallashi Makkadagi Umaviylarga qarshi shaxs, xalifalikka daʼvogar Abdulloh ibn az-Zubayrning hiylasi natijasida yuzaga kelgan. Abdulloh Volid ibn Utbani Madina hokimi lavozimiga noloyiq deb maktub yoʻllab, uning oʻrniga boshqa bir kishining tayinlanishini taklif qilgan. Bunga javoban xalifa Usmonni viloyat hokimi deb eʼlon qilgan[3]. Tarixchi Julis Wellhausenning soʻzlariga koʻra, Usmon oʻsha vaqtda „yosh, tajribasiz va takabbur“ kishi boʻlgan[4].
Yazidga nisbatan Madinada ortib borayotgan qarshilikni yengillashtirish maqsadida Usmon Madina shahrining taniqli kishilaridan iborat elchilarni Yazidning Damashqdagi saroyiga yubordi. U xalifaning moliyaviy ragʻbatlar bilan qoʻllab-quvvatlashiga umid bildirar edi[5]. Shundan soʻng, Madina shahri aholisi elchilar guruhi aʼzosi Abdulloh ibn Hanzala boshchiligida Yazidga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib, Usmonga hujum qildi. Banu Umayya va ularning mavoliylari (arab boʻlmagan mijozlari) hamda Qurayshning 1000 ga yaqin tarafdorlari ham hujumga uchradilar va u yerdan qochib, Marvon ibn al-Hakamdan najot topdilar[6]. Tabariyning soʻzlariga koʻra, „yosh, hech qanday hukm chiqarish qobiliyatiga ega boʻlmagan“ Usmon bu inqiroz davomida Marvon tomonidan hokimiyatdan chetlashtirilgan[7]. Umaviylar oxir-oqibat xalifalikning siyosiy markazi boʻlgan Suriyaga koʻchib oʻtishgan. Madinadagi qisqa hukmronlik davridan keyin Usmonning hayoti bilan bogʻliq maʼlumotlar juda kam[8]. Qizlaridan biri Atika keyinchalik Umaviylar xalifasi al-Volid II ga (h. 743–744) turmushga chiqqanligi aytiladi[9][10].
Manbalar
tahrir- ↑ Yarshater 1985–2007, v. 19: pp. 201 ff.; EI2, s.v. "Al-Harra") ; Khalifah ibn Khayyat 1985, ss. 236 ff.; Al-Ya'qubi 1883, ss. 297 ff..
- ↑ Howard 1990, p. 197, note 655.
- ↑ Howard 1990, p. 197.
- ↑ Wellhausen 1927, p. 152.
- ↑ Wellhausen 1927, p. 152.
- ↑ Howard 1990, p. 201.
- ↑ Howard 1990, p. 202.
- ↑ Howard 1990, p. 197, note 655.
- ↑ Howard 1990, pp. 197–198, note 655.
- ↑ Robinson 2020, p. 146.
Adabiyotlar
tahrir- The History of al-Ṭabarī, Volume XIX: The Caliphate of Yazīd ibn Muʿāwiyah, A.D. 680–683/A.H. 60–64, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1990. ISBN 978-0-7914-0040-1.
- Robinson, Majied. Marriage in the Tribe of Muhammad: A Statistical Study of Early Arabic Genealogical Literature. Berlin: Walter de Gruyter, 2020. ISBN 9783110624168.
- Al-Ya'qubi, Ahmad ibn Abu Ya'qub. Historiae, Vol. 2. Leiden: E. J. Brill, 1883.
- Khalifah ibn Khayyat. Tarikh Khalifah ibn Khayyat, 3rd ed (ar). Al-Riyadh: Dar Taybah, 1985.
- The History of al-Ṭabarī (40 vols), SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1985–2007. ISBN 978-0-7914-7249-1.
Siyosiy idoralar | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: Al-Volid ibn Utba ibn Abu Sufyon |
Madina hokimi 682–683 |
Vorisi: boʻsh |