Usta Ruhiy madrasasi Registon dahasidagi Usta Ruhiy guzarida joylashgan.

Madrasa
Usta Ruhiy madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Holati Saqlanib qolmagan

Tarixi

tahrir

Oxund mulla Muhammad Nazar ibn mulla Muhammad G‘arib tomonidan hijriy 1222-yili (1807 — 1808) Samjan tumaniga qarashli Dehcha, Dehchai Sanjar mavzelarida 101 tanob yer vaqf qilingan. Hujjat Amir Xaydar va qozi Mir Abdulla hoji muhrlari bilan tasdiqlangan. Bemor talabalar ro‘yxatida Usta Ruhiy madrasasidan Nosiriddin, Xoja Turdi, Xalil rishta bilan xastalangani yozilgan. Usta Ruhiy haqida O.Suxareva mahalliy aholidan eshitgan rivoyatlarini yozib qoldirgan. Tadqiqotchining aniqlashicha, aholi bu shaxsni ruh maʼdaniga ishlov berishda mohir va chilangirlar piri deb bilar ekan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 421.