Uy hayvonlarining sirli hayoti (inglizcha: The Secret Life of Pets) — 2016-yilda Illumination Entertainment tomonidan ishlab chiqarilgan Amerika kompyuter-animatsion sarguzasht komediya filmi. Film Chris Renaud boshchiligida, Yarrow Cheney tomonidan boshqarilgan va Brian Lynch, Cinco Paul va Ken Daurio tomonidan yozilgan.[3] Shuningdek, ovoz berganlar Louis C.K., Eric Stonestreet, Kevin Hart, Steve Coogan, Ellie Kemper, Bobby Moynihan, Lake Bell, Dana Carvey, Hannibal Buress, Jenny Slate va Albert Brooks.

Uy hayvonlarining sirli hayoti
The Secret Life of Pets
Fayl:Uy hayvonlarining sirli hayoti poster.jpg
Oʻzbekcha chiqishli poster
Rejissyor(lar) Chris Renaud
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Rollarda
Bastakor(lar) Alexandre Desplat
Muharrir(lar) Ken Schretzmann
Studiya(lar) Illumination Entertainment
Distribyutor Universal Pictures
Chiqarilgan sanasi 8-iyul, 2016
(AQSh)
Davomiyligi 87 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $75 million
Daromadi $875.5 million[2]

Uy hayvonlarining sirli hayoti 2016-yil 16-iyun kuni Annecy Xalqaro Animatsion Filmlar Festivalida namoyish etildi va Universal Pictures tomonidan 2016-yil 8-iyul kuni AQShdagi teatrlarda chiqarildi. Film umumiy hisobda ijobiy tanqidlarga uchradi va dunyo boʻylab daromadi $875 millionga teng boʻldi va 2016-yildagi kassabop filmlar roʻyxatida oltinchi oʻrinda turadigan film boʻldi.

Shuningdek, ushbu filmning sikveli Uy hayvonlarining sirli hayoti 2 filmi boʻlib, premyerasi 7-iyun 2019-yilda boʻlib oʻtishi kutilmoqda va bunda Louis C. K. ovoz bergan Max roliga, endilikda Patton Oswalt ovoz beradi.

Mazmuni tahrir

Maks ismli it Manhattandagi bir uyda Keti ismli qiz bilan yashaydi. Keti kun davomida ishlayotganida, Maks uydagi boshqa uy hayvonlari bilan doʻst edi. Bular: tabbi mushugi Hloya, pug turidagi it Mel, dachshund turidagi it Baddi va budgerigar turidagi toʻtiqush Svit Pi. Bir kuni Keti uyga, topib olgan Dyuk ismli it olib keldi. Maksning esa unga nisbatan munosabati gʻazabdan iborat edi. Dyuk Maksning koʻchasidan chiqib ketishga harakat qilmoqda, biroq ikkovi ham Sphynx mushugi Ozon boshchiligidagi mushuklarning hujumiga uchraydi va u ikkala itning yoqasini olib tashlaydi. Shu sababli, ular hayvonlarni nazorat qilish tomonidan tutib olinadi. Oq tusdagi paxmoq it Gidjet Maksga oshiq holda yashirincha uni yoʻqolganligini aniqlab, uni topishga qaror qildi.

Maks va Dyuk egalari yomon munosabatda boʻlgani uchun odamlardan nafratlanadigan kanalizatsiyada joshlashgan uy hayvonlari toʻdasi — „Flushed Pets“ yoʻlboshchisi Snowball ismli oq quyon tomonidan qutqarilgan. Maks va Dyuk oʻz egalarini oʻldirganini aytish orqali odamlardan nafratlanishiga ishontirganlaridan keyin, Flushed Pets ularni toʻdasiga qoʻshilishni taklif qilmoqda. Ular sodiqligini isbotlashi uchun viparaga teginishi kerak edi. Ammo, Maks va Dyuk kanalizatsiya kanallaridan qochib ketishadi. Toʻda esa ularni taʼqib qiladi. Lekin, ikki it Bruklinda viparani kemada uchratib, nojoʻya harakati oqibatida oʻldirib qoʻyishadi. Oq quyon Snowball esa vipara xotiradiga ularni oʻldirishga vaʼda beradi.

Gidjet Maksni topish uchun qafasdagi qirgʻiy Tiberiydan yordam soʻraydi va undan itlar haqida biladigan narsalarni aytib berishiga undaydi. Tiberiy uni ozod qilshini soʻraydi. Gidjet uni qafasdan chiqaradi. Tiberiy unga tashlanadi, ammo Gidjetning mehribonligi Tiberiyni koʻnglini boʻshatadi va endilikda, unga yordam beradi.vKeyin Mel, Baddi, Hloya, Norman va Svit Pini chaqirishadi. Yoʻlda, ular Gidjet va uy hayvonlari Maksni topishda yordam beradigan aravada yuradigan choʻloq basset haund turidagi qariya Pops bilan tanishadilar. Ayni paytda Maks va Dyuk oziq-ovqat uchun kolbasa fabrikasiga hujum qilishdi. Keyinchalik, Gidjet va uning jamoasi Maks va Dyukni oʻldirishga vaʼda bergan Snowballga duch kelishadi va Norman Gidjetning jamoa aʼzolari qochib ketgani sababli qoʻlga olinadi.

Shu bilan birga, Dyuk Maksga oʻzining oldingi egasi Fredni va u bilan birga vaqt oʻtkazishni yaxshi koʻrgani haqida aytadi. Bunga koʻra, bir kuni Dyuk yoʻqolib qoladi va hayvonlarni nazorat qilish tomonidan qoʻlga tushadi. Buni tinglagan Maks yaqinda Fredning uyiga tashrif buyurishga Dyukni ishontiradi, egasi Fred uni hali ham yaxshi koʻrashini va uni qaytarib olashiga ishontiradi. Ular Fredning uyiga kelganda, Fredning vafot etganini rezidenti Reginalddan biladilar. Dyuk Maksni uni oʻldirishga urinayotganligini va hayvonlar nazoratini chaqirganlikda ayblaydi. Operatorlar Maksni qoʻlga olishmoqchi, lekin Dyuk Maksning qochib ketishi uchun yetarlicha vaqtga toʻsqinlik qiladi va uning oʻrnini egallashni yakunlaydi va oxir-oqibatda Dyukni qoʻlga olishadi.

Dyukni hayvonlarni nazorat qilishdan qutqarib qolishga harakat qilayotganda, Maksga uni oʻldirishga harakat qiladigan Snowball hujum qiladi. Ammo, uning toʻdasi qoʻlga kiritilganda, Snowball va Maks ularni qutqarish uchun birgalikda ishlash kerakligini tushunadi. Dyuk shahar avtobusida edi. Ular shahar avtobusini Bruklindagi koʻprik yoʻlini toʻxtatishadi. Flushed hayvonlari Maks bilan hamkorlikdan behabar holda, Maksni oʻrab olishadi, lekin Gidjet va uning jamoasi uni qutqaradi. Gidjetni kung-fu bilan shugʻullangan holida, Maks unga oshiq boʻlib qoladi. Maks Dyukning qafasidagi kalitlarini qabul qilgandan soʻng, furgon Sharqiy daryoga tushadi. Maks Dyukni ozod qila olmadi, shuning uchun Snowball daryoga tushib, kalitlarni olish uchun, ularni suvga tushib ketgan furgonidan qochishga ruxsat berdi.

Barcha jamoa haydovchi choʻchqa boshchiligida taksi orqali uyga qaytadi. Maks Gidjetga boʻlgan sevgisini izhor etadi. Snowball va Flushed hayvonlari keyinchalik barcha odamlarni yoʻq qilish uchun yangi reja tuzishadi, lekin Molly ismli bir qizcha kelmoqda va Snowballni yangi egasi boʻladi va Snowballga ham qizcha yoqadi. Qolgan uy hayvonlari kanalizatsiyaga qaytadi. Boshqa uy hayvonlari uylariga qaytib, oʻz egalarini quchoqlashadi, Maks va Dyuk nihoyat Keti bilan birlashib, haqiqiy doʻstlikni boshlashadi. Film soʻngida, Baddi va Mel pudl Leonardning uyida kostyumda namoyon boʻladi. Leonardning egasi toʻsatdan orqaga qaytadi va shu payt choʻchqa Tattoo qandildan yerga tushadi

Ovoz berganlar tahrir

Ishlab chiqarish tahrir

Slogan:

Siz uyingizda boʻlmagan paytda uy hayvonlaringiz nima qilishini bilasizmi?

Film haqida birinchi maʼlumot 2014-yil 24-yanvar kuni paydo boʻlgan. Shu kuni, Louis C. K., Eric Stonestreet va Kevin Hart asosiy qahramonlarga ovoz nerishi maʼlum boʻldi.[9] 2014-yil 16-iyunda Albert Brooks, Hannibal Buress, Bobby Moynihan, Lake Bell va Ellie Cemperlar ovoz berishi aniq boʻldi.[10] Filmning premyera sanasi 2016-yil 12-fevraldan 2016-yil 8-iyuliga qoldirilgan.

Manbalar tahrir

  1. THE SECRET LIFE OF PETS (U)“. British Board of Film Classification (3-iyun 2016-yil). Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
  2. „The Secret Life of Pets (2016)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 30-dekabr 2016-yil.
  3. Debruge, Peter. „Film Review: ʻThe Secret Life of Pets’“. Variety (16-iyun 2016-yil). Qaraldi: 2-oktabr 2016-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 Mike Fleming Jr. „Louis C.K., Eric Stonestreet & Kevin Hart To Voice Animated ʻPets’ Movie - Deadline“. Deadline Hollywood. Qaraldi: 19-yanvar 2015-yil.
  5. Billington, Alex „Watch: First Trailer for Illumination's 'The Secret Life of Pets' Movie“. FirstShowing.net (17-iyun 2015-yil). Qaraldi: 25-iyun 2015-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 „Albert Brooks in Negotiations for Illumination's 'Pets' Project; 4 More Join Voice Cast (Exclusive)“. TheWrap. Qaraldi: 19-yanvar 2015-yil.
  7. Dyer, James. „CinemaCon 2015: Universal Gears Up Fast & Furious 8“. Empire (24-aprel 2015-yil). Qaraldi: 17-iyun 2015-yil.
  8. 8,0 8,1 Douglas, Edward „CinemaCon: The Universal Pictures Presentation“. ComingSoon.net (23-aprel 2015-yil). Qaraldi: 24-aprel 2015-yil.
  9. „Chris Meledandri's Illumination Sets Louis C.K., Eric Stonestreet And Kevin Hart For 3D Animated 'Pets' Pic At Universal“ (inglizcha). Deadline. Qaraldi: 26-noyabr 2015-yil.
  10. „Albert Brooks in Negotiations for Illumination's 'Pets' Project; 4 More Join Voice Cast (Exclusive)“ (inglizcha). TheWrap. Qaraldi: 26-noyabr 2015-yil.

Havolalar tahrir