Makarov Vadim Vilyevich(1966-yil 27-avgust, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – rus harbiy generali, general-mayor. Rossiya Federatsiyasi Qahramoni[1].

Makarov Vadim Vilyevich
Tavalludi 27-avgust 1966-yil (1966-08-27) (58 yosh)
Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Unvoni general-mayor
Jang/urush Qorabogʻ mojarosi, Birinchi Chechen urushi
Mukofotlari Rossiya Federatsiyasi Qahramoni

Biografiyasi

tahrir

Makarov Vadim Vilyevich 1966-yil 27-avgust kuni Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1983-yil Samarqand shahridagi oʻrta taʼlim maktablarining birida 8-sinfgacha tahsil olgan. Shundan soʻng, Qozon harbiy maktabiga qabul qilinib, tahsilini davom ettirgan. Harbiy maktabni tamomlagandan soʻng, Sovet armiyasida xizmat qilgan. Vadim Makarov 1987-yil Ulyanovsk oliy tank qoʻmondonligi bilim yurtiga qabul qilingan. Germaniya, Shimoliy Kavkaz hamda Leningrad harbiy okruglarida xizmat qilgan. U tank guruhlariga rahbarlik qilgan. Vadim Makarov shu bilan birgalikda Qorabogʻ mojarosida ham qatnashgan. 1994-yil 11-dekabr kuni boshlanib, 1996-yil 31-avgustgacha davom etgan Birinchi Chechen urushi davrida kapitan Vadim Makarov 83-tank batalyoniga qoʻmondonlik qildi. Birinchi Chechen urushi yakunida batalyon bironta ham tankka zarar yetmadi. Chechen urushi janglari mobaynida Vadim Makarov unga qarata oʻq uzilganligi sababli katta jarohat olgan. Shifoxonalarning davolanish taklifini rad etib, jangda qatnashishni davom ettirdi. Vadim Makarov 1997-yilda Moskva shahri havo kuchlarida batalyon komandirining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari sifatida xizmat qilgan[2].

2001-yilda Qurolli Kuchlar akademiyasini tamomlagan.

Mukofotlari

tahrir

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 1997-yil 14-iyundagi farmoni bilan, Vadim Makarov maxsus topshiriqni bajarishdagi jasorati va qahramonligi uchun „Rossiya Federatsiyasi Qahramoni“ oliy ordeni bilan taqdirlandi.

Manbalar

tahrir
  1. „Geroy Rossiyskaya Federatsi“. Qaraldi: 11-sentabr 2023-yil.
  2. „Makarov Vadim“. Federalnaya Sayt. Qaraldi: 11-sentabr 2023-yil.