Valentin Mankin
Valentin Grigoryevich Mankin (ukraincha: Валентин Григорович Манкин; 1938-yil 19-avgust — 2014-yil 1-iyun) Kiyevlik sovet/ukraina yelkanli kema sporti ustasi, SSSR terma jamoasi tarkibida oʻynagan, u uch karra Olimpiya chempioni.
Valentin Mankin | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi |
19-avgust 1938-yil Kiyev, USSR, Sovet ittifoqi |
Vafot sanasi |
1-iyun 2014-yil (75 yoshda) Viareggio, Italiya |
Sport | |
Qaysi sport | yelkanli kema sporti |
Hayoti
tahrirValentin Mankin asli yahudiy edi[1]. U VSS Vodnikda mashq qilgan va 1968-yilda Mexiko shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzining birinchi Olimpiya gʻalabasini qoʻlga kiritgan, oʻshanda u Finn toifasida 35 ta raqibi ustidan ustunlik qilgan va oltin medalni qoʻlga kiritish uchun yettita poyganing beshtasida birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan.
1972-yilda Münchenda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida Valentin Mankin toifasini almashtirgan va Tempest toifasida gʻolib chiqish uchun Vitaliy Dirdira bilan hamkorlik qilgan. 1976-yilda Monrealdagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida u yangi hamkor Vladislav Akimenko bilan kumush medalni qoʻlga kiritgan. 1980-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 41 yoshida Aleksandr Muzichenko bilan „Star“ toifasida poygaga chiqqan. Musobaqa yakuniy poygaga qadar davom etgan, ammo Mankin gʻalaba qozongan va Oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Saksoninchi yillarning oxirida, u Livornoga (Italiya) koʻchib oʻtgan va u yerda Italiya yelkanli sport federatsiyasining texnik direktori va murabbiyi sifatida sportchilarning keyingi avlodini tayyorlay boshlagan. Livornoda u Beppe Croce (Olimpiya yelkanli kema sportchisi va Italiya yelkanli sport federatsiyasi prezidenti) ga bagʻishlangan Olimpiya oʻquv markaziga asos solgan.
2005-yil holatiga koʻra, Valentin Mankin Olimpiya tarixida uchta turli toifada oltin medallarni qoʻlga kiritgan yagona yelkanli kema sportchisi boʻlib qolmoqda (Finn, Tempest va Star toifasida)[2].
Vafoti
tahrirValentin Mankin 2014-yil 1-iyunda Italiyaning Viareggio shahrida vafot etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „YIVO | Sport: Jews in Sport in the USSR“. Yivoencyclopedia.org. 2015-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-iyun.
- ↑ „È morto Valentin Mankin“. Giornaledellavela.com (2014-yil iyun). Qaraldi: 2014-yil 1-iyun.
Adabiyotlar
tahrir- V. V. Kukushkin. Valentyn Mankin, Heroes of the Olympic Games (ru). Moscow: Fizkultura i sport, 1978. (Wayback Machine saytida 2007-10-25 sanasida arxivlangan)