Al-Valid ibn al-Mugʻiyra al-Maxzumiy (arabcha: الوليد بن المغيرة المخزومي) (milodiy 550–622-yillar) – Quraysh qabilasining Banu Maxzum urugʻi boshligʻi. Mashhur sahoba Xolid ibn Validning ota bir ukasi. Valid ibn Mugʻiyra Qurayshning koʻzga koʻringan vakillaridan boʻlgan.

Oilasi

tahrir

Al-Valid ibn al-Mugʻiyraning otasi Mugʻiyra ibn Abdulloh ibn Umar ibn Maxzum boʻlgan.

  1. Xolid ibn al-Valid[1], uning onasi Validning xotini Luboba as-Sugʻro, yaʼni al-Asmo binti al-Horis ibn al-Hazn boʻlgan. Biroq Xolid ham, uning ukalari ham otalari vafot etgan paytda Islomni qabul qilishmagan edi.
  2. Hishom ibn al-Valid
  3. Valid ibn al-Valid
  4. Ammora ibn Valid yoki Umara

Ayrim manbalarda Umar ibn Valid ibn Mugʻiyra haqida soʻz yuritiladi, lekin u Valid ibn al-Mugʻiyraning oʻgʻli ekanligi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar mavjud emas.

Qizlari:

  1. Nojiya bint Valid ibn al-Mugʻiyra, u Safvon ibn Umayyaga turmushga chiqqan.
  2. Fotima bint Valid, Banu Maxzum qabilasidan Horis ibn Hishom ibn al-Mugʻiyraga turmushga chiqqan. Fotima Ikrima ibn Abu Jahlga, keyin Xolid ibn Saidga turmushga chiqqan Ummu Hokimning onasi edi. Islomga daʼvat boshlanganida Valid ibn Mugʻiyra Muhammadni sehrgar deb eʼlon qilgan, shunda u haqida Qur’onning Muddassir surasi oyatlari nozil boʻlgan.

Islomga munosabat

tahrir

Quraysh qabilasi boshliqlari paygʻambar Muhammad Abu Tolib bilan birgalikda odamlarni islom diniga daʼvat qilishdan toʻxtamasligni koʻrganida, Valid ibn al-Mugʻiyra Utba ibn Rabi’a, Shayba ibn Abuhaybon, Shayba ibn al-Subon, Abu Sufyon ibn Harb, Abu al-Baxtariy ibn Hishom, al-Asvad ibn al-Murralib, Amr ibn Hishom (Abu Jahl), Nubayh ibn al-Hajjoj, Munabbih ibn al-Hajjaj va al-Os ibn Vaʼillar bilan birgalikda Abu Tolibning oldiga borishadi va u va jiyani Muhammad ularning xudolarini haqoratlashni bas qilishlarini aytadi. Ular Abu Tolibga hukmronlik qilish va islomni targʻib qilish maqsadidan voz kechish sharti bilan xohlaganlaricha eng goʻzal ayollarga uylanishlari mumkinligini taklif qilishadi. Bu taklifga nisbatan Muhammad shunday javob beradi: "Allohga qasamki, agar quyoshni oʻng qoʻlimga, oyni chap qoʻlimga qoʻysalar ham, men bu maqsadimdan qaytmas edim[2].

Har qanday taklifga qaramasdan Abu Tolibning Muhammadni qoʻllashdan voz kechmasligini anglagan Quraysh qabilasi boshliqlari Validning oʻgʻli Umara bilan birgalikda Abu Tolibning huzuriga boradi va: „Ey Abu Tolib, bu Qurayshning eng kuchli, eng chiroyli yigiti Umaradir, uni ol. Uning aqli va madadidan naf koʻrasan. Uni oʻgʻil qilib asrab ol va sening diningga va otalaringning diniga qarshi chiqqan, xalqingning birligini buzgan, bizni masxara qilgan jiyaningni bizga topshir. Biz uni oʻldiramiz. Bu inson berish evaziga inson olish boʻladi“. Ammo Abu Tolib bu taklifni rad etadi[3].

Bir hadisda aytilishicha, Muhammad Najm surasini tilovat qilganida, musulmonlar va mushriklar birgalikda sajda qilishgan[4]. Alfred Guillaumening bergan maʼlumotlarga koʻra, Valid ibn al-Mugʻiyra sajda qilish uchun juda keksa boʻlgan, buning oʻrniga u ramziy ravishda bir hovuch tuproq olib, uning ustiga egilgan[5]. Ammo "Sahihi Buxoriy"dagi hadisda aytilishicha, Najm surasi oʻqilganida, aslida Umayya ibn Xalaf qoʻliga toʻldirib qum olgan va unga sajda qilgan[6].

Valid ibn al-Mugʻiyra haqidagi Qur’on oyatlari

tahrir

Valid ibn al-Mugʻiyra Qur’onning bir qancha oyatlarida bilvosita zikr qilingan Quraysh rahbarlaridan biri edi. U al-Asvad ibn al-Mutalib ibn Asad, al-Asvad ibn Abdulyagʻuz, al-Os ibn Voil ibn Hishom va al-Hibomatulloh (al-Hibohiromah) bilan birgalikda 5 ta asosiy jinoyatchilardan edi.

Dinlarni birlashtirish taklifi

tahrir

Bir kuni Muhammad Kaʼbani aylanib oʻtayotganda, Valid ibn al-Mugʻiyra Asvad ibn al-Mutalib ibn Asad ibn Abduluzzo, Umayya ibn Xalaf va al-Os ibn Voil bilan birga uning oldiga kelib, unga shunday taklif beradi: „Ey Muhammad, kel, bizlar sening xudoyingni tan olib, unga ham ibodat qilaylik, sen ham oʻz xudoyingga qoʻshib, bizlarning butlarimizga ham sigʻingin“. Ushbu taklifga javoban Muhammad shunday deydi:

"(Ey Muhammad), ayting: „Ey kofirlar! Men sizlar ibodat qilayotgan narsalarga ibodat qilmasman. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qilguvchi emasman. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar. Sizlarning diningiz oʻzlaringiz uchun, mening dinim oʻzim uchundir!“ (Kofirun surasi[7])

Oʻlimi

tahrir

Valid ibn al-Mugʻiyra hijriy 1-yilda (milodiy 622–623) vafot etgan[8].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. at-Tabari. The History of al-Tabari Vol. 39: Biographies of the Prophet's Companions and Their Successors, Translated and annotated by Ella Landau-Tasseron, Albany: State University of New York Press, 1998 — 201–202-bet. 
  2. Guillaume, p119
  3. Guillaume, p. 119.
  4. al-Bukhari. „17 Prostration During Recital of Qur'an“. sunnah.com. — „Narrated `Abdullah bin Mas`ud: The Prophet (ﷺ) recited Surat-an-Najm (53) and prostrated while reciting it and all the people prostrated and a man amongst the people took a handful of stones or earth and raised it to his face and said, This is sufficient for me. Later on I saw him killed as a non-believer.“. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  5. Guillaume, p. 166.
  6. al-Bukhari. „65 Prophetic Commentary on the Qur'an (Tafseer of the Prophet (pbuh))“. sunnah.com. — „Narrated `Abdullah: The first Sura in which a prostration was mentioned, was Sura An-Najm (The Star). Allah's Messenger (ﷺ) prostrated (while reciting it), and everybody behind him prostrated except a man whom I saw taking a hand-full of dust in his hand and prostrated on it. Later I saw that man killed as an infidel, and he was Umaiya bin Khalaf.“. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  7. Guillaume, p165
  8. Zettersteen 2002.

Adabiyotlar

tahrir