Vasiliy Vasilyevich Grigoryev [1816.15(27)3- 1881.19.(31). 12] - sharqshunos.

Rossiya FA muxbir aʼzosi (1853), sharq adabiyoti dri (1863). G. Rossiyada birinchi boʻlib Sharq tarixi boʻyicha universitetda maʼruzalar qilgan. Rus tarixchilari orasida birinchilardan boʻlib Oʻrta Osiyo xalklari tarixi va madaniyatini oʻrganishga kirishgan.G. — 200 ga yaqin asar muallifi. Ilmiy ishlari orasida saqlar, Yunon-Baqtriya podsholigi, arab sayyohi Abu Dulafning Movarounnahrga sayohati, Xiva, Buxoro va Qoʻqon xonliklari haqidagi asarlari ilmiy qimmatga ega. G. ilmiy-pedagogik faoliyat bilan bir qatorda 35 yildan ortiq (1844 — 80) Tashqi ishlar vazirligida xizmat qilgan, jumladan Oʻrta Osiyo xonliklari va qirgʻizlar bilan ish olib boruvchi Orenburg chegara komissiyasi (1854 — 63) va Davlat matbuot ishlari Bosh boshqarmasi (1874 — 80) boshligʻi boʻlib ishlagan. G. oʻzining maʼmuriy faoliyatida podsho Rossiyasining siyosatini amalga oshirishga xizmat qilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil