Vikipediya:Administratorlikka soʻrovlar/Laziz Baxtiyorov

Quyidagi munozara muvaffaqiyatli yopilgan administratorlikka soʻrov arxivi sifatida saqlanadi. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Laziz Baxtiyorov tahrir

Nomzod tahrir

Assalomu alaykum. Men oʻzbekcha vikipediyada 1 yil-u 11 oydan buyon tahrir qilib kelmoqdaman. Vikipediyaga yanada koʻproq hissa qoʻshish va vikipediyani vandalizmdan himoya qilish uchun koʻproq vakolatlarga ega boʻlish maqsadida Administratorlikka nomzodimni qoʻymoqdaman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 06:59, 5-Sentabr 2022 (UTC)

Foydalanuvchi haqida maʼlumot

Laziz_Baxtiyorov (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)

Tahrirlar soni 2409 barcha tahrirlar, ulardan 1730 (73 %) tahrir maqolalar nomfazosida
Tahrirlar qisqa tavsifidan foydalanish 20,7% katta oʻzgarishlarda va 37% kichik tahrirlarda
Birinchi tahriri kuni 10 9 2020
Kuniga tahrirlarning oʻrtacha soni 3,327
Skype
Ovoz berish oʻtkaziladi 2022-09-05 dan 2022-09-12, 15:00 UTC gacha

Sharhlar tahrir

Ovoz beruvchilarga talablar tahrir

Ovoz berishda 2022-09-12 gacha boʻlgan ovoz beruvchiga qoʻyiladigan talablarga javob beradigan har bir roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin. Bu talablar quyidagichadir:

  1. maqolalar nomfazosidagi tahrirlar soni 100 tadan kam boʻlmasligi kerak;
  2. 2 oydan kam boʻlmagan stajga ega boʻlishi kerak (yaʼni, 07-07-2022 dan oldin roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi lozim);

Rozilar tahrir

  1.  Roziman — Ishonchli va juda faol nomzod. Umarjon Rahimov (munozara) 07:20, 5-Sentabr 2022 (UTC).
  2.  Roziman — DarkHorse(munozara) 07:39, 5-Sentabr 2022 (UTC)
  3.  RozimanYohanjon 23 (munozara) 08:08, 5-Sentabr 2022 (UTC) --
  4.  RozimanAlpasli (munozara) 09:53, 5-Sentabr 2022 (UTC);
  5.  Roziman — Yaxshi nomzoda va haqli. Foydalanuvchi: Mrjavokh1r (munozara) 14:12, 5-Sentabr 2022 (UTC).
  6.  Roziman — Muzaffar murodovich (munozara) 09:55, 5-Sentabr 2022 (UTC)
  7.  Roziman — Omadingizni bersin! PanPanChik (munozara) 12:03, 5-Sentabr 2022 (UTC)
  8.  Roziman — Xayrli bo'lsin. ShohjahonSobirov (munozara) 16:32, 5-Sentabr 2022 (UTC)
  9.  Roziman — Omad! MaxiMillian (talk) 16:42, 14-Oktabr 2022 (UTC) 
  10.  Roziman - Jamshid Nurqul (munozara) 14:36, 30-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman. Foydalanuvchi quyida unga Malikxan tomonidan 40 kun oldin berilgan aktual savollarning birortasiga ham javob berishni oʻziga ep koʻrmadi. Nomzod Administratorlikka hozircha noloyiq! Javobsiz qolgan savollarni tushunib oʻqib chiqqan kishi bunga amin boʻlishi aniq. „Vikipediyaga yanada koʻproq hissa qoʻshish va vikipediyani vandalizmdan himoya qilish uchun“ admin boʻlish talab etilmaydi. Bunday absurdni yigʻishtirish kerak doʻstlar. Nominator Vandalizmga qarshi kurashishi uchun maxsus yaratilgan Eski holiga qaytaruvchi statusiga oʻz nomzodini qoʻysa boʻladi. — Kagansky (munozarasi) 21:32, 14-Oktabr 2022 (UTC)

Betaraflar tahrir

Nomzodga savollar tahrir

Standart savollar
1. Administratorlar majburiyatlaridan qaysi birini bajarmoqchisiz?
Sahifalarni tekshirish, oʻchirish, himoyalash, nomaqbul tahrirlarni qaytarish, xatolik bilan oʻchirilgan sahifalarni qaytarish, vikipediya qoidalarini buzgan foydalanuvchilarni bloklash
2. Vikipediyaga qoʻshgan oʻz hissangizni qanday baholaysiz?
A'lo, deb hisoblayman
3. Sizda vikipediyaning boshqa foydalanuvchilari bilan qarama-qarshiliklar boʻlganmi? Agar boʻlgan boʻlsa, ularni qanday hal qilgan edingiz va kelajakda buni qanday hal qilmoqchisiz?
Hozircha hech qanday nizo boʻlmagan.
4. Sizda qoʻshimcha hisob yozuvi bormi? Izoh: Siz bu savolga javob berishga majbur emassiz.
Yoʻq
5. Siz biror marta blok qilinganmisiz? Agar ha, u holda qaysi sabab boʻyicha? ([Bloklash jurnali])
Blokka tushmaganman
6. Vikipediyaning aktiv foydalanuvchilaridan birortasi bilan shaxsan tanishmisiz?
Ha
7. Sizda boshqa manbalarda administratorlik tajriba bormi?
Yoʻq


Malikxandan qoʻshimcha savollar tahrir

@Laziz Baxtiyorov: Avvalambor, administrator oʻlaroq oʻzbekcha Vikipediyada xizmat qilishni taklif etganingiz uchun tashakkur. Ammo, biror foydalanuvchi Vikipediya siyosatiga mos boʻlmagan tahrir qilganda, unga foydalanuvchi munozara sahifasida ogohlantirish berganingizni, VP:TOʻM, VP:Oʻga mos boʻlgan sahifalarni oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatganingizni yoki oʻchirishga nomzod qilingan sahifalar munozara sahifalarida fikringizni bildirish orqali ishtirok etganingizni deyarli guvohi boʻlmaganman. Vikipediya siyosatini qanchalik bilasiz, bu ham menga nomaʼlum. Shu sababli quyidagi savollarimga javob bersangiz, siz haqingizda koʻproq bilib olaman, deb oʻylayman. Shuni ham qoʻshimcha qilmoqchimanki, savollarga yuqoridagi kabi ha yoki yoʻq shaklida emas, balki batafsil, iloji boʻlsa, misollar keltirib, javob bersangiz. Rahmat! Malikxan munozara 15:10, 5-Sentabr 2022 (UTC)

Assalomu alaykum, Malikxan. Avvalambor, ushbu soʻrov ochiq qolgani uchun uzr soʻrayman. Oʻsha vaqtda WikiStipendiya marafoni bilan bogʻliq jarayonlarda band boʻlganligim sababli ulgura olmagan edim. — Bu xabarni Laziz Baxtiyorov (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
8. Mana bu yerda xulosa chiqaruvchi statusi uchun soʻrov qoldirgan edingiz. Soʻrovingiz 2022-yil 2-sentabrda muvaffaqiyatsiz yopildi. Sababi hech bir foydalanuvchi ovoz berishda ishtirok etmadi. Oradan atigi 3 kun oʻtib, bu yerda administratorlikka nomzodingizni koʻrsatmoqdasiz. Bu oʻta qisqa muddatdir. Shunday boʻlsa-da, oʻtgan 3 kun ichida qanday xulosalar chiqardingiz/saboqlar oldingiz-ki, dastlab vikimizda xulosa chiqaruvchi sifatida xizmat qilishga istak bildirib, atigi bir necha kundan soʻng, bu istak administratorlikka koʻchdi? Xulosa chiqaruvchilikka soʻrovingizni muvaffaqiyatsiz yopilishiga olib kelgan kamchiliklaringiz nima edi?
Mana bu status uchun soʻrov berganim yodimda. Biroq, u vaqtlarda koʻpchilik ishtirokchilar va administratorlar boshqa jarayonlarda band boʻlganligi uchun ovoz berishda ishtirok etisha olmadi deb oʻylayman.
9. Administratorlikka nomzodingizni Vikipediyaga yanada koʻproq hissa qoʻshish va uni vandalizmdan himoya qilish uchun koʻproq vakolatlarga ega boʻlish maqsadida qoʻyganligingizni yuqorida taʼkidlab oʻtdingiz. Bugungacha, yaʼni administratorlikka nomzodingizni qoʻyganingizga qadar Vikipediyada vandalizmga qarshi amallar bajardingizmi? Administrator boʻlmasdan turib vandalizmga qarshi kurashish mumkinmi? Administrator sifatida loyihaga (Vikipediyaga) qanday koʻproq hissa qoʻshaman, deb oʻylaysiz?
Administrator boʻlmasdan ham maqolalarga {{delete}}, {{oʻchirishga}} andozalarini qoʻyish, Wikipedia qoidalarni buzgan foydalanuvchilarni ogohlantirish kabi vazifalarni bajarib kelmoqdaman. Administrator sifatida Wikipedianing yanada rivojlanishiga va vandalizmga qarshi kurashda yanada faol boʻla olaman
10. Vikipediya:Oʻchirishga sahifasini tekshirayotib, Таджиев, Амин Хамраевич maqolasini oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatganingizni payqadim. Bu maqolani nega tezda oʻchirishga emas, oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatish kerak deb hisoblaysiz?
Ushbu sahifa adashmovchilik natijasida yaratilgan va andoza ham oʻsha vaqtdagi tajribasizligim tufayli tanlangan edi. Hozir hammasi yaxshi.
11. Mana bu yerda oʻzbekcha Vikipediyaga yuklagan fayllaringiz roʻyxati keltirilgan. Ammo, ularning barchasi hozirgi holatida oʻchirilishi lozim. Ushbu fayllar nima sababdan oʻchirilishi kerak?
Faylllar bilan ham dastlab tajribasizlik qilganman. Yaʼni notoʻgʻri litsenziya orqali yuklaganman. Hozirda bu borada ham tajriba bor
12. Manfaatlar ziddiyati deganda nimani tushunasiz? Oʻzbekcha Vikipediyada manfaatlar ziddiyati sodir boʻlgan mavzulardagi maqolalarda qaysi jihatlarga eʼtibor qaratishimiz lozim deb hisoblaysiz?
Manfaatlar ziddiyati oʻzim bilan sodir boʻlmagani uchun hech narsa deyolmayman. Manfaatlar ziddiyati sodir boʻlgan hollarda albatta manbalarga asosiy eʼtibor berish kerak deb hisoblayman
13. Foydalanuvchilarga nisbatan ogohlantirishsiz bloklashlarni dastaklaysizmi?
Yoʻq. Har bir foydalanuvchi xatolari haqida ogohlantirilishi kerak.
14. Konsensus oʻzi nima va unga qanday erishmoq kerak?
Konsensus kelishuv. Albatta koʻpchilik ovoz orqali
15. Faraz qilaylik, Rustam05 nomli foydalanuvchi bor. U bir haftadan beri bir maqolaga hissa qoʻshyapti. Biroq, uning maqolada amalga oshirgan tahrirlari boshqa bir foydalanuvchi tomonidan iddaolari nufuzli manbalar bilan berilmagan, deb qaytarildi. Natijada, Rustam05ning bundan jahli chiqdi va sizning foydalanuvchi munozara sahifangizda unga chora koʻrishingizni soʻrab, xabar qoldirdi. Administrator oʻlaroq bu holatda qanday yoʻl tutgan boʻlar edingiz?
Vaziyatni yaxshilab tekshirgan holda va ayni shu maqolaning munozara sahifasida muhokama qilish orqali qaror qilaman.
16. Qaysi mavzudagi maqolalarda oʻzingizni betaraf emasman deb hisoblaysiz?
Betaraflik va xolislikni saqlay olaman deb oʻylayman. Mavzu emaskuya lekin manbalarsiz va EAga ega boʻlmagan maqolalarga betaraf boʻla olmayman
17. Vikipediyada bizga kerak boʻlgan yoki qisqa fursatda qayta koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan siyosat bormi?
Albatta. Avtobiografiyalar va Yashayotgan insonlarning biografiyalari kabi EnWikida mavjud qoidalar va koʻrsatmalar bizda ham qabul qilinishi kerak deb oʻylayman.
18. Mana bu sahifaga qarang. Ushbu foydalanuvchiga berilgan blok qolish kerakmidi yoki olib tashlanishi? Nima deb oʻylaysiz?
Bu mojarodan xabarim bor. Albatta, foydalanuvchi blokdan olinishi kerak edi va shunday boʻlgan.

Natija tahrir

Rad qilindi Status berilmadi
 Rozilar: 10
 Qarshilar: 1
 Betaraflar: 0
 Rozilar ovozlari foizi: 90,91%

 Izoh: Nomzod administratorlikka nomzodini mana bu yerda qayta koʻrsatganligi sababli status berilmadi. Malikxan munozara 04:48, 21-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]


Yuqoridagi munozara rasmiyatchilikka soʻrov arxivi sifatida saqlanadi. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang. Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.