Vikipediya munozarasi:Maqolalarni nomlash
Qoidani boshqa Vikipediyalar bilan moslashtirish
tahrirUshbu qoidamiz boshqa vikilardagidan tubdan farq qiladi. Vaholanki, bunga jiddiy sabab yoʻq.
Inglizcha Vikipediyani olsak:
- Article titles should be recognizable, concise, natural, precise, and consistent. (Taxminiy tarjimasi: Maqola nomi taniqli, qisqa, tabiiy, aniq va izchil boʻlishi kerak). Izoh: eʼtibor berish kerakki, taniqlilik (recognizable) birinchi oʻrinda turadi.
- Article titles are based on how reliable English-language sources refer to the article's subject. (Biz ham maqola predmeti haqidagi nufuzli oʻzbekcha manbalarga tayanishimiz kerak (agar boʻlsa), oʻzboshimcha tarjima qilish, transliteratsiya qilish original tadqiqotga kiradi).
- On the English Wikipedia, article titles are written using the English language. (Biz ham iloji boricha oʻzbek tiliga intilishimiz kerak)
- Приоритет в именовании статей следует, как правило, отдавать такому подтверждаемому авторитетными источниками названию, которое для большинства русскоговорящих читателей является наиболее узнаваемым и, по возможности, наименее неоднозначным. (Maqola nomi nufuzli manbalarda ishlatiladi, taniqli, odamni chalkashtirmaydi).
- Следуйте русскому написанию в заголовке статьи до тех пор, пока название остаётся привычным и узнаваемым для большинства русскоязычных читателей. (Xulosa: iloji boricha oʻzbekcha variantga intilish kerak; istisno: Google, Microsoft va hk, chunki oʻzbeklar uchun bu nomlar tanish).
- Русская Википедия пишется прежде всего для читателя, понимающего по-русски, и в названии статьи в большинстве случаев использует кириллицу, за исключением тех случаев, когда общепринято написание на латинице. (Xulosa: oʻzbekcha Vikipediya — oʻzbek tilini biladiganlar uchundir; ular boshqa tillarni umuman bilmasligi ham mumkin).
Fransuzcha, nemischa, turkcha kabi katta Vikipediyalarda ham maqolalar yuqorida aytib oʻtilgan printsiplarga asoslanib nomlanadi.
Inglizcha Vikipediyadagi qoidani sekin-sekin tarjima qilib oʻtkazishni taklif etaman. U yerda qoidalar yillar davomida charxlanadi. Yoqqan-yoqmagan joylarini ish jarayonida muhokama qilish ham mumkin. --Sociologist--munozara-- 19:13, 14-Dekabr 2015 (UTC)
- @Sociologist: buncha qayerlardan qoidalarni olib kelyapsiz? «Shaxsiyat ismlari transliteratsiyaga muhtoj boʻlsa, fonetik qoidalar va/yoki mavjud anʼanalarga binoan lotin yozuviga oʻgiriladi.» degan qoida bor-ku. Shuncha gaplarni koʻtarmasdan faqat kechaki maqolalarni koʻchirish boʻyicha tahrirlaringiz xatoligini tan olishingiz kerak, vikida koʻp muddatdan beri faoliyat yuritishingizni pesh qilmasdan. --Химик1991 (munozara) 06:21, 15-Dekabr 2015 (UTC)
Kishilar ismlari boʻyicha
tahrirMuammoni hal qilishning bir necha variantini koʻrib chiqishni taklif qilaman:
- Variant 1: Biror-bir predmet haqida oʻzbekchada umuman yozilmagan (manba yoʻq), uning asli nomi inglizchada. Misol: Janet S. Owens. Asl ismi inglizchada. Oʻzbekcha manba topish imkoniyati nolga teng. Kimdur bu kishi haqida uzvikida maqola yozmoqchi boʻlsa maqola nomi albatta „Janet S. Owens“ boʻladi, boshqa variant ham yoʻq (Janet Ouens deb transliteratsiya qilish ichidan toʻqib chiqarish boʻladi).
- Variant 2: Biror-bir predmet haqida oʻzbekchada umuman yozilmagan (manba yoʻq), uning asli nomi gruzinchada, inglizcha analogi bor. Misol: პაატა_ბურჭულაძე (inglizchasi). Agar biz Umumjahon Til Huquqlari Deklaratsiyasi 34-moddasiga amal qilishimiz shart deb hisoblasak, maqolani janob Burchuladzeni hurmat qilgan holda „პაატა_ბურჭულაძე“ deb nomlashimiz kerak. Boshqa yoʻli: vaqtincha maqolani „Paata Burchuladze“ deb nomlab turish, oʻzbekcha manba paydo boʻlganda esa, oʻsha oʻzbekcha variantga koʻchirish.
- Variant 3: Biror-bir predmet haqida oʻzbekchada umuman yozilmagan (manba yoʻq), uning asli nomi yaponchada, inglizcha analogi ham yoʻq. Misol: 張湛. Maqolani vaqtincha „張湛“ deb nomlashdan boshqa iloj yoʻq, oʻzbekcha manba paydo boʻlmaguncha.
Xulosa: Demak bunday sxemadan foydalanishimiz kerak:
- boshqa tillar → oʻzbekcha
yoki
- boshqa tillar → inglizcha → oʻzbekcha
(strelka belgisi (→) bir joyda 1 yil muddatni anglatishi mumkin, boshqa joyda — 100 yoki 1000 yilni. Faqat intilishdan toʻxtamaslik kerak. Masalan, oʻzbekcha manbalarda 50 yildan keyin balki „Google“ emas, „Gugl“ varianti koʻproq ishlatilar, shunda maqola nomi „Gugl“ga koʻchiriladi; balki „Google“ varianti 100 yildan keyin ham koʻproq ishlatilar — unda koʻchirishga asos yoʻq). --Sociologist--munozara-- 19:51, 14-Dekabr 2015 (UTC)
Inglizcha Vikipediyada oʻzbekcha ismlar
tahrirHar-xil nomlanadi. Albatta, inglizcha manbalar asosida. Tasodifiy misollar:
- Bakhtiyor Ikhtiyarov
- Tohir Sodiqov
- Sevara Nazarkhan
- Sherali Jo‘rayev
- Iroda Tulyaganova
- Hamza Hakimzade Niyazi
- Erkin Vohidov
- Abdulla Qodiriy
- Mohammed Alim Khan
- Ravshan Irmatov
- Salizhan Sharipov
- Rustam Kasimdzhanov
- Nodirbek Abdusattorov
--Sociologist--munozara-- 20:06, 14-Dekabr 2015 (UTC)
- Nomlarni har-xilligining sababi ularni kim birinchi qaysi nom bilan yaratganligida. Masalan oʻzbeklar yaratgan boʻlsa toza oʻzbekcha yozishgan, inglizlar - oʻzlarini tilida. @Sociologist: siz oʻtib bu nom xato originali bunday deb koʻchirsangiz boʻlsa kerak. --Химик1991 (munozara) 06:04, 15-Dekabr 2015 (UTC)
Kishilar ismlari (yana)
tahrirBu mavzu eskidan munozarali. Katta muhokama oʻtkazib, bir qarorga kelishimiz kerak. Hozirgi kunda amal qilinayotgan qoidani qabul qilganimizda oʻzbek tilida lotin yozuvida manba oz edi. Hozir ancha koʻpaydi.
- Aslidek yozishning yaxshi jihatlari:
- Lotin yozuviga oʻtishdan maqsad mutual understanding, yaʼni oʻzaro tushunishni osonlashtirish. Shuning uchun ham lotin yozuvini ishlatadigan barcha tillarda originali lotinda yoziladigan ismlarni aslidek yozishadi. Istisno faqat ozarbayjonlar (va yana bir-ikki kichik xalqlar), chunki ozarbayjonlar ham oʻzbeklarga oʻxshab ruslar taʼsiridan qutila olmayapti.
- Lotinda yoziladigan ism > ismning ruscha transliteratsiyasi > oʻzbek lotin versiyasi oʻzi gʻalati logika.
- Umumjahon Til Huquqlari Deklaratsiyasi 34-moddasiga binoan: „Har kim barcha jabhalarda oʻz ismini oʻzining tilida ishlatish, hamda lozim boʻlsa, boshqa yozuv tizimida oʻz ismining eng mos fonetik transkripsiyasini ishlatish huquqiga ega.“
- Nihoyat, menimcha, barcha lotin yozuvini ishlatadigan tillarda bir xil yoziladigan Shakespeare ismini Shekspir deb yozish juda xunuk koʻrinadi.
- Transliteratsiya qilishning afzal jihatlari:
- Yuqorida Sociologist yozganidek, ismlar oʻzbek oʻquvchisiga tanish boʻlishi kerak. Jek London, deb yozilgan kitobni koʻrgandim Toshkentga borganimda.
- Ikkinchidan, Jack emas, Jek deb yozsak, lotin-kirill konverterimiz yaxshi ishlaydi.
Bu borada oʻz fikringizni izhor qilishga chorlayman. Fikrlar toʻplangach, bir qarorga kelamiz. Balki ovoz berib, qoidalarni „rasman“ qabul qilamiz. Nataev munozara 03:55, 14-Aprel 2022 (UTC)
- Barchaga salom! Men originali lotin yozuvida boʻlgan kishi ismlarini aslidek yozish tarafdoriman va bu borada Abdulla akaning fikrlariga qoʻshilaman. Lotin-kirill konverter yaxshi ishlamasligi masalasiga kelsak, buning yechimi bor. Biz bunda {{Kirillsarlavha}} andozasidan foydalanishimiz mumkin. Masalan, Jack London maqolasini olaylik: lotin — kirill. Malikxan munozara 07:38, 14-Aprel 2022 (UTC)
O'zbekiston oykonimlari
tahrirO'zbekiston oykonimlari nihoyatda boy. Shahar,tuman, qishloq, ovul, mahalla, guzar, ko'cha, posyolka nomlari milliy boyligimiz, tilimizning o'ziga xos durdonalari. Etnooykonimlar hisoblangan Qipchoq, Mang'it, Qangli, Qanjig'ali, Qo'ng'irot kabi urug' nomlari bilan ataluvchi joy nomlarini Respublikamizning barcha viloyatlarida uchratishimiz mumkin. Joy nomlari o'tmishimiz, bebaho tariximizdan darak beruvchhi manba.Har bir ataluvchi joy nomi o'z tarixiga ega. Joy nomlarini to'gri aytish, yozish har bir shaxsning muqaddas burchi. Xolmuratov Ikrom Oqmanovich (munozara) 03:44, 10-Oktyabr 2023 (UTC)