Neris (daryo)

Litva va Belorussiyadagi daryo
(Viliyadan yoʻnaltirildi)


Neris (litovcha: Neris) yoki Viliya (belaruscha: Вілія) — Litva va Belarusdagi daryo, Nemanning oʻng irmogi. Minskdan shim. dagi botqoqliklardan boshlanadi. Uzunligi 510 km, havzasining mayd. 25,1 ming km2. Qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi; bahorda toʻlib oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 182 m3/sek. Neris havzasida 1,5 mingdan ziyod koʻl bor. Nerisning ayrim qismlarida kema qatnaydi. Sohilida Vilnyus va Kaunas shaharlari joylashgan.

Neris
litovcha: Neris
belaruscha: Вілія
Vilnyusdagi daryo
Vilnyusdagi daryo
Tavsif
Uzunligi 510
Suv sarfi 182 m³/s
Joylashuvi
Davlat Belarus va Litva
Neris (daryo)

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil