Villa Guardamangia
Villa Guardamangia (italyancha — „qarash“ va „ovqatlanish“), avvallari Casa Medina[1][2] va baʼzan Casa Guardamangia deb ham ataladi[3], 16,791 kvadrat fut (1,559.9 m2) maydonni egallagan bino Maltadagi Gvaramanġa Pieta shaharchasida joylashgan. U Edinburg gersoginyasi malika Elizabeth (keyinchalik qirolicha Elizabeth II) va Edinburg gersogi shahzoda Philipning 1949—1951-yillarda qarorgohi sifatida foydalanilgan.
Villa Guardamangia | |
---|---|
49, Guardamangia Hill, Pietà, Malta | |
Eski nomlari | Casa Medina |
Muqobil nomlari | Casa Guardamangia |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Buzilmagan |
Turi | Villa |
Meʼmoriy uslubi | Umumiy arxitektura va Neoklassika |
Joylashuvi | Gwardamanġa, Pietà, Malta |
Koordinatalar | 35°53′32.1″N 14°29′42.2″E / 35.892250°N 14.495056°E |
Egasi | Government of Malta |
Texnik holati | |
Material | Ohaktosh |
Villa Guardamangia |
Tarixi
tahrirHudud taxminan 1814-yilda Maltada Britaniya mustamlakasi boshlangan vaqtda katolik ruhoniyga tegishli boʻlgan. Dengiz boʻyidagi mulk 18-asr oʻrtalarida qurilgan deb hisoblaniladi. 20-asrning oxirida u bir nechta taniqli Malta oilalariga tegishli boʻlgan, ular orasida Sant-Fourniers, Bartolos va Schembris oilalari ham bor[4]. Bino 1900-yilda[5][6][7][8] ser Augusto Bartolo[9] tomonidan hozirgi koʻrinishga keltirilgan va Casa Medina deb nomlangan[10][11]. U dastlab qishloq uyi boʻlgan[12]. Inshoot 18 ta xona, hayvonlar uchun otxona, sayr qilish yoʻli boʻlgan katta bogʻ va urush vaqtida boshpana sifatida foydalaniladigan joydan iborat[13].
Taxminan 1929-yilda villa birinchi marta Lui Mountbattenga ijaraga berilgan[5]. U bino Marsaga yaqinligi sababli qiziqish bildirgan, shuningdek, bu yerda Mountbattenning dabdabali turmush tarziga mos keladigan ot poygasi va golf maydonchasi ham mavjud boʻlgan[5]. Villa yomon ahvolda boʻlib, bir nechta alohida xonadonlarga boʻlinib ketgan[1]. Shu sababli, Mountbatten uy taʼmirlanayotgan paytda Florianada[1] „Fenikiya“ mehmonxonasining ikki xonasida istiqomat qilishiga toʻgʻri kelgan[14]. Mountbatten bir muncha vaqt oʻtgach, villani sotib olgan[15] va 1950-yillarda Oʻrta yer dengizi flotining bosh qoʻmondoni sifatida Maltaga joylashganidan keyin bu hududga tez-tez tashrif buyuradigan boʻlgan[5].
Edinburg gertsogi va gertsoginasi Maltaga kelganida, dastlab ular Gerald Strickland va uning rafiqasi mezbonlik qilgan San-Anton saroyida turab qolganlar[16]. Malika Elizabeth (keyinchalik Qirolicha Elizabeth II) va turmush oʻrtogʻi Philip Mountbatten (keyinchalik shahzoda Philipp, Edinburg gertsogi) birinchi marta 1946-yilda Guardamangiada tunab qolishgan[17]. Er-xotin oʻsha paytdan to 1952-yilgacha bir necha marta mazkur hududga kelishgan. Philipp Maltada Qirollik dengiz floti ofitseri boʻlgan[18], Elizabeth esa Auberge de Kastiliyada askarlar, dengizchilar, harbiy xizmatchilar oilalari uyushmasi (SSAFA) bilan ishlagan[10]. Oxir-oqibat Mountbatten villani qirollik juftligiga taqdim etgan[19] [20] va ular 1949—1951-yillar orasida doimiy ravishda shu yerda yashaydigan boʻlishgan. Taxminlarga koʻra, Elizabeth toʻngʻich farzandi qirol Charles III ga villadaligi homilador boʻlgan[18]. Keyinchalik qirolicha Maltada oʻtkazgan yillarini hayotining eng yaxshi davrlaridan biri deb taʼriflagan, chunki bu vaqt u „oddiy“ turmush tarizni kechirishga muvaffaq boʻlgan yagona davr hisoblanadi[21].
Qirolicha Elizabth II 1992-yilda Maltaga davlat tashrifi chogʻida Villa Guardamangiaga ham borgan. 2007-yilda esa u Edinburg gersogi bilan birga ularning 60 yillik yubileyini nishonlagan[22]. Malta oliy komissari Norman Hamilton 2013-yilda qirolichaga „Villa Guardamangia“ rasmini sovgʻa qilgan[23]. Qirolicha 2015-yilda Hamdoʻstlik Hukumat rahbarlarining yigʻilishi Maltada boʻlgan vaqtida, villani koʻrishni iltimos qilgan, biroq hududning oʻsha vaqtdagi egalari[18] Ġużè Schembri oilasi[2] kambagʻalliklari sababli villa xaroba ahvolga kelib qolgani uchun, qirolichaning villani koʻrish haqidagi taklifini rad etishgan[24]. Prezident Marie Louise Coleiro Preca qirolichaga villa fasadining yana bir tasvirini sovgʻa qilgan[25].
Bino 2019-yilda sotuvga qoʻyilgan, soʻrov narxi 5 900 000 yevro etib etib belgilangan[26][27]. Binoning katta qismi, jumladan mebellar, sanʼat asarlari va antiqa buyumlar 2019-yil sentyabr oyida kim oshdi savdosida sotilgan[28]. Binoni qayta tiklash va jamoatchilik uchun ochiq qilish harakatlaridan soʻng[29], u 2019-yil oktyabr oyida Malta hukumati tomonidan sotib olingan va keng qamrovli restavratsiya ishlari uchun Heritage Malta kompaniyasiga topshirilgan[30].
Bino tuzilishi va bogʻlari
tahrirVilla Gvardamangia qishlogʻida[31], Valletta hududidan[32] tashqarida joylashgan[33] tor koʻchadagi sokin turar-joy maskanida bunyod etilgan[34][35][36]. Villa Marsamxett bandargohi ustidan dengiz manzarasi bilan toʻldirilgan saroy shaklida qurilgani tasvirlangan suratlar mavjud[20]. Qirolicha uni „shahar uyi“ deb taʼriflagan[10]. Bu odatiy anʼanaviy Malta qarorgohining bir naʼmunasidir[9]. Bino ohaktoshdan qurilgan, ammo omma orasida qumtosh sifatida tanilgan va qirolicha tomonidan „sariq tosh“ sifatida tasvirlangan[10][37]. Uyning ikkita kirish eshigi bor, ulardan biri koʻcha tomonda, ikkinchisi esa zinapoyadan yuqoriga koʻtarilgan joyda oʻrnatilgan[10]. Qirollik oilasi villada[38] yashagan vaqtlarida Britaniyadan oʻz shaxsiy narsalarini olib kelishgan. Bu ularga bir paytlar nafis uyda[39], dabdabali muhitda yashashga imkon bergan[32]. Qirollik oilasining villada britaniyalik xizmatkorlari boʻlgan[40].
Villa bogʻlari u qadar koʻp emas[41]. Qirolicha uni oddiygina „Villa Guardamangiadagi kichik bogʻ“ deb taʼriflagan[10]. Qirolichaning oʻzi bogʻlar va atrofdagi hududni oʻz didi va turmush tarziga koʻra bezatgan[14], ammo bogʻ bilan bogʻliq koʻplab ishlar bogʻbon tomonidan bajarilgan[42]. Bogʻdagi asosiy tashqi xususiyat — bu villa binosidan bogʻning narigi tomoniga olib boradigan uzun terassa yoʻli boʻlgan. Terassaning oʻrtasida skameyka boʻlib, u yerda qirollik juftligi va mehmonlarning eng mashhur, nashr etilgan fotosuratlari olingan[43]. Boshqa fotosuratlar villaning tom terassasida olingan[5], baʼzilari esa matbuot suratkashlari tomonidan villaning old tomonida, er-xotin zinapoyada yurgan paytda suratga tushirilgan[44]. Bogʻda koʻngil ochish, shuningdek, gullarni yetishtirish singari ochiq havoda qilinadigan koʻplab yumushlar boʻlsa-da, shahzoda Philipp oʻz xonasida vaqt oʻtkazishni koʻproq yoqtirgan[42].
Hozirgi ahvoli
tahrirBino Malta Atrof-muhitni asrash va rejalashtirish boshqarmasi tomonidan 2-darajali yodgorlik sifatida belgilangan[45]. Flimkien għal Ambjent Aħjar nohukumat tashkiloti uni qayta tiklashga daʼvat qilgan. Hukumat keyinchalik villani ekspropriatsiya qilish va qayta tiklash jarayonini boshlagan[46]. Uning oʻsha paytdagi egalari villani buzish va qayta qurib, sotish uchun uning holatini yomonlashishiga uringanlikda ayblangan[47].
Villa Guardamangia qayta tiklanganidan keyin potensial turistik diqqatga sazovor joyga aylangan. 2015-yilda oʻtkazilgan ilmiy boʻlmagan onlayn soʻrovda soʻrovnoma ishtirokchilarning 84 foizi villa qayta tiklansa va ommaga ochiq deb eʼlon qilinsa, unga tashrif buyurishlarini aytishgan[48][49]. Villa qirollik oilasi bilan bogʻliq boʻlgan umumiy muassasa hisoblaniladi[50]. Daily Telegraphdagi bir maqolada Rabatdagi Villa Luginslandning old qismi Villa Guardamangianing orqa tomoni sifatida xato tasvirlagan[47].
Villa Guardamangia mulki Marika Schembri va uning aka-ukalariga tegishli boʻlgan[24]. 2019-yilning iyun oyida villa 6 million yevroga (5,3 million funt) sotuvga qoʻyilgan[51]. Biroq, u 5 million yevroga sotilgan[52]. 2019-yil oktyabr oyidan boshlab villa Malta hukumatiga tegishli[30][53]. 2020-yil iyun oyidan boshlab Heritage Malta (madaniy meros boʻyicha milliy agentlik) villada keng qamrovli restavratsiya ishlarini olib bormoqda. Britaniya qirollik oilasi villaning qayta ochilishiga taklif qilinishi kutilgan[54].
Galereya
tahrir-
Villa Guardamangia yonidagi turar joy koʻchasi 2024 yil.
-
Villa Guardamangia 2024-yil.
-
"Villa Guardamangia" deb yozilgan belgi.
-
Villaga kirish qismi.
-
Villaga kirish 2024-yilda koʻchadan koʻrinishi.
-
Villa ichki qismining fotosurati.
-
Villaning ichki qismi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Connell, Brian. Manifest Destiny: A Study in Five Profiles of the Rise and Influence of the Mountbatten Family. Cassell, 1953.
- ↑ 2,0 2,1 Guillaumier, Alfie. Bliet u Rħula Maltin (mt). Valletta: Valletta Publishing & Promotion Co. Ltd., 1987 — 268-bet.
- ↑ De Marco, Mario. „Sharing some palatial thoughts“. Times of Malta (2015-yil 2-may). 2015-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Watch: Finding the missing pieces of the Queen's residence in Guardamangia“ (2020-yil 25-dekabr).
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 „The Malta home of TRH's The Duke and Duchess of Edinburgh at the Villa Guardamangia, Pieta during the 1949 to 1951 period“. godfreydykes.info. 2015-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Scheduled Property - Gwardamanġa“. Malta Environment and Planning Authority. 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 14-fevral.
- ↑ „Gwardamangia“ (mt). Grech Claudio. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-dekabr.
- ↑ Martin, Ivan. „Queen Elizabeth's Malta home in disrepair and must be restored before the royal visit“. Times of Malta (2015-yil 26-aprel). 2015-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 9,0 9,1 „Villa Guardamangia“. The Crown Colonist. 20-jild. 1950. 455-bet.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 10,5 Hicks (2014).
- ↑ Hatch, Alden. The Mountbattens. W.H. Allen, 1966 — 208-bet.
- ↑ Christopher, Peter H.. The Spanish Knight's Secret. FriesenPress, 2017 — 61-bet. ISBN 978-1-4602-9709-4.
- ↑ „Glimpse of a villa's glorious past“ (2020-yil 12-avgust).
- ↑ 14,0 14,1 Morgan (1991).
- ↑ Borda, Alfred Conti. „Maltese seaman who survived sinking of Mountbatten's ship“. Times of Malta (2012-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 1-yanvar.
- ↑ Galea, Michael. „Queen Elizabeth's stays in Malta over the years“. Times of Malta (2015-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 1-yanvar.
- ↑ Dexter, Margaret. Malta Remembered. iUniverse, 13 March 2009 — 11-bet. ISBN 978-0-595-89670-7.
- ↑ 18,0 18,1 18,2 Alexander, Adam. „Row in Malta over Queen's crumbling former home“. The Daily Telegraph (2015-yil 30-aprel). 2015-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Morrow, Ann. The Queen. W. Morrow, 1 August 1983. ISBN 978-0-688-02136-8.
- ↑ 20,0 20,1 Edwards (1990).
- ↑ Castillo, Ruth. „"They were proud that she lived here!" – G'Mangia residents on the Queen“. TVM (2015-yil 26-noyabr). 2015-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „'It looks rather sad now': Queen's forlorn response on villa where she once lived“. The Malta Independent (2015-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 1-yanvar.
- ↑ „Guardamangia...ghal darba darbtejn!“ (mt). Net News (2015-yil 28-noyabr).
- ↑ 24,0 24,1 Rayner, Gordon. „Queen makes emotional visit to Malta for what may be her last Commonwealth summit“. The Daily Telegraph (2015-yil 25-noyabr). 2015-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Painting of Villa Guardamangia presented to the Queen“. Times of Malta (2015-yil 26-noyabr). 2015-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Historic potential of Queen's old home“. Timesofmalta.com (1940-yil 22-avgust). Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.
- ↑ „Malta palazzo that served as Queen Elizabeth's home on sale for €6 million“. MaltaToday.com.mt (2019-yil 11-iyun). Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.
- ↑ „Contents of Queen's Malta home to be sold at auction“. Times of Malta (2019-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.
- ↑ „Historic potential of Queen's old home“. Times of Malta (2019-yil 22-iyun). Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.
- ↑ 30,0 30,1 „Queen's former Malta home to be restored after being bought by government“. Times of Malta (2019-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.
- ↑ Campbell, Judith. Elizabeth and Philip. Barker, 14 September 1972 — 61-bet. ISBN 9780213164065.
- ↑ 32,0 32,1 „A legacy of fry-ups and red postboxes“. BBC News (2015-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 1-yanvar.
- ↑ DrGoogelberg. English Princesses. Lulu.com, 2012 — 172-bet. ISBN 978-1-291-07969-2.
- ↑ Rix, Juliet. „Malta: Explore this distinctly British isle's regal heritage“. Daily Express (2015-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 1-yanvar.
- ↑ „Apartments For Sale“. Pieta Apartments. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-dekabr.
- ↑ Cathcart, Helen. The Queen Herself. W.H. Allen, 5 February 1982 — 125-bet. ISBN 978-0-491-02755-7.
- ↑ Bedell Smith, Sally (December 14, 2011). „Love and Majesty“. Vanity Fair.
- ↑ Fisher, Graham. The Queen's Family. W.H. Allen, 1982. ISBN 978-0-491-02867-7.
- ↑ Higham, Charles. Elizabeth and Philip: The Untold Story of the Queen of England and her Prince. Berkley Books, March 1993. ISBN 978-0-425-13757-4.
- ↑ The Malta Year Book. St. Michael's College Publications, 1968.
- ↑ Holden, Anthony. Charles, Prince of Wales. Pan, 1980 — 73-bet. ISBN 978-0-330-26167-8.
- ↑ 42,0 42,1 Dean, John. H. R. H. Price Philip, Duke of Edinburgh: A Portrait. R. Hale, 1954.
- ↑ Flamini, Roland. Sovereign: Elizabeth II and the Windsor Dynasty. Random House Publishing Group, 4 July 1992 — 114-bet. ISBN 978-0-440-21190-7.
- ↑ British Monarchy. „Returning to Villa Guardamangia after State Drive [Royal Visit to Malta, 1949“]. Flickr. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-dekabr.
- ↑ „Development Planning Act, 1992 (Section 46) – Scheduling of Property“. Malta Government Gazette (2001-yil 20-aprel), s. 4036. 2015-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Martin, Ivan. „Appeal for Queen Elizabeth's former home to be restored“. Times of Malta (2015-yil 25-aprel). 2015-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 47,0 47,1 „Row in Malta over Queen's crumbling former home“. The Daily Telegraph (2015-yil 30-aprel). Qaraldi: 2015-yil 29-noyabr.
- ↑ „Telegraph runs poll asking people if they would visit the Queen's old home in Malta if restored“. The Malta Independent (2015-yil 1-may). 2015-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ James, Roxanne. „Restoration Row over Queen's Former Home in Malta“. Propertyshowrooms.com (2015-yil 20-may). 2015-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Matthews, Jodie. Islands and Britishness: A Global Perspective. Cambridge Scholars Publishing, 15 November 2011 — 62-bet. ISBN 978-1-4438-3543-5.
- ↑ „Queen's former Malta home Villa Guardamangia on sale“. BBC News (2019-yil 11-iyun). Qaraldi: 2019-yil 11-iyun.
- ↑ „UK royal family to be invited for reopening of Queen's former home“ (2020-yil 5-iyun).
- ↑ „Il-PM ħabbar li l-Gvern xtara l-unika dar li kienet tgħix fiha r-Reġina barra r-Renju Unit – One News“. One.com.mt (2019-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.
- ↑ „UK royal family to be invited for reopening of Queen's former home“. Times of Malta (2020-yil 5-iyun). Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.
Adabiyotlar
tahrir- Edwards, Anne. Royal Sisters: Queen Elizabeth II and Princess Margaret. Morrow, October 1990. ISBN 978-0-688-07662-7.
- Hicks, Pamela. Daughter of Empire: My Life as a Mountbatten. Simon & Schuster, 23 September 2014. ISBN 978-1-4767-3382-1.
- Morgan, Janet P.. Edwina Mountbatten: A Life of Her Own. Scribner, September 1991. ISBN 978-0-684-19346-5.
- Peters, Ryan. „The Queen is given a painting of the villa in Malta where she and Prince Philip stayed in the fifties“. Nigeria Daily News (2015-yil 27-noyabr).
- Hoe, Susanna „Chapter 19: From Floriana to Naxxar via Sliema“, . Malta: Women, History, Books and Places, Of Islands and Women (No.4). Women's History Press, 2015 — 384–385-bet.