Vitaliy Kutuzov

Belaruslik futbolchi

Vitaliy Vladimirovich Kutuzov (belaruscha: Віталь Уладзіміравіч Кутузаў; 1980-yil, 20-mart; Pinsk, Brest viloyati) — belaruslik futbolchi. 2002-yildan 2011-yilgacha Belarus milliy terma jamoasi tarkibida ham faoliyat yuritgan. BATE tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri[1].

Vitaliy Kutuzov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Belorussiya bayrogʻi Belarus
Tavallud sanasi 20-mart 1980-yil (1980-03-20) (44 yosh)
Pinsk, Brest viloyati, Belarus Respublikasi
Boʻyi 1.83 m
Sport
Qaysi sport Futbol
Pozitsiyasi Hujumchi

Tarjimai holi tahrir

Pinskdagi 3-oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiyi — Aleksandr Shevelyanchik. 1998-yilda, 18 yoshida u BATE futbol maktabini bitirgan. Futbolchining debyut mavsumida jamoa bosh murabbiy Yuriy Puntus asosan Kutuzovni oʻrinbosarlar tarkibida maydonga tushirgan. „Molodechno“ ga qarshi (2:1) birinchi uchrashuvida u tanaffusdan soʻng Vadim Skripchenko oʻrniga maydonga tushdi va yakunda Yuriy Tixomirovga penalti ishlab berdi. Penaltidan kiritilgan gol yagonaligini saqlab qoldi. Debyut yilida Kutuzov 27 oʻyindan 2 tasida maydonga tushdi. Beshta golga mualliflik va toʻqqizta golga hammualliflik qildi.

Keyingi yili Kutuzov 28 oʻyinda 19 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylandi. „Naftan“ klubiga qarshi oʻyinda (7:1) xet-trik qayd etdi. Oʻsha mavsumdagi toʻpurarlar roʻyxatida 22ta gol bilan „Slaviya“ futbolchisi Valeriy Stripeykisdan keyin 2-oʻrinni egalladi. BATE mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi.

2000-yil 21-iyunda Kutuzov BATE tarixida oliy liga oʻyinida poker qayd etgan ilk futbolchiga aylandi („Naftan“ klubiga qarshi bahsda 8:0 hisobida qayd etildi). 2001-yilgi mavsumda u oʻzining ikkinchi pokerini Minskning „Torpedo-MAZ“ klubiga qarshi (5:2) bahsda qayd etgan. Chempionatning 18 ta uchrashuvida 14 ta gol urgan. Yevropa ligasida Tbilisining „Dinamo“ jamoasiga toʻp kiritdi. Keyingi turda klub oʻz uyida „Milan“ni qabul qildi va tanaffus vaqtida klublar rahbariyati Kutuzovning transferi boʻyicha kelishib olishdi[2].

2012-yilda kelishilgan oʻyinlarda qatnashgani uchun uch yilga futboldan diskvalifikatsiya qilingan. Bu esa faoliyatini yakunlashiga sabab boʻlgan[3].

Katta futbolni tark etgach, xobbi sifatida xokkey bilan shugʻullana boshlagan. Monza klubi safida darvozabon pozitsiyasida harakat qilgan[4].

2017-yilda B toifadagi murabbiylik litsenziyasini olgan.

Manbalar tahrir

  1. „Топ-10 игроков в истории БАТЭ“ (ru). Parimatch News. новости, тексты, результаты (2022-yil 23-fevral). 2022-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.
  2. „Кутузов: «Меня купили в перерыве матча с Миланом!»“. 2018-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-may.
  3. „В 2012-м Кутузов завершил карьеру“. 2020-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-may.
  4. „Виталий Кутузов переквалифицировался в хоккейного вратаря“. 2018-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-may.