Vladimir Argun
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vladimir Beslanovich Argun
Tavallud sanasi 16-may 1991-yil (1991-05-16) (32 yosh)
Tavallud joyi Tkvarcheli, Abxaziya
Boʻyi 181 sm
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Medik (Sochi)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Boʻsm Sochi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008 Sochi-04 12 (1)
2009—2010 Jumchujina
2011 Gagra
2012 Jumchujina RUDN
2013—2014 Afips 5
2015—2016 Qoʻqon 1912 10
2016—2017 Afon
2018 Nart
2019—2021 Medik (Sochi)
Milliy terma jamoa
2016— Abxaziya 7 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vladimir Beslanovich Argun (1991-yil 16-may, Tkvarcheli, Abxaziya ASSR, Gruziya SSR, SSSR) — rossiyalik futbolchi va hujumchi pozitsiyasida toʻp suradi. 2017-yilda Abxaziya chempioni, Abxaziya Superkubogining uch karra sohibi (2011, 2016, 2017), 2011-yilda Abxaziya kubogi sohibi boʻgan. 2017-yilda Abxaziyaning eng yaxshi futbolchisi. Abxaziy terma jamoasi bilan ConIFA Jahon Futbol Kubogi 2006 gʻolibi boʻlgan[1].

Faoliyati tahrir

Sochidagi 7-bolalar sport maktabi, Moskvadagi FSHM-Torpedo va SDUSHOR-Dinamo oʻsmirlar maktabida taʼlim olgan. 2008-yilda Argun oʻzining professional faoliyatini Rossiya chempionatining ikkinchi divizionida oʻynagan Sochi-04 jamoasida boshladi. Sochi-04 jamoasi tarkibida Vladimir Argun bir mavsum davomida oʻynadi va shu vaqt ichida u 12 oʻyinda ishtirok etdi va bitta gol urdi.

2009—2010-yillarda u Sochining bsohqa bir jamoasi „Jemchujina-2“ jamoasida oʻynagan. 2011-yilda u Abxaziyaning „Gagra“ jamoasida toʻp surdi. 2013-yildan 2014-yilgacha u ikkinchi divizionda oʻynagan „Afips“ jamoasi safida oʻynagan. 2015-yilda O‘zbekiston Chempionat jamoasiga ko‘chib o‘tdi va O‘zbekiston oliy ligasiga yo‘l olgan „Qo‘qon-1912“ jamoasi futbolchisiga aylandi. Qoʻqon jamoasi safida O‘zbekiston oliy ligasida yarim mavsum davomida toʻp surgach, tarkibdagi raqobat va klubning oʻyin uslubiga moslasha olmagani sababli yozgi transfer oynasida jamoani tark etdi[2][3]. 2016-yilgi mavsum oldidan Abxaziyaning „Afon“ jamoasi tarkibiga qoʻshildi va klub bilan birgalikda bir necha sovrinlar sohibiga aylandi. Argun 2020-yilgi mavsumda Sochining „Medik“ jamoasi safida faoliyatini yakunladi.

Yutuqlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. „V. ARGUN“. 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.
  2. „"Qo'qon-1912": Sedko va Argun ko'rikda“. 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.
  3. „"Qo'qon-1912": Ko'zguda – legionerlar“. 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.

Havolalar tahrir