Vladimir Drinfeld
Vladimir Gershonovich Drinfeld (ukraincha: Володи́мир Ге́ршонович Дрінфельд; ruscha: Влади́мир Ге́ршонович Дри́нфельд) (1954-yil 14-fevralda tugʻilgan) — ukrainalik-amerikalik matematik. Drinfeld algebraik geometriya, sonlar nazariyasi hamda matematik fizika sohalarida ishlari bilan tanilgan. Hozirda Chicago universitetida ishlaydi. 1990-yil Fields medali bilan, 2018-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Vladimir Drinfeld | |
---|---|
Tavalludi |
14-fevral 1954-yil Xarkov, Ukraina SSR, Sovet Ittifoqi |
Fuqaroligi | Ukraina, SSSR va AQSh |
Sohasi | Matematika |
Institutlar | Chicago universiteti |
Taʼlimi | Moskva davlat universiteti |
Akademik rahbarlari | Yuriy Manin |
Mashhur ishlari |
Kvant guruhlar Geometrik Langlands dasturi Drinfeld–Sokolov–Wilson tenglamasi Manin–Drinfeld teoremasi |
Mukofotlari |
Fields medali (1990) Wolf mukofoti (2018) |
Drinfeld Ukraina SSRning Xarkov shahrida tugʻilgan. 1969-yil 15 yoshida Xalqaro matematika olimpiadasida oltin medalni qoʻlgan kiritgan. 1974-yil Moskva davlat universitetini tamomlagan. Drinfeld Ukraina Fanlar akademiyasining muxbir-aʼzosi (1992) hamda AQSh Milliy fanlar akademiyasi aʼzosidir (2016).
Drinfeld ishlari chekli maydonlar boʻyicha algebraik geometriyani sonlar nazariyasi bilan bogʻladi, kvant guruhlari tushunchasini taklif qildi. Bu tushunchani Michio Jimbo ham Drinfelddan mustaqil ravishda kashf etgan.