Vyacheslav Yuryevich Klochkov (ruscha: Вячесла́в Ю́рьевич Клочко́в; 1967-yil 11 mart) — sovet va rus futbolchisi, yarim himoyachi.

Karyerasi tahrir

Faoliyatining boshida Toshkentning „Start“ (1984-yil, 23 uchrashuv oʻtkazgan, 4 gol urgan) va „Traktor“ (1987—1988, 21 oʻyin) jamoalarida oʻynagan[1].

1989-yilda SKA-RShVSM klubida 20ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urdi, shundan soʻng Chirchiqning „Selmashevets“ jamoasiga koʻchib oʻtdi va 19ta uchrashuvda 6ta gol urdi. 1990-yilda Angrenning "Shaxtyor" jamoasi safiga kelib qoʻshildi va 28ta oʻyin oʻtkazib, 6ta gol urdi.

1990-yildan 1991-yilgacha "Paxtakor" safida toʻp surgan va birinchi liganing kumush medali sohibiga aylangan. 1991-yilda SSSR Oliy ligasida bir mavsum oʻtkazgan. „Paxtakor“ safida jami 22ta oʻyin oʻtkazib (shundan 12 tasi oliy ligada) 2ta gol urgan.

1992-yilda "Navbahor" klubi tarkibida Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻynagan. Jamoaning 7ta uchrashuvida qatnashgan va chempionatda 1ta gol urgan. Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan[2][3].

1993-yilgi mavsumni Krasnodarning „Kolos“ jamoasida oʻtkazgan, 32ta oʻyinda 1ta gol urgan va uchinchi ligada „Kolos-d“ tarkibida 15ta uchrashuvda maydonga tushgan. 1994-yildan 1995-yilgacha Slavyansk-Kubanning „Niva“ jamoasida oʻynagan. 37 oʻyin oʻtkazib, 7ta gol urgan.

1996 yilda „Kuban-Krasnodar“ jamoasi safiga qoʻshildi, 22 oʻyinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi[4]. Shuningdek, uchinchi ligada Kuban-D jamoasi uchun 3ta uchrashuv oʻtkazdi va 1ta gol urdi. 1997-yilgi mavsumda „Niva“ jamoasi uchun 20ta oʻyin oʻtkazdi.

Yutuqlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Профиль на сайте playerhistory.com“. 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-aprel.
  2. Visshaya liga. 34 tur
  3. „Uzbekistan 1992“. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-aprel.
  4. „НАСЛЕДИЕ-1996“. 2012-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-aprel.