Warsaj tumaniAfgʻonistonning shimolida joylashgan Taxar viloyatiga qarashli tuman.

Warsaj tumani
tuman
36°5′45″N 70°8′20″E / 36.09583°N 70.13889°E / 36.09583; 70.13889
Mamlakat Afgʻoniston
Aholisi
 (2019)
42 175
Vaqt mintaqasi UTCAfg'oniston Standart Vaqti
Warsaj tumani xaritada
Warsaj tumani
Warsaj tumani

Geografiyasi

tahrir

Warsajning maydoni 2705,3 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Bu Unalaska orolining maydoniga teng[1]. Warsaj tumani Farkhar daryosi vodiysining oxirida joylashgan boʻlib, tarixda bu yerdan faqat Farkharga va undan tashqari Taloqanga yoʻl boʻlgan, lekin keyinchalik uni Fereng Wa Gharu va Khost wa Fereng bilan bogʻlovchi yoʻllar qurilgan. Tumanning katta qismini Farkhar daryosi havzasi egallaydi[2].

Warsaj shimolda Farkhar va Tagab, shimoli-sharqda Yamgan, sharqda Kuran wa Munjon, janubda Paryan, Khost wa Fereng va gʻarbda Farang Va Gharu va shimoli-gʻarbga Namak Ab tumanlari bilan chegaradosh. Paryan tumani Panjshir viloyatiga qarashli. Khost wa Farang hamda Farang Wa Gharu tumanlari Bagʻlon viloyatida joylashgan. Namak Ab va Farkhar tumanlari Taxor viloyatida joylashgan boʻlib, qolgan barcha tumanlar Badaxshon viloyati bilan chegaradosh.

Tarixi

tahrir

Tuman birinchi marta 1998-yilda AIMS (Afgʻoniston axborot boshqaruvi xizmatlari) tomonidan xaritaga kiritilgan[3]. Warsaj tumani Tolibon isyonlari davrida Afgʻoniston hukumati nazorati ostida boʻlgan. BBC 2017-yilning oxirigacha Warsajni “hukumatning toʻliq nazorati ostidagi tuman" deb tasniflagan[4]. SIGAR ham uni 2018-yil dekabr holatiga koʻra hukumat nazoratidaligini qayd etgan[5].

2019-yil 14-sentabrda Warsajda 40 ga yaqin jangari hukumatga taslim boʻlgan[6].

Demografiyasi

tahrir

Tumanda taxminan 42 175 kishi istiqomat qiladi. Jinsiy nisbat har 100 ayolga 97 erkak toʻgʻri keladi. Warsaj aholisining 100% ini tojiklar tashkil qiladi. Oʻrtacha yosh 17,5 yoshni tashkil etadi va bu viloyatdagi eng yuqori koʻrsatkichdir. Qariyb 39% aholi ish bilan taʼminlangan, ishsizlarning 12% ga yaqini ish izlamoqda. Tumanda 6800 ga yaqin xonadon istiqomat qiladi, aholi oʻrtacha 6,2 kishini tashkil qiladi[7].

Manbalar

tahrir
  1. „Islands by land area“. unep.ch (1998). 2018-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
  2. „Afg: Takhar Province - Reference Map | HumanitarianResponse“. www.humanitarianresponse.info (9-fevral 2014-yil). Qaraldi: 6-oktyabr 2020-yil.
  3. „Afghanistan District Maps“. www.arcgis.com. Qaraldi: 12-oktyabr 2020-yil.
  4. Sharifi. „Taliban threaten 70% of Afghanistan, BBC finds“. BBC News (31-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 12-oktyabr 2020-yil.
  5. „Appendices and Endnotes of Jan. 30 2019 Quarterly Report“. SIGAR. Qaraldi: 12-oktyabr 2020-yil.
  6. „41 militants surrender to Afghan forces: gov't - Xinhua | English.news.cn“. www.xinhuanet.com. Qaraldi: 12-oktyabr 2020-yil.
  7. „Takhar Socio-Demographic and Economic Survey“ (inglizcha). UNFPA Afghanistan (5-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 12-oktyabr 2020-yil.

Havolalar

tahrir