Wladimir Karajayevich Baýramow (talaffuzi: Vladimir Bayramov)(1980-yil 2-avgustda tugʻilgan) – sobiq futbolchi, oxirgi marta Nebitchi FT va Turkmaniston terma jamoasida markaziy hujumchi sifatida oʻynagan. Wladimir Rossiya fuqaroligiga ham ega.

Wladimir Baýramow
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2-avgust 1980-yil (1980-08-02) (44 yosh)
Tavallud joyi Ashxobod, Turkmaniston SSR, SSSR
Boʻyi 1.81 m (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Arkadagʻ (murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998 FK Köpetdag Aşgabat
1999 Jenis Astana 21 (6)
2000 Access Petropavlovsk 24 (7)
2001 Kristall Smolensk 15 (1)
2002 Metallurg Krasnoyarsk 20 (1)
2003—2007 Rubin Kazan 83 (15)
2003Terek Grozniy (Ijara) 20 (8)
2008 Ximki 15 (0)
2009Tobol (Ijara) 22 (20)
2011 Qayrat 12 (1)
2012 Ahal
2013 Nebitçi FT
Milliy terma jamoa
2000—2013 Turkmaniston 35 (16)
Boshqargan klublari
2023—h. v. Arkadagʻ
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiyasi

tahrir

Vladimir Ashxobodda tugʻilgan. U 8 yoshida Kazankov Sergey Viktorovich qoʻl ostida futbol oʻynay boshlagan. Ashxobod shahridagi 39-sonli oʻrta maktab bitiruvchisi hisoblanadi.

Turkmaniston sport va turizm institutida murabbiylik fakultetida tahsil olgan. 2001-yilda u bankir rafiqasi Jemma bilan turmush qurgan. Ukasi Nazar Baýramow ham professional futbolchi.

Faoliyati

tahrir

Professional futbolchilik faoliyati 17 yoshida boshlangan, 1997—1999 yillarda Ashxobodning Köpetdag jamoasida oʻynagan.

Keyin u Qozogʻistonga koʻchib oʻtgan. 1999—2000-yilgi mavsumda „Jenis Astana“ va „Access Petropavlovsk“ jamoalarida oʻynagan.

2001-yilgi mavsumning ikkinchi yarmi Rossiyaning Kristall Smolensk klubida oʻtkazgan. 2002-yilda Krasnoyarskning „Metallurg“ klubi bilan bir yillik ijara shartnomasi imzolagan.

Yangi mavsumni Qozonning „Rubin“ klubida boshlagan. Ammo u Qozonning „Rubin“ jamoasining asosiy tarkibida oʻz oʻrnini topa olmagan. Qozon klubidagi birinchi mavsumida asosan ligada past oʻrindagi jamoalar bilan oʻyinlarda maydonga tushgan bir nechta gollar urgan. Premyer-ligadagi debyut mavsumida jami 1 oʻyin oʻtkazgan.

2003-yilning yozida u 2003-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida Terek jamoasiga qoʻshilgan[1]. Terekning "Baltika Kaliningrad" bilan oʻyinida Bayramow ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushgan holda Tereklilar safida debyut qilgan. Bayramow klub uchun Rossiya chempionatida 20 ta rasmiy oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan. „Terek“ tarkibida 2003/2004-yillarda Rossiya kubogini qoʻlga kiritgan.

2007-yil dekabr oyida Bayramow Moskva viloyatining "Ximki " klubi bilan uzoq muddatli (3 yillik) shartnoma imzolagan[2]. Bayramow klub safida Rossiya chempionatida 15 ta rasmiy oʻyin oʻtkazgan va birorta ham gol ura olmagan.

2009-yilning qishida „Tobol“[3] Vladimir Bayramowning ijara asosida klubga oʻtganini rasman eʼlon qilgan[4]. 2009-yilda Bayramow bir mavsumda 20 ta gol urib, Qozogʻistonning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2009 yil dekabr oyida u erkin agentga aylangan va „Ximki“ni tark etgan[5][6].

2011-yilda "Qayrat"ga oʻtgan. 2011-yil iyul oyida u ijara asosida „Ximki“ safiga qoʻshilgan.

2012-yildan Turkmanistonning "Ahal" klubi bilan shartnoma imzolagan.

2013-yildan beri „Bolkan“ klubida oʻynamoqda[7]. 2013-yilda „Bolkan“ klubi bilan Malayziyada 2013-yilda boʻlib oʻtgan OFK Prezidenti kubogida gʻolib chiqgan[8].

Faoliyat statistikasi

tahrir
Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Köpetdag Aşgabat 1998—1999 Ýokary Liga -
Zhenis Astana 1999 Qozogʻiston Premyer Ligasi 21 6 - 21 6
Access-Golden Grain 2000 Qozogʻiston Premyer Ligasi 24 7 - 24 7
Nisa Aşgabat 2001 Ýokary Liga -
Kristall Smolensk 2001 Rossiya Birinchi Divizoni 15 1 - 15 1
Metallurg Krasnoyarsk 2002 Rossiya Birinchi Divizioni 20 1 - 20 1
Rubin Kazan 2003 Rossiya Premyer-ligasi 1 0 0 0 - 1 0
2004 13 3 2 0 1 0 - 16 3
2005 21 6 2 1 - 23 7
2006 25 2 6 0 - 31 2
2007 23 4 1 0 - 24 4
Jami 83 15 11 1 1 0 - - 95 16
Terek Grozny (Ijara) 2003 Rossiya Birinchi Divizioni 20 8 1 0 - 21 8
Khimki 2008 Rossiya Premyer-ligasi 15 0 1 0 - 16 0
2009 0 0 0 0 - 0 0
Jami 15 0 1 0 - - - - 16 0
Tobol (Ijara) 2009 Qozogʻiston Premyer-ligasi 22 20 - 22 20
Qayrat 2011 Qozogʻiston Premyer-ligasi 12 1 2 1 - 14 2
Ahal 2012 Ýokary Liga -
Nebitçi 2013 Ýokary Liga -
Karyerada jami 232 59 15 2 1 0 - - 248 61

Xalqaro

tahrir
Turkmaniston terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
2000 3 5
2001 6 2
2002 0 0
2003 6 1
2004 9 4
2005 0 0
2006 0 0
2007 3 1
2008 5 0
2009 0 0
2010 0 0
2011 0 0
2012 1 1
2013 2 2
Jami 35 16

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir