Xalifa (arabchada „oʻrinbosar“, „noib“) – musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshligʻi hisoblanadi. Xalifa Muhammad alayhissalomning oʻrinbosari, umaviylar davridan boshlab esa Allohning yerdagi noibi hisoblangan. Muhammad alayhissalomdan keyingi toʻrt Xalifa (Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon, Alini roziyallohu anhular xulafoi roshidin, yaʼni toʻgʻri yoʻldan boruvchi Xalifalar deb atashgan. Abbosiylar, fotimiylar sulolasidan boʻlgan hukmdorlar Xalifa nomi bilan atalgan. XIII asrdan keyin ayrim musulmon mamlakatlarining hukmdorlari oʻzini diniy boshliq deb ham daʼvo qilib, Xalifa nomiga ega boʻlishgan. XVI asrda turk sultonlari oʻzlarini Xalifa deb atay boshlaganlar, bu holat 1924-yilgacha, yaʼni usmonlilar davlati tugaguncha davom etgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir
Ushbu maqolani tinglang (1 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 10-avgust, 2023-yil(2023-08-10) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.